Tog'-metallurgiya sanoati qoldiqlardan foydalanish biotexnologiyalari Davlatimizning qo'llab-quvvatlashi va geologlar intilishlari bilan mamlakatda O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti taraqqiyotining negiziga aylangan o'ziga xos mineral-xom ashyo bazasi yaratildi. Bugungi kunda O'zbekistonda 1800 dan ortiq kon hamda taxminan 100 taga yaqin istiqbolli qazilma boyliklari hosil bo'layotgan, 118 turdagi mineral xom ashyo mavjud bo'lib, shundan 65 turi o'zlashtirilmoqda. 1500 dan ortiq kon razvedka qilindi, shu jumladan, 188 ta neft, gaz va kondensat; 48 ta nodir metall, 43 ta rangli, noyob va radioaktiv metall; 5 ta qora metall; 3 ta ko'mir; 37 ta tog'-kon rudasi, 22 ta tog'-kon kimyo va 30 ta rangdor tosh xom ashyosi; 525 ta turli xildagi qurilish materiallari hamda 357 ta chuchuk va mineral yer osti suvlari manbalari mavjud. Razvedka qilingan konlarning 40 foizidan ortig'i o'zlashtirishga jalb qilingan. Respublikada 400 dan ortiq rudnik, shaxta, karer va neftgazsanoati va boshqa korxonalar, 450 ta atrofida suv chiqarish korxonasi, shifoxona va kasalxona, shifobahsh va shifobahsh-istemol suvlarini quyish tsexi va zavodi faoliyat yuritadi. Nodir, rangli metallar, uran va noyob elementlar rudalarini qazib olish bo'yicha Respublikadagi yetakchi korxonalar -Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari sanaladi. Ishlab chiqarishga tayyorlangan mineral xom ashyo zaxiralari hatto ish quvvatlari oshirilgan taqdirda ham mavjud komplekslarni uzoq muddatlarga ish bilan ta'minlash imkonini beradi. Razvedka qilingan konlarning aksariyat qismi rudalarni boyitishning nisbatan oson texnologiyasini qo'llagan holda ochiq usulda ishlanishi va jahon bozorida yuksak talabga ega foydali komponentlari ko'p darajada ajratib olinishi mumkin. Nodir, rangli va boshqa metallar rudalarida qo'shimcha komponentlar sifatida konlar qimmatini ancha oshiradigan noyob va kam uchraydigan elementlar katta zaxiralari jamlangan. O'zbekiston Respublikasining mineral xom-ashyo resurslari Foydali qazilmalar guruhiga madanli va madansiz metallar, neft, gaz, ko'mir, torf va yer osti suvlari kiradi. Ular insoniyat uchun yoqilg'i va energiya manbalari hisoblanadi. Ulardan foydalanish yildan-yilga ortib bormoqda. Agar so'nggi 25 yil mobaynida dunyoda ko'mirga bo'lgan talab 2 marotaba, kaliy, marganes va fosfor tuzlariga 2-3 marotaba, temirga 3 marotaba, neft va gazga 6 marotaba oshgan bo'lsa, shu davr mobaynida aholining o'sishi 40% ni tashkil etdi. Tabiiy nurash oqibatida dengiz va okeanlarga daryolar orqali yiliga 15 mlrd tonna tog' jinslari oqib qo'shilmoqda va 3-4 mlrd tonna tog' jinslari atmosfera havosiga ko'tarilmoqda. Inson o'z ehtiyojlarini qondirish maqsadida yiliga 1500-200 mlrd tonna tog' jinslarini bir joydan ikkinchi joyga ko'chiradi. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) ning ma'lumotlariga qaraganda, yiliga dunyoda 2,6 mlrd tonna neft, 3,6 mlrd tonna xrom madani, 3-4 mlrd tonna qo'rg'oshin madani, 6 mlrd tonna temir madani, 7,3 mlrd tonna mis madani, 32 mlrd tonna ko'mir, 1,2 mln tonna uran, ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.95 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:47
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.95 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:47 ]
Arxiv ichida: docx