Tozalash jarayoni va qurilmalarini modellashtirish asoslari

Tozalash jarayoni va qurilmalarini modellashtirish asoslari

O'quvchilarga / Ekologiya
Tozalash jarayoni va qurilmalarini modellashtirish asoslari - rasmi

Material tavsifi

Tozalash jarayoni va qurilmalarini modellashtirish asoslari Reja: O'xshashlik nazariyasining ahamiyati O'xshashlik teoremalari va mezonlari. Modellashtirishning asosiy prinsiplari. O'xshashlik nazariyasining ahamiyati Yangi texnologiya jarayonini tashkil etish uchun avval laboratoriya sinov qurilmalarida tajriba olib boriladi. Bu qurilmalarda tekshirilayotgan jarayonning texnikaviy jihatdan mukammal va iqtisodiy jihatdan tejamli ekanligi aniqlanadi. Tekshirishlar natijasida barcha jarayonlaring bir xillik shartlariga muvofiq qurilmaning shakli va o'lchamlari, jarayonni olib borish sharoitlari, jarayonda qatnashayotgan moddalaring eng muhim o'zgarmas kattaliklari, mahsulot chiqarishi, xom- ashyo va energiyaning solishtirma sarfi va boshqa masalalar hal qilinadi. Laboratoriya va sinov qurilmalarida olingan natijani solishtirish uchun ular o'rganilayotgan sanoat qurilmalarida sinab ko'riladi. Yangi qurilmalarni loyihalash va ishlatish uchun laboratoriya hamda tajriba sharoitlarida olingan hisoblash tenglamalari va bir xillik shartlarining qonuniyatlari katta ahamiyatga ega. Bu kursda o'rganilayotgan barcha jarayonlar uchun kerakli hisoblash tenglamalarini keltirib chiqarish va ularni matematik yo'l bilan ifodalash qiyin. Ba'zi texnologiya jarayonlari fizika va kimyo qonunlari asosida differensial tenglamalar orqali ifodalanadi. differensial tenglamalar o'xshashlik nazariyasidan foydalanib yechilsa, analitik tenglamalar kelib chiqadi. Bu analitik tenglamalar texnologiya jarayoni uchun zarur bo'lgan faktorlarni o'zaro bog'laydi va muhandislik hisoblash ishlarida ko'p ishlatiladi. Ba'zan differensial tenglamalarni matematik yo'l bilan yechib bo'lmaydi. Bunda tajribalar o'tkazib, jarayonni xarakterlovchi o'zgaruvchan faktorlar o'rtasidagi bog'liqlik aniqlanadi. Tajriba natijalari asosida emperik tenglamalar keltirib chiqariladi. Bunday tenglamalar xususiy xarakterda bo'lib, ulardan faqat aniq shartlardagina foydalanish mumkin. Biroq istalgan murakkab jarayonni tadqiq qilishda umumiy bo'lgan qonuniyat va tenglamalar topish kerak. Chunki bu tenglama va qonuniyatlar yordamida biror xususiy tajriba natijalarini boshqa ko'pchilik jarayonlarni tekshirishga qo'llash kerak bo'ladi. Bunga tajriba natijalarining o'xshashlik nazariyasi yordamida ularni qayta ishlash orqali erishish mumkin. O'xshash jarayonlarda bu jarayonlarni ifodalovchi va o'xshash bo'lgan kattaliklar nisbati o'zgarmas bo'ladi. O'xshashlik nazariyasining nazariy va amaliy ahamiyati katta. O'xshashlik nazariyasi tajriba o'tkazish va tajriba natijalarini qaysi yo'l bilan qayta ishlash kerakligini o'rgatadi. 11.2. O'xshashlik teoremalari va mezonlari. O'xshashlik shartlariga ko'ra o'xshash hodisalar 4 guruhga bo'linadi: geometrik o'xshashlik, vaqt bo'yicha o'xshashlik, fizik kattaliklar o'xshashligi, boshlang'ich va chegara shartlarining o'xshashligi. Agar sistemada jismlar tinch holatda turgan bo'lsa, geometrik bir xillikka asosan ikki o'xshash jismning geometrik o'lchov kattaliklari o'zaro parallel bo'lib ularning nisbati o'zgarmas bo'ladi. Geometrik o'xshashlik bo'lganda vaqt bo'yicha bir xillik hosil bo'ladi. Fizik kattaliklar birligiga asosan, fazoda joylashgan ikki sistema fizik xossalarining o'zaro nisbati vaqt birligida o'zgarmas bo'ladi. O'xshash fazoda joylashgan jismlarning fizik va vaqt bo'yicha bir xillikka ega bo'lishi uchun ularning boshlang'ich va chegara shartlari bir xil bo'lishi kerak. O'xshashlik nazariyasi haqidagi fikrni birinchi bo'lib 1686 yili I.Nyuton taklif etgan. Keyinchalik bu nazariyani V.L.Kirpichyov, V.Nusselt, M.V.Kirpichyov, A.A.Guxman ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.59 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.59 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga