Tuproq (edafik) va orografik omillar Reja: Tuproq ekologik omil Tuproqning biotik omillari. Tuproqning kislotali muhitiga o'simliklarning munosabatlari. Tuproqning tuz rejimiga o'simliklarning reaksiyasi. Makro va mikro elementlarning o'simliklar uchun ahamiyati. Sho'rlangan tuproqda o'suvchi o'simliklarning ekologik xususiyatlari. Orografik omillar. Tayanch iboralar: Tuproq, relef, gumus, mikrobiota, mizabiota, makrobiota, psammofil, ftsidofil, bazifil, psammofit, indiferen, evtrof, oligotrof, mezatrof, galofit. Tuproq ekologik omil. Tuproq turli xil omillar: tog' jinslari, iqlim, tirik organizmlar (o'simlik va hayvonlar), relef, hudud yoshi va insonlarning faoliyati natijasida hosil bo'lgan muhim tabiat jismi inomidir. U asosan emirilgan tog' jinslari - gildan va chirindilar - gumusdan iborat. Gumus organik olam qoldig'idan, xususan o'simliklarning mikroorganizmlar faoliyati natijasida chirishdan hosil bo'ladi. Tuproqda bundan tashqari suv havo va ko'plab tirik organizmlar (mikroorganizmlar) ham bo'ladi. Tuproq doimo o'zgarib va rivojlanib turganligi tufayli turli xil iqlim sharoitida har xil tuproq turlari uchraydi. Masalan, Hamdo'stlik davlatlari hududida yuzdan ortiq tuproq xili bordir. Tuproqning ekologik omil sifatida eng muhim qismi bu tog' jinslaridan tuproqning yuzasigacha bo'lgan qavatidir. O'simlik ildizlarning asosiy qismi ana shu zona bo'ylab joylashgan. Tuproqning ana shu qismi va gumus bo'lgan zona qancha kuchli rivojlangan bo'lsa o'simliklarning ildiz sistemasi shunchalik chuqur va eniga yaxshi tarqaladi, chunki bu gorizontlarda suv va ozuqa moddalar miqdori ko'p bo'ladi. Tuproq aeratsiyasi va harorati o'simliklar uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, past haroratli tuproqlarga nisbatan yuqori haroratli tuproqlarda o'simlik ildizlari suv va mineral tuzlarni ko'proq va tez shimib oladi. Chunki past haroratli tuproqlarda suvni shimib oluvchi ildiz va ildiz tukchalarining o'sishi susayadi, bu organlar hujayrasi tsitoplazmasining suv o'tkazuvchanlik xususiyati pasayadi va natijada o'simliklarning yuqoriga ko'tariluvchi oqimi yani suvning o'simlik bo'ylab yuqoriga ko'tarilishi kamayadi. Tuproq tarkibida gumus moddasi miqdori ko'p bo'lsa, bu tuproqlar unumdor hisoblanadi. Tuproqning biotik omillari. Tuproqda o'simliklar va hayvonlarning parchalanishidan holgan qoldiqlaridan tashqari yana yuqori o'simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan har xil mikro va makroorganizmlar ko'plab uchraydi. Ana shu xildagi organizmlarni Yu.Odum (1975) qo'yidagi guruhlarga ajratadi: Mikrobiota - bakteriyalar, zamburug''lar, tuproq suvo'tlari va sodda hayvonlar; Mezobiota - nematodlar, kanalar, kichik hashorat va boshqa organizmlarning lichinkalari; Makrobiota - o'simliklarning ildizlari, yirik hashoratlar, yomg'ir chuvalchanglari. Shular orasida eng muhim ekologik ahamiyatga ega bo'lganlari tuproqdagi xlorofilsiz organizmlar (bakteriyalar, zamburug''lar, aktinomitsetlar, infuzoriyalar, amyobalar, qorinoyoqlilar va boshqalar) hisoblanadi. Mikrorganizmlar kul moddasi va azot ko'p bo'lgan bog'-rog'lar va shunga o'xshash madaniy tuproqlarda juda ko'p miqdorda bo'ladi. Ildiz va uning atrofidagi tuproqlar mikroorganizmlarga ayniqsa boydir (rizosfera). Mikroorganizmlar miqdori faqatgina tuproq strukturasigagina emas balki o'simlik turiga ham bog'liq. Lyupin, beda, sebarga, no'xat va shu kabi dukkakli o'simliklar rizosferasi ayniqsa ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.94 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.94 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:47 ]
Arxiv ichida: doc