Tuproq ekogigiyenasining muammolari

Tuproq ekogigiyenasining muammolari

O'quvchilarga / Ekologiya
Tuproq ekogigiyenasining muammolari - rasmi

Material tavsifi

Tuproq ekogigiyenasining muammolari Reja: Tuproqning modda almashinish jarayonidagi roli va uning gigiyenik ahamiyati tuproqning asosiy xossalari va ulariing gigiyenik, ekologik ahamiyati Tuproq tarkibining ekogigiyenik ahamiyati Tuproqning namligi Tuproqning havosi Tuproqning gigiyenik va ekologik ahamiyati Tuproqni ifloslantiruvchi manbalar Shahar ko'chalarini toza tutishning ekologogigiyenik ahamiyati Shaharlarshshg ekologik va sanitariya holatini ta'minlashda sanitariya nazoratini uyushtirish Sanoat korxonalari chiqindilari va tuproqning muhofazasi Zaharli moddalarni transportirovka qilish va unga sanitariya talabi Korxona zaharli moddalarini zararsizlantirish va ko'mish uslublari XX asrning o'rtalari XXI asrning boshlarida atrof-muhitning eng asosiy obyektlaridan biri bo'lmish tuproqqning insonning antropogen faoliyati oqibati ta'sirida nihoyatda ifloslanayotgani, tuproq bilan bevosita va bilvosita bog'liq jonli va jonsiz tabiatning ahvoli ekologik nuqtai nazardan borgan sari noqulay holatni keltirib chiqarayotgani, ayniqsa, tirik jonlarga katta muammolarni keltirib chiqarayotgani achinarli holat. Aslida, tuproq atrof-muhitning bir bo'lagi, tabiatning tirikligi asoslaridan. Undagi fizik, ximik, biologik jarayonlarning uzluksizligi hayotni ta'minlaydi. Tirik jonlarning hayoti tuproq bilan chambarchas bog'langanligi tarixiy faktdir. Insonlarni, hayvon va o'simliklarni, mikroorganizmlarning tirikligi, sog'ligi, rivoji genetik holati, nasl-nasabi tuproq bilan bog'langandir. V.R.Vilyame fikricha, tuproq juda murakkab mineral va organik moddalar aralashmasi bo'lib, unda doimo kimyoviy, bioximiyaviy, fizik va boshqa jarayonlar tinimsiz harakatda bo'ladi. Undagi hayot va tirik jonlar bir-biri bilan bog'lanib ketgan, tuproqning o'zi hayot. Yuqorida zikr qilingan jarayonlar harakatdan qolsa, tuproq «o'lgan tuproq»qa aylanadi. Darhaqiqat, tuproqda doimo hayot qaynaydi. Tuproq qatlamida paydo bo'ladigan o'zgarishlar faqatgana tabiiy o'zgarishlar bo'libgina qolmay, balki undagi o'zgarishlarga insonning o'zi katta ta'sir ko'rsatuvchi faktorga aylanmoqtsa. Jumladan, insoniyat tomonidan erlarni o'zlashtirish jarayonlari, o'rmonchilik, madaniy o'simliklar o'stirish, qishloq xo'jaligini rivojlantirish tuproq (yer) ustida katga-katta inshootlar qurish, sanoat korxonalarini barpo qilish, suv omborlarini yaratish, o'rmonchilikni tashkil qilish, yerlar melioratsiyasini yaxshilash, tuproqqa ko'p miqdorda mineral o'g'itlar, zaharli moddalarni sepish va boshqa chora-tadbirlar tuproq tarkibini, undagi ketayotgan jarayonlarni o'zgartirib yuborishga qodir bo'lib qoldi. Tuproqtsagi fizik, kimyoviy bioximik o'zgarishlar uning tarkibiy qismini, unda kechadigan jarayonlarni goho yaxshi, goho salbiy tomonga o'zgartirib yubormoqda. Bunday o'zgarishlarning chuqurligi unta tashlanayotgan zararli omillarning me'yoriga, zararli darajasiga, fizik, kimyoviy xususiyatlariga ko'pdan bog'liqtsir. Hozirdagi tuproq qoplamasidagi o'zgarishlar yaqqol ko'rinib, ekologik noqulayliklarning kelib chiqishiga sabab bo'lmoqtsa. Sanoat korxonalari ko'p joylashgan hududlarda, tuproqdagi o'zgarishlar nihoyatda sezilarli, negaki sanoat korxonalari tomonidan tuproqqa tashlanadigan kimyoviy chiqindilar (ham qattig'i, ham suyug'i) ularni rNni turli tomonga o'zgartirmoqda, ular organik va noorganik moddalar bilan turli xossaga ega bo'lgan metallar bilan to'yinmokdalar. Texnika taraqkiyoti yerni relefini o'zgartirmoqtsa, bazi bir joylarda konlarda o'ta chuqurlashib, bazi bir joylarda chiqindilar hisobiga baland tepaliklar paydo bo'lmoqtsa, o'tloq yerlar chiqindilar bilan to'lmoqda. Fanga shu narsa malumki, tuproqning tarkibida juda ko'p ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 103.95 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 103.95 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga