Tuproq eritmasining reaksiyasi va uni boshqarish

Tuproq eritmasining reaksiyasi va uni boshqarish

O'quvchilarga / Ekologiya
Tuproq eritmasining reaksiyasi va uni boshqarish - rasmi

Material tavsifi

Tuproq eritmasining reaksiyasi va uni boshqarish REJA: 1. Typroq eritmasining tarkibi konsentratsiyasi 2.Tuproq kislotaligining hosil bo'lishi va uni boshqarish. 3.Tuproqning ishqoriyligi va uni boshqarish. 4.Tuproqning buferlik xususiyati hamda uni boshqarish. tuproq eritmasining tarkibi va konsentratsiyasi Typroq eritmasining tarkibi konsentratsiyasi juda murakkab bo'lib, uning yuzaga kelishida ko'plab jarayonlar ishtirok etadi. Tuproq eritmasining tarkibi atmosfera yog'inlaring miqdori va tarkibiga , tuproq qattiq va gazsimon fazalariga, o'simliklar qoldiqlarining tarkibi va miqdoriga , mezofauna hamda mikroorganizmlarning faoliyati singari omillarga bog'liq. Yuqorida ko'rsatilgan jarayonlarning borish sur'ati va yo'nalishi mavsumiy o'zgarish xarakteriga ega bo'lganligidan tuproq eritmasining tarkibi ham juda o'zgaruvchandir. Tuproq eritmasining konsentratsiyasi uncha yuqori bo'lmasdan, odatda, 1 l eritmada eriganmoddalar miqdori bir necha grammdan oshmaydi. Ammo sho'rlangan tuproqlardagi suvda eriydigan moddalar miqdori bir litrda o'nlab va hatto yuzlab grammni tashkil etadi.Tuproq eritmasi tarkibidagi mineral va organik -mineral moddalar odatda, ionlar, molekulalar va kolloidlar shaklida saqlangan bo'ladi. Bundan tashqari, tuproq eritmasi tarkibida SO2, O2 singari erigan gazlar ishtirok etadi. Tuproq eritmasi tarkibida mineral birikmalarning anionlaridan: NSO-3, SO32-, NO3-,NO-2,SO42, CI-, H2PO-4, HPO24- va kationlaridan: Sa+, Mg2+, Na+, NH+4, K+, H+ singarilar bo'ladi. Shuningdek , kuchli nordon tuproqlarda AI3+, Fe3+, botqoqlangan tuproqlarda esa G'ye2+ bo'lishi mumkin. Tuproq eritmasidagi temir va alyuminiy asosan organik moddalar bilan mustahkam kompleks birikmalar holidadir. Tuproq eritmasi tarkibida organik birikmalardan organik qoldiqlarning suvda oson eriydigan moddalari va ularning parchalanish mahsulotlari, o'simlik va mikroorganizmlarning hayot-faoliyati mahsulotlari (organik kislotalar, qand moddalari, aminokislotalar, spirtlar, fermentlar, oshlovchi moddalar singarilar), shuningdek gumus moddalar bo'lishi mumkin. Organik-mineral birikmalar asosan kislota tabiatli ( gumus kislotalar, polifenollar, past molekulyar organik kislotalar kabi) turli organik birikmalarning ko'p valentli kationlar bilan birgalikdagi kompleksidan iboratdir. Turli tuproqlarning eritmasi tarkibidagi mineral va organik moddalar nisbati har xil. Jumladan, botqoq, podzol-botqoq va qo'riq chimli podzol tuproqlar eritmasida mineral moddalarga nisbatan organik moddalar ko'proq, qora tuproqlarda bu birikmalar deyarli teng miqdorda, sho'rlangan tuproqlar eritmasida esa mineral birikmalar ko'p bo'ladi. Sho'rtob tuproqlar eritmasi ham organik moddalar ko'proq, chunki, ishqoriy sharoitda va singdirilgan Na+,ningpeptizatsiyalovchi ta'siri natijasida organik moddalarning eruvchanligi oshadi. Tuproq eritmasidagi kolloidli - eruvchi moddalar kremniy kislota va temir, alyuminiy oksidlari hamda organik va organik-mineral birikmalarning zollaridan tashkil topgan K.K. Gedroyts ma'lumoticha, kolloidlar eritmasidagi moddalar umumiy miqdorining 110 dan 111 qismigacha bo'lishi mumkin. Sho'rtoblarning eritmasida kolloidli - eruvchi moddalar miqdori juda ko'p. tuproq eritmasidagi moddalar tarkibi muayyan tuproqlarning genetik qatlamlari bo'yicha xam keskin uzgaradi. tuproqlarning organogen va gumusli gorizontlari eritmasidagi organik moddar miklori eng ko'p bo'lib, pastki katlamlarida bu moddalar kamayadi. Kopra tuproqlar, kashtan tuproqlar, buz tuproqlar va shurtoblarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.43 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.43 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga