Tuproq kimyosining shakllanish davrlari tarixi

Tuproq kimyosining shakllanish davrlari tarixi

O'quvchilarga / Ekologiya
Tuproq kimyosining shakllanish davrlari tarixi - rasmi

Material tavsifi

Tuproq kimyosining shakllanish davrlari tarixi Tuproq tirik mavjudod hayot-mamoti negizidir, deb aytgan edi o'z zamonasida Abu Ali ibn Sino. hozir ham bu fikr o'z kuchi va qiymatini yo'qotgani yo'q. Tuproqni kimyoviy nuqtai-nazardan o'rganish eng avvalo uning unumdorlik darajasini oshirishga qaratilmog'i darkor. Bu boradagi qilingan ilmiy ishlar ko'p. Biroq ular hozirda aniq bir tizimga muhtoj. Har bir fan o'z nazariyasi, uslubiyati va tarixiga ega bo'lgani kabi tuproqlar kimyosi ham o'z tarixiga ega. Bu tarix o'z navbatida bevosita tuproq xususiyatlari,uning sifat belgisi bilan bog'liq bo'lib, tuproq fazalarining kimyoviy tarkibi, jarayonlari va ularni boshqarish yo'llarini o'rganadi. Tuproq kimyosining o'rganish tarixi qadimdan boshlangan bo'lib, o' o'z ichiga bir qancha davrlarni kamrab oladi. Birinchi davr tuproq kimyosi sohasidagi tajribalar, bilimlar to'planish davri bo'lib, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish rivojlanishi bilan takomillashib borgan. Bu davrda dastavval tuproqlarni kimyoviy usullar bilan yaxshilash uchun maxsus moddalar ishlatilgan. Masalan, eramizdan avval Markaziy Amerikada mergal tuproq kislotaligini pasaytirish uchun qullangan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa yerga eski devor qoldiqlari va organik o'g'it solingan. Qadimgi grek olimi Feofrast gilli, qumli tuproqlar bilan birga sho'r tuproqlarni ajratgan. Arestotel dengiz suvlarini tuproqdan o'tgandan so'ng chuchuk bo'lishi to'g'risida yozgan edi. Bu esa tuproq o'ziga ma'lum miqdorda qanday bir elementlar va birikmalarni singdirib olishdan dalolat beradi. Keyinchalik tuproqning bu xususiyatlari singdirish qobiliyati nomini oldi. Sho'r yerga urug' sochma-hosil bermaydi, mehnating bekor ketadi, ya'ni yaxshilikni bilmagan kishiga yaxshilik qilish sho'r yerga urug' sochish bilan barobardir, deb qobusnomada behudaga aytilmagan. Sho'r tuproqlarning mavjudligi va ularning achchiqligini o'z zamonasida P.Vergelliy ham yozib qoldirgan. Rim faylasufi Tit Lukretsiy Kar eramizdan avvalgi 99-55-yillarda Jismlar tabiati nomli poemasida tuproqlarning singdirish qobiliyatini juda obrazli yozib qoldirgan. U yozadiki, dengiz suvlari tuproq qatlamlari orqali o'tib borib suv havzalariga quyilsa chuchuk va mazali bo'ladi. Bunda suv o'zini achchiq qismini tuproq ostida, uning notekisliklarida qoldiradi va bu achchiq osonlikcha tuproqni notekislik joylariga yopishib qoladi. Tut Lukretsiyning bu fikrlariga hozirgi zamon fan tili bilan aytiladigan ionlar almashinishi xususiyatlari bashorat qilingan. Angliyalik faylasuf, naturalist F.Bekon (1561-1626) yigirmata idishga tuproq solib, ulardan dengiz suvini ketma-ket o'tkazib chuchuk suv olishga erishdi. Bu albatta tuproqning singdirish qobiliyatiga tayangan dastlabki tajriba edi. Angliyada 200 yil avval o'g'it tariqasida margelning bir qancha tiplariga tavsif berilgan va undan tuproq unumdorligini oshirish maqsadlarida foydalanilgan. Rim naturalisti Pliniy Starshi qumli margelni esa qo'riq tuproqlarga foydalanish yaxshi natija beradi deb tavsiya qiladi. U hatto har ikkalasini aralashtirib va ularga organik o'g'it qo'shib yerga solish yaxshi natija berishini aytadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.37 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.37 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga