Tuproq muhitidagi abiotik omillar va ularning organizmlarga ta'siri

Tuproq muhitidagi abiotik omillar va ularning organizmlarga ta'siri

O'quvchilarga / Ekologiya
Tuproq muhitidagi abiotik omillar va ularning organizmlarga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Tuproq muhitidagi abiotik omillar va ularning organizmlarga ta'siri Reja: 1. Iqlim omillari. 2. Tuproq omillari. 3. Topografik omillar. Iqlim omillariga harorat, yorug'lik, suv kiradi. Biz quyida o'sha omillarning tirik organizmlarga ta'sirini ko'rib chiqamiz. Harorat Yerdagi organizmlarning yashashi, rivojlanishi va tarqalishiga katta ta'sir ko'rsatuvchi eng muhim abiotik omillardan biridir. Hayotiy jarayonlar tor harorat diapazonida kechadi. Ko'pchilik o'simlik va hayvonlar sovuq haroratli sharoitda nobud bo'ladi yoki anabioz (hamma kimyoviy jarayonlarning juda susayishi yoki to'xtashi) holatiga o'tadi. Ammo Antarktidada - 70°C sovuqda ham suvo'tlari, ishayniklarning ayrim turlari, pingvinlar yashay oladi. Yerda hayotning eng yuqori chegarasi 50-60°C ga tengdir. Bunday haroratda fermentlar faolligi buziladi va oqsillar ivib oladi. Lekin geotermal buloqlarda ayrim mikroorganizmlar 70-80°C da ham yashay olishi kuzatiladi. O'simliklar va ko'pchilik hayvonlar tana haroratini bir xil saqlay olmaydi. O'simliklarning sovuqqa chidamliligi hujay - ralarda qand miqdorining ko'pligi va hujayra shirasi konsentra - tsiyasining ortiq yoki suvning kamligiga bog'liq. Tana haroratini saqlay lish xususiyatlariga ko'ra hayvonlar issiq qonlilar va sovuq qonlilarga bo'linadi. Sovuq qonlilarga umurtqasizlar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar iradi. Ular tana haroratini bir xil saqlay olmaydi. Muhit haroratining ko'tarilishi bu organizmlarda fiziologik jarayonlarning tezlashishiga olib keladi. Muhit haroratining ma'lum iapazondan pasayishi metabolik jarayonlarning susayishiga va organizmlarning o'lishiga sabab bo'ladi. Evolutsiya jarayonida issiq qonli organizmlar tashqi muhit haroratining juda eng o'zgarishidan qat'i nazar, o'z tana haroratini doimiy holatda saqlashga moslashgan. Issiq qonlilarga qushlar va sutemizuvchilar kiradi. Qushlarning tana harorati 40°C dan uqoriroq, sutemizuvchilarniki esa 37-40°C atrofida saqlanadi. Tana haroratining doimiy saqlanishi ikki xil mexanizm asosida amalga oshadi. Kimyoviy mexanizm oksidlanish-qaytari lish reaksiyalarining jadalligiga bog'liq bo'lib, markaziy nerv sistemasi tomonidan reflektor usulda idora qilinadi. Tana haroratini bir xil saqlashda to'rt kamerali yurakning paydo bo'lishi, nafas sistemasining takomillashishi ham katta hamiyatga ega bo'lgan. Issiqlikni o'zgartirmay saqlashning fizik mexanizmlari qalin jun, patlar, teri osti yog' kletchatkasi, teri bezlarining paydo bo'lishiga, qon aylanishining nerv istemasi orqa idora qilish mexanizmlarining paydo bo'lishiga bog'liqdir. Atmosferaning yuqori qatlamlaridan o'tib, Yer yuzasiga yetib keluvchi quyosh nurlarining to'lqin uzunligi taxminan 0,3-10 km ga tengdir. Ultra - binafsha nurlarining juda kam qismigina yer yuzasiga yetib keladi. Ammo Yer yuzasiga yetib keladigan quyosh nurlanishining quvvati birmuncha kamroqdir, chunki orug'likning bir qismi atmosferada yutiladi va qaytariladi. Ultrabinafsha nurlarning to'lqin uzunligi 0,30-0,40 mkm ga teng bo'lganligi va yuksak imyoviy faolligi tufayli tirik hujayralarni jarohatlashi mumkin. Lekin ultrabinafsha nurlar organizmlar uchun kam miqdorda zarur hisoblanib, foydali ta'sir ko'rsatadi. Ular D vitaminining, ko'z to'r pardasi pigmentining va teri pigmentining hosil bo'lishiga ta'sir ko'rsatadi. Ko'rinadigan nurlarning to'lqin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.73 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:48 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.73 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga