Tuproq muhofazasi

Tuproq muhofazasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Tuproq muhofazasi - rasmi

Material tavsifi

Tuproq muhofazasi REJA: 1. Tuproq haqida umumiy tushunch. 2. Tuproq resurslarining tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati. 3. Tuproq resurslarining ifloslanishi. 4. Tuproq sho'rlanishi, eroziyasi, cho'llashish hamda uning salbiy oqibatlari. 5. Tuproq resurslarini muhofaza qilish choralari. Xulosa tuproq qatlamlari, tuproqning organik tarkibi, tuproq eroziyasi, suv eroziyasi, shamol eroziyasi, antropogen eroziya, sho'rlanish, cho'llashish. Tayanch tushunchalar: Tuproq haqida umumiy tushuncha.Bundan bir necha milliard yillar ilgari yer qattiq tosh va qoyalardan iborat bo'lgan. Unga suv, shamol, issiq va sovuq havo harorati ta'sir etib emirgan va tuproqqa aylantirgan. Hosil bo'lgan yerda o'simliklar, hayvonlar paydo bo'lgan. Chunki o'simliklar yerdan erigan mineral tuzlarni ildizi orqali surish xususiyatiga ega. Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli oyat beqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi. Demak, tuproq deb, uniumdorlik xususiyatiga ega bo'lgan yer yuzasining ustki, ovak qatlamiga aytiladi. Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko'ra 3 asosiy qatlamga ajratiladi: A- eng ustki gumus (chirindil) qatlam; V-mineral va organik birikmalar to'planadigan gorizont; S -tuproq vujudga keladigan ona jinsi. Tuproqning har bir gorizonti organik va mineral birikmalar aralashmasidan iborat. Tuproq tarixiy tarkib topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo'lib o'zgaruvchidir. 1 gramm tuproqda 1 mln. dan ortiq sodda hayvonlar va tuban o'simliklar uchraydi. Ma'lumki, solom unumdor 1 gektar yerdagi tuproqda 3-3,5 milliard tonna mikro va mikroorganizmlar bo'lib, ular 8-12 tonnani tashkil etadi. Bularga dala sichqonlari, tuproqda yashovchi xilma xil hasharotlar yomg'ir chuvalchangi kabilar kiradi. Ayniqsa, yomg'ir chuvalchangining tuproq strukturasini yaxshilashdagi roli juda kattadir. Yomg'ir chuvalchangi yerda 1 metrga qadar chuqurlikda kanalchalar qazib, ular orqali o'simlik ildizi tashqaridan nafas olishi va suv, oziq moddalar so'rishi imkonini beradi. Ular yilida ovqat hazm qilish organlari orqali 300-400 tonna tuproqni o'tkazib, tuproq unumdorligini oshiradi. Yomg'ir chuvalchangining yer unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini hisobga olib AQSH va ba'zan g'arbiy Yevropamamlakatlarida uni ko'paytirib sotuvchi maxsus fermalar ishlab turibdi. Bunday ishlar Respublikamiz va viloyatimizda ham tashkil etilmoqda.Inson paydo bo'libdiki, uning hayoti yer bilan bog'liq. Chunki u yerni yashash makoni, tirikchilik manbai va ishlab chiqarish vositasi sifatida qabul qilgan. Yer yuzida turli qobiqlar o'rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi, tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi, litosfera bilan atmosfera o'rtasida moddalarning o'zaro aloqasini sodir etadi. Tuproq xalqning bebaho tabiiy boyligi va insonning yashashi uchun zarur bo'lgan hayot manbaidir. Chunki inson yashashi uchun kerak bo'lgan oziq-ovqat energiyasining 88% ini tuproqdan, 10% ini o'rmon va o'tloqlardan, 2% ini okeandan olmoqda. Tuproqning kishilik jamiyati uchun ahamiyati shundaki, o'z-o'zidan tozalash xususiyatiga ega bo'lib, tabiatdagi iflos moddalarni biologik yo'l bilan tozalaydi va neytrallashtiradi. Yer yuzasining 23 (361 mln. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.65 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:48 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.65 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga