Tuproq va populyatsiyaning ekologik ta'rifi

Tuproq va populyatsiyaning ekologik ta'rifi

O'quvchilarga / Ekologiya
Tuproq va populyatsiyaning ekologik ta'rifi - rasmi

Material tavsifi

Tur va populyatsiyaning ekologik ta'rifi Tur mezonlari ko'p bo'lib, ularning asosiylariga morfo-fiziologik va genetik mezonlardan tashqari, turning ekologik mezoni xam kiradi. Ekologik mezon deganda yashash muhitida turga ta'sir kursatuvchi xamma ekologik omillar yig'indisi tushuniladi. Xar bir turda evolyutsiya jarayonida yashash muhitining sharoitlariga moslashish mexanizmlari shakllanadi. Masalan, kalin ok tuk bilan koplangan ok ayiklar shimolning juda sovuk iqlimiga, kul rang-sargish tusli tuyalar, saygokdar, jayronlar esa kam suvli chullarda va kumli chullarda yashashga moslashgan. Bunday moslashishlar, asosan usha turga kiruvchi xamma individlar uchun xosdir. X.ar bir tur o'z yashash arealiga ega. Bu areal o'z navbatida yaxlit yoki ayrim joylardan tashkil topishiga qaramay, muhitning xususiyatlari usha areal uchun umumiydir. Turlar katta yoki kichik arealni egallashi undagi populyatsiyalar sonining ko'p yoki kam bo'lishiga kara-may, bir butun yaxlit sistemani tashkil etadi. Turning yaxlitligi individlar orasidagi panmiksiya (erkin urchish) xususiyatining mavjudligiga bog'liqdir. Undan tashqari, tarixiy rivojlanish jarayonida bir turga kiruvchi individlarda bir-biriga nisbatan moslashishlar xam paydo bo'lgan. Bularga hayvonlarning o'z nasliga gamxurlik qilishi, bir-birlari bilan malum signallar orqali aloqa qilishi, dushmanlardan birgalashib himoyalanishi misol bula oladi. Turning yaxlitligini saklovchi mexanizmlardan biri uning boshqa turlardan alohidalanganligidir. Darslikning «Tsitologiya asoslari» bobida xar bir tur xromosomalar sonining doimiyligi va o'ziga xosligi kayd etilgan edi. Turlar orasidagi genetik, morfologik, fiziologik, etologik va ekologik farqlar mavjudligi tufayli ular bir-birlari bilan chatisha olmaydi.har xil turlar turli ekologik sharoitga moslashish jarayonida, ularning orasidagi farqlar tobora ortib boradi. Masalan, qishloq kaldirgochlari va shahar kaldirgochlari bitta avlodga kiruvchi ikkita bir-biriga juda yaqin turlardir. Bu turlar morfologik, genetik, etologik va ekologik farqlari mavjudligi tufayli bir-biri bilan chatisha olmaydi. Turning ekologik moslashishining ahamiyati ayrim individlar va yaxlit tur uchun har xil bo'lishi mumkin. Masalan, bazi turga kiruvchi kushlar ekologik sharoiti, yani ayni misolda uyasi torlik kilganda ayrim bolalarini uyasidan tashlab yuboradi. Ular albatta nobud bo'ladi, lekin kolgan bolalari esa keng sharoitda baquvvat, yashash qobiliyati kuchaygan bo'lib etiladi. Bunday moslashishlar ayrim individlar uchun zararli, tur uchun esa foydalidir. Katta hududlarni egallovchi turlar notekis taksimlanib, ayrim guruhpyar yoki gyupulyatsiyalarga bulinadi. Populyatsiyalar turning va evolyutsiyaning boshlang'ich strukturaviy birligidir. Populyatsiya - malum joyni egallagan, bir-birlari bilan irsiy axborotni almashish xususiyatiga ega bo'lgan, bir turga kiruvchi organizmlar guruhidir. Populyatsiya individlarining zichligi, tutiluvchanligi, ulimi, yoshi va jinsiy tarkibi, egallagan joyi kabi statistik belgilar bilan ta'riflanadi. Populyatsiyaning zichligi malum maydon yoki xajm birligida individlar soni yoki biomassa bilan ulchanadi. Masalan, 1 ga da 100 daraxt, 1 ga xovuzda 100 ta balik yoki 100 kg balik, 1 l suvda 1 mln. bakteriya va xokazo. Populyatsiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.93 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.93 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga