Tuproqdagi temir, marganets birikmalari

Tuproqdagi temir, marganets birikmalari

O'quvchilarga / Ekologiya
Tuproqdagi temir, marganets birikmalari - rasmi

Material tavsifi

Tuproqdagi temir, marganets birikmalari REJA: 1.Temir va marganetsning turli tuproqlardagi miqdori. 2.Temir va marganetsli tuproq hosilalari. 3. Temir ionlarining tuproqning organik qismiga, strukturasi va zichligiga ta'siri. Temir va marganetsning elementlar davriy sistemasidagi o'rni va ayrim xususiyatlari Mendeleev elementlar davriy sistemasida Mn va Fe o'zaro yonma-yon joylashgan bo'lib, o'xshash elektron qobiqlarga ega. Ularning elektron qobiqlarining tuzilishi qo'yidagicha: Fe - s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d6 4s2 Mn- s2 2s2 2p6 3s6 3p6 3d5 4s2 bo'lib d orbitasida elektronlarning maksimal soni 10 ga teng. Mn atomida 5ga, temirda esa bu elektronlar soni 6 ga teng. Bu farqlardan ko'rinib turibdika, marganets va temirni 3 d-li elektron qobig'i hali to'yinishga muhtoj. Shuning uchun bo'lsa kerak Mn va Fe elementlari kompleks birikmalar hosil qilish qobiliyatiga ega. Bu elementlarning har ikkalasi ham o'tuvchi metallar, ya'ni metallardan metalmaslarga o'tuvchi sanaladi. O'tuvchi metallarda valentlik ko'pincha -2 -3, ba'zi xollarda undan ham yuqori bo'lishi mumkin. Mn va Fe ning oxirgi elektron orbitasida 2 tadan elektronlar mavjud. Shuning uchun ularning aksariyat birikmalari -2 valentli. Tuproqdagi tipik birikmalarda temirning valentligi -2 -3 ga to'g'ri keladi. Bunda temir oksidlangan shaklda bo'ladi. Qattiq oksidlanadigan sharoitda, kislorod yetishmaydigan hollarda temirni 1 oksidi ham mavjud bo'ladi. Lekin tuproqda bunday vaziyat bo'lishi qiyin. Shuning uchun temir bir oksidli shaklda uchramaydi. Marganetsning valentligi -2 -7 gacha oksidlangan shaklda o'zgaradi. Shuni alohida ta'kindlash kerakki, Mn -2 -3 birikmalari ishqoriy xususiyatga ega. Mn -4 ishqorli xususiyat bilan nordonlik xususiyati orasida joy oladi. Tuproqda marganetsning ko'p tarqalgan birikmalari - 2 -3 -4 ga to'g'ri keladi. Mn va Fe -lar o'zlarini valentliklarining tez o'zgarishi tuproqdagi oksidlanish - qaytarilishi sharoitiga ham bog'liq. Temir elementli tuproqdagi miqdori jihatidan 4-chi o'rinda kislorod, kremniy, alyuminiylardan keyin turadi. Bu xususiyati, hamma tuproq uchun ham to'g'ri kelavermaydi. Qumoq tuproqlarga to'rtinchi o'ringa kaliy chiqadi, karbonatli tuproqlarda esa Sa temirdan ko'p bo'ladi. Temirning yer po'stidan o'rtacha miqdori 5,1 % bo'lsa, ba'zi rudalarda 50-60% bo'ladi. Hatto sof tug'ma temir ham uchraydi. Sof tug'ma temirning genezisi meteoridlarga olib boradi. Temir ko'pchilik birlamchi gili minerallarni kristall panjaralariga kiradi. Temir gidroksidlar, sulfidlar, fosfatlar, karbonatlarni hosil qila oladi. Temir ko'pchilik silikatlar tarkibiga xam kiradi. Temir va uning birikmalari tuproq hosil bo'lish jarayonida faol funksiyalarni ijro etadi. Temir olivin, amfibollar, aktinolit, epidot, granat va boshqalar tarkibiga kiradi. Qisman biotit, vermikulit, glakuonit va boshqalar tarkibida ham uchraydi. Temirning oksid va gidroksidlari qatoriga getit a-FeOON, lepidokrokit - FeOON, ferrgidrit 5Fe2O3 x 9N2O, gematit a-Fe2O3, magnetit Fe3O4, magemit Fe203 va boshqalar kiradi. Magemit magnetitning oksidlanishidan hosil bo'ladi. Tuproqda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.53 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.53 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga