Tuproqlarni neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi va uning rekultivatsiyasi

Tuproqlarni neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi va uning rekultivatsiyasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Tuproqlarni neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi va uning rekultivatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Tuproqlarni neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi va unin1 rekultivatsiyasi Reja. Tuproqlarnk neft bilan ifloslanishi Neft maxsulotlari bilan ifloslanish holatlari Ifloslanishni oldini olish chora tadbirlari. Tuproqning kimyoviy ifloslanishlari orasida neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi keng masshtabda uchraydi. Chunki neft xom ashyosidan halq xо'jaligida keng foydalanib, bugungi kunda 100 xildan ortiq mahsulotlar olinmoqda. Ifloslanishning paydo bо'lishida asosan neft konlarining ochilishi, neft hom ashyosini olinishi, taishsh jarayoni, saklash omborlari, kutilmagan avariya holatlari va neft mahsulotlarini nozamonaviy texnologiyalar vositasida kayta ishlash, transportlar tomonidan chala yoqilishi va boshqalar о'rin tutadi. Ayniqsa neftga boy bо'lgan Arab mamlakatlari, Rossiya, Quvayt, Ozarbayjon va Ukraina hududlarida neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanish holatlari kо'proq kuzatiladi. Birgina Rossiya-ning о'zida yiliga 50-70 ming tonna neft va neft mahsulotlari katta-katta hududlarni ifloslaydi, jumladan 1996 yilda 50 ming gektar yer kuchli darajada ifloslangan. Ukrainadagi katta halokat atrof-muhit ekosistemasining ifloslanishiga sabab bо'lgan. Tuproq qoplamini neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishining asosiy omillari о'rnida Y.A.Majayskiy, I.Y.Davshova, V.F.Yevtyuxin, K.N.Yevsenkin (199), V.I.Solovyev, V.A.Pushkina, G.A.Kojanova, T.V.Gudzenko (2001), V.M.Kondrashenko, V.P.Xolodenko (2001), L.A.Deminalar (200) tabiat komponentlari ayniqsa, tuproq qoplamining neft bilan ifloslanishida quyidagi asosiy omillarni kо'rsatishadi: -neft sanoati tarmoklaridagi chikindi suvlarining tuproq qoplamiga va sug'orish suvi manbalariga tushishi; -neft va boshqa yoqilg'i turlarining tashish kemalari, transportlari va uzatuvchi kuvurlaridagi halokat holatlari; -neft konlarining yonib ketishi; -neft saklash omborlaridagi noqulay holatlar natijasida tuproq qoplami va ekosistemaning asosiy qismlari ifloslanadi. Bundan tashqari neft va neft mahsulotlaridan notо'g'ri foydalanish mobaynida va ifloslangan hududlarda rekultivatsiya ishlarini yetarli darajada yо'lga qо'yilmasligi okibatida ham bir qator muammolar kelib chiqadi. Har bir neftning о'ziga xos kimyoviy tarkibi bо'lib, ifloslanish harakteri ham shunga monand holda turlicha bо'ladi. Neft asosan och kulrangdan tо'q qо'ng'ir rang oralig'ida ba'zan yashil rangda ham uchraydi. О'rtacha molekulyar massasi 220-230 gmol (ba'zan 450-470gmol), zichligi 0,65-1,05 (odatda 0,82-0,95 gsm), qaynash harorati 28-100°S oralig'ida (parafinlar miqdoriga bog'liq holda), yopishqokligi 1,98-265,90 mm2s (og'ir fraksiyali tarkib kо'p bо'lsa yopishqoklik yuqori bо'ladi). Uglevodorodlar tarkibi ham turlicha bо'lib, parafinlar 30-35%, naftenli uglevodorodlar 25-75%, aromatik tarkibli-10-20 % oralig'ida uglevodorodlar uchraydi, element tarkibi esa (%): S-82-87, N-11-14, 8-0,01-6, N-0,001-1,8, 0-0,005-0,35, bundan tashqari 50 ga yaqin element uchraydi. Neft yoki neft mahsulotlari tarkibida N1, R kabi og'ir metallarni bо'lishi tuproq qoplami uchun yana bir zaharli havf hisoblanadi. Har bir hudud, xattoki bir mintaqadagi ikkita neft konidan chiqayotgan neft kimyoviy tarkibi jihatidan farq qiladi va vakt utishi bilan neftning kimyoviy tarkibi о'zgaradi. Tuproq tarkibiga tushganda yengil fraksiyali tarkibi uchishi, tuproq qatlamlariga yutilishi hamda tabiiy tarzda mikroorganizmlar tomonidan parchalanishi hisobiga о'zgarishga uchraydi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 161.74 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 161.74 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga