Tuproqlarning zaharli moddalar va texnogen chiqindilar bilan ifloslanishi

Tuproqlarning zaharli moddalar va texnogen chiqindilar bilan ifloslanishi

O'quvchilarga / Ekologiya
Tuproqlarning zaharli moddalar va texnogen chiqindilar bilan ifloslanishi - rasmi

Material tavsifi

Tuproqlarning zaharli moddalar va texnogen chiqindilar bilan ifloslanishi REJA 1-. Zaharli va texnogen chiqindilarning xususiyatlari va manbalari 2. Tuproqda kimyoviy elementlar va moddalar miqdori, ularning qabul qilingan msyor (QQM) ko'rsatkichi Atrof - muhitni xususan tuproq qoplamini kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi turli omillar ta'sirida vujudga kelib, bu moddalar xususiyatiga ko'ra yillar davomida o'zining ta'sirini o'tkazadi. Ayniqsa o'ta zaharli moddalar deya e'tirof etiluvchi radioaktiv elementlarog'ir, ayrim gazlar hamda pestitsidlar tuproq 1s;oplamiga tushib, tuproq-o'simlik-hayvon-inson tiriklik biozanjiri orqali o'z ta'sirini ko'rsatadi. Zaharli moddalarning ifloslanish manbalari, kimyoviy tarkibi, ifloslanish maydoni va ularning ilmiy - amaliy yechimi dunyo bo'yicha bir biridan farq qiladi. Masalan, Yevropadavlatlarida asosan sanoat tizimidagi faoliyatlar orqali ifloslansa, Markaziy Osiyo davlatlarida chiqarilgan chiqindilar va qishloq xo'jaligida kimyoviy moddalardan noilmiy tarzda foydalanish natijasida ifloslanadi. Shu nuqtai nazardan, zaharli moddalar bilan ifloslanishning asosiy manbalariga: radioaktiv elementlar bilan bog'liq sanoat tizimi, tabiiy konlar, yadroviy qurollardan me'yordan tashqari foydalanish, kimyoviy moddalar saqlash omborlari, chiqindi qabristonlari, halq xo'jaligi va qishloq xo'jaligida kimyoviy moddalarning me'yoridan ortiq qo'llanilish holatlarini kiritish mumkin. O'zbekistonda energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish obyektlarida hosil bo'ladigan chiqindilar, atrof- muhitni va tuproq qoplamini ifloslovchi asosiy manbalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish va iste'moldan chiqqan chiqindilar hosil bo'lishining yillik xajmi 100 mln. tonnani tashkil etadi. Respublikamizda chiqayotgan chiqindilarni 4 toifaga bo'lish mumkin. Ularning yillik hajmi turlicha bo'lib, ma'lum qismi tuproq qoplamiga tushib uni ifloslantiradi, 2004 yilda chiqindilar miqdori 1-toifa bo'yicha 1,6 ming tonna, 2-toifa chiqindilari 2,8 ming tonna, 3-toifa chiqindilari 1416,3 ming tonna, 4-toifa chiqindilari 34306,8 ming tonna miqdorida paydo bo'lgan. Viloyatlar bo'yicha esa bu ko'rsatkich turlicha taqsimlanadi (7-jadval). Ushbu chiqindilarning 14% dan ko'prog'i zaharli hisoblanadi, hozirgi kunda chiqindilarning barcha turlari hisobga olinmoqda. Respublikamizda eng katta sanoat obyektlari Toshkent, Navoiy shaharlarida joylashgan. Toshkent shahri yirik sanoat markazi hisoblanib (O'zbekiston YAIMning 30%), keng turdagi ishlab chiqarish tuzilmalariga ega, xususan, aviasozlik, mashinasozlik, to'qimachilik, kimyo, farmatsevtika, oziq - ovqat, elektro-texnik, qurilish kabi ko'plab sanoat korxanalari mavjud. 7-jadval O'zbekiston Respublikasi bo'yicha havfli sanoat chiqindilarining paydo bo'lishi, t. hisobida (O'zRDSQ ma'lumoti,2004) zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalish yo'llari va omillariga yer osti va yer usta suvlari, atmosfera omillari va insoniyat faoliyatini kiritish.mumkin. Mustaqillikka erishilgandan so'ng o'ta zaharli moddalar bilan bog'liq faoliyatlar tartibga solindi va tuproq qoplamining ifloslanish darajasini kamayishiga erishildi. Biroq yillar davomida tuproq qoplamiga tushgan o'ta zaharli moddalar o'zining salbiy ta'sirini hali xanuz o'tkazib kelmoqda. Zaharli moddalarning boshqa kimyoviy ifloslovchi moddalardan havfli tomoni va farqi shundaki, ularda zahar ta'sirining juda yuqoriligi va ta'sir etish vaqgining katgaligidir. Misol uchun quyidagi elementlarning (izotoplari) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga