Tuproqning organik moddalari REJA: Tuproq chirindisining paydo bo'lishi va ahamiyati. Turli organik va kimyoviy birikmalarning tuproqda parchalanishi. Chirindi moddalarining tarkibi va xossalari. Chirindi kislotalari. Gumus va uning klassifikatsiyasi. Tuproqdagi organik moddalar manbai. Tuproqning organik qismi turli xildagi va tarkibidagi organik moddalardan tashkil topgan. Bu organik moddalar o'simliklar., jonivorlar va mikroorganizimlarning har xil darajada chirigan qoldiqlaridan hamda tuproqning o'ziga xos moddasi-gumus yig'indisidan iborat. GUMUS- murakkab kimyoviy tarkibli azot saqlovchi yuqori molekulyar modda kompleksi bo'lib, odatda qoramtir tusli va tuproqqa tekis singib ketgan hamda mineral qismi bilan juda mustahkam birikkan holatdadir. Tuproqning organik moddalari tarkibida doim turli organizmlarning tirik xo'jayralari va tuproq faunasi (jonivorlari) ham ishtirok etadi. Tuproqning yuzasi va butun profilida to'planadigan barcha o'simlik va hayvon qoldiqlari organik moddalarning potensial manbai hisoblanadi hamda tuproq paydo bo'lish jarayonlarida aktiv qatnashadi. Tuproqdagi biomassa zahirasi, uning strukturasi, dinamikasi va tarkibi turli tabiiy zonalarda bir xil emas. Ayniqsa yashil o'simliklar eng ko'p biomassa to'plash imkoniyatiga ega. Ularning har yili to'playdigan biomassasi umurtqasiz hayvonlar va mikroorganizmlarga nisbatan esa bir necha ming marotaba ko'p. Shuning uchun ham tuproqdagi organik moddalarning asosiy qismi yashil o'simliklarning yer yuzasiga tushadigan qoldiqlari va ildizlari hisobiga bo'ladi. Ammo jonivorlar va mikroorganizmlar qoldiqlarining tarkibida oqsil moddalarning ko'p bo'lishi, tuproqda azotga boy organik moddalarning to'planishida muhim rol o'ynaydi. Turli o'simliklar formatsiyasi qoldiradigan, har yili to'planadigan organik modda (biomassasi) bir xil emas va gektariga o'rtacha 3,4-13,7 tonnani, nam subtropik o'rmonlarda esa hatto 30-35 tonnani tashkil etadi. Turli tabiiy tuproq zonalarida quyidagi miqdorda o'simliklarning qoldiqlari to'planishi mumkin. Tundra zonasida fitomassa zahirasi 150 dan 2500 gm2 gacha o'zgarib, ildizlar massasi yer yuzasidagiga nisbatan 3-4 marta ko'p bo'ladi. Mikroorganizimlar biomassasi 10-15 gm2, umurtqalilarniki (yer yuzasida) 0,01 gm2 ni tashkil etadi. O'rmon -tayga zonasining yuqori bonitetli o'rmonlarda fitomassa miqdori 25-40 ming gm2 gacha ko'payadi. Ammo ildizlari hisobida to'planadigani 3-4 marta kam, o'rmon tuproqlarida mikroorganizmlar biomassasi 30 gm2 ga yetadi; ular orasida zamburug''lar asosiy rol o'ynaydi. Umirtqasizlar biomassasi (gm2): podzol tuproqlarda 2-3, chimli podzolda 7-12, o'rmon sur tuproqlarida 90 gm2 gacha yetadi. Dasht zonasi o'tsimon o'simliklari o'rmonlarga nisbatan kamroq biomassa (1200-2500 gm2) to'playdi, ammo ildiz massasi 3-6 marta ko'p bo'ladi. Dasht tuproqlarining mikrofaunasi turlari ko'p va tarkibi xilma-xil: bunda zamburug''lar kamayib (12-16 gm2), ular orasida yomg'ir chuvalchanglari ancha yaxshi faoliyat ko'rsatadi. Umirtqasiz hayvonlar bu zonada umumiy zoomassaning 98 foizini tashkil etadi. Cho'l zonasida fitomassa zahirasi keskin kamayadi, ammo ildizmassasi ko'payadi va yer yuzasidagi organik moddalar hamda ildiz massasining nisbati 1:8-1:9ga barobardir. Tuproqning biologik aktivligi ancha past bo'lsada, nam yetarli bo'lgan ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.5 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.5 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:48 ]
Arxiv ichida: doc