Turlar miqdori va ularning dinamikasi

Turlar miqdori va ularning dinamikasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Turlar miqdori va ularning dinamikasi - rasmi

Material tavsifi

Turlar miqdori va ularning dinamikasi Reja: Individlar sonining o'zgaruvchanligi. Populyatsiyalar tarkibida miqdoriy o'zgarishlarning asosiy sabablari. Turlarning serpushtligi va uning shakllanish sabablari. Hayvonlarning o'limi. Populyatsiyalarning yosh tarkibi. Turlar miqdori va ular sonining o'zgaruvchanligi Bironta ham tur yo'qki, uning individlari soni o'zgarmasa. O'zgarish har xil mavsumlarda sodir bo'lishi mumkin, ya'ni ko'payish davrida sonining oshishi va ko'payish jarayonining oxirida miqdorining kamaygan holati kuzatiladi. Shuningdek, turli yillarda individlar soni turlicha bo'lishi mumkin. Har xil yillarda turlicha bo'lishi oziqa zahirasiga, iqlim omillariga va boshqa bir qator sabablarga bog'liq. Nihoyat tur individlari soni bir necha yillardan so'ng ko'payishi yoki kamayishi mumkin. Ushbu holatlar oqibatida tur individlari yoki yangi maydon va hududlarga tarqalib, o'z arealini kengaytiradi, yoki kamayganda areali qisqaradi. Har xil turlarning individlari sonining o'zgarishi umumiy xarakterga ega, lekin ulardagi farq birinchi navbatda populyatsiyalar tarkibidagi har xil guruhlarning turli yoshda bo'lishi, yangi individlarning tug'ilishi va halok bo'lish nisbati, yetilish tezligi, turli jinslar sonining nisbati va nihoyat individlar sonining o'zgarish tezligi hamda uning amplitudasi (tebranish kengligi) ga bog'liqdir. Masalan, dala sichqoni va oddiy sichqon sonining amplitudasi cho'lda besh yuz barobar oshishi bilan xarakterlansa, ushbu joylarda og'maxon (xomyak) ning soni amplitudasi bir necha o'n barobar yoki undan ham kam bo'lishi mumkin. Ko'pgina zararkunanda hasharotlar individlar sonining o'zgarish amplitudasi juda katta bo'lishiga qaramay, arilarda o'zgarish amplitudasi ancha kichik bo'lishini aytib o'tish o'rinlidir. Xuddi shuningdek, baliqlarning har xil turlarida turlicha bo'ladi. Masalan, seld va treska baliqlarining unumdor bo'lgan yillardagi individlari soni unumsiz bo'lgan yillardagiga nisbatan 50-55 barobar ortiq bo'lsa, kambala va osyotr baliqlarida ushbu farq 10-11 barobarni tashkil etadi. Tur individlari sonining dinamikasi uning morfo-fizologik va ekologik xususiyatlari hamda turning uzluksiz ravishda o'zgarib turuvchi yashash muhitiga moslasha olish qobiliyatiga bog'liqdir. Shunga binoan, tur individlari sonining dinamikasi uning muhit bilan munosabatlari xarakterini aks ettiradi. Ushbu munosabatlar jarayonida ma'lum konkret sharoitlarga moslashib olgan individlarning o'sish tezligi, rivojlanishi va ko'payish xususiyatlari shakllanadi. Bu esa o'z navbatida populyatsiya strukturasi va uning hayot tarzini aniqlab beradi. Populyatsiyadagi miqdoriy o'zgarishlarga hayvonlar hayotidagi uch hodisani, ya'ni ko'payish, halok bo'lish va migrasiyalar sabab bo'ladi. Ko'pgina turlarning individlari sonining va areallari chegarasining turg'unligi, ularning arealdagi barcha uchastkalaridan foydalana olganligini ko'rsatadi. Ayrim populyatsiyalarda ortiqcha ingdividlar arealning yashash uchun yaroqsiz uchastkalariga tarqalib halok bo'ladi. Turning tarqalishi va arealining kengayishi uning serpusht ekanligini emas, balki turning tarqalishiga to'siq bo'luvchi ayrim omillarni yonga olish qobiliyatini ko'rsatadi. Tur individlari sonining shiddat bilan kamaya borishi va areal qisqarishining asosiy sabablari ko'payishdan o'limning ustunligi hamda hayot kechirish uchun ayrim omillarning, jumladan, iqlim va oziqa zahirasining yomonlashuvi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.76 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.76 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga