Turli miqyosidagi, zamonaviy ekologik muammolar

Turli miqyosidagi, zamonaviy ekologik muammolar

O'quvchilarga / Ekologiya
Turli miqyosidagi, zamonaviy ekologik muammolar - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy turli miqyosidagi ekalogik muammolar Reja: 1. Global ekologik muammolar barqaror taraqqiyotga katta tahdid solmoqda. 2. Global ekologik o'zgarishlarning salbiy oqibatlari nimalarda aks etadi? Muammolarning ildizi qayerda? 3. ekologik qonun talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni og'irlashtirish. Bundan roppa-rosa 10 yildan so'ng dunyo manzarasi qanday bo'lishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Insoniyatning hayot kechirish tarzi qay tarzda o'zgarishi mumkinligi haqida-chi? Hozirgi an'analarimiz qay darajada o'zgarishi mumkin deb hisoblaysiz? Shunisi ma'lumki, yer sharining ekologik vaziyati o'tgan asrga nisbatan misli ko'rilmagan darajada o'zgarishga ulgirishi bilan bir qatorda avlodlarning chinakamiga qarg'ishiga sabab bo'luvchi muammolarni ham vujudga keltirdi. Garchi ushbu hodisalar dunyo hamjamiyatini global ekologik muammolar to'g'risida ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lish, tadqiqotlar olib borish va bu muammolarni bartaraf etish borasida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishga undab kelayotgan bo'lsa hamki, ko'pchilik mamlakatlar va millatlar bu muammolarning ko'lami shabadasini seza olishmayapti yoxud ular o'zlarini mutlaqo xabarsizdek tutishmoqda. Ekologik barqarorlikni ta'minlash, aholining qulay tabiiy muhitda hayot kechirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan va yuz berib bo'lgan muammolarga yechim topish, ularni oqilona hal qilish kabi masalalarga qay darajada ahamiyat berib kelinmoqda? Bu mavzuda shunchaki reja va konsepsiyalar ishlab chiqilib, konferensiya mavzusi sifatida qarab kelinmoqdami? Afsuski, shunday! Global ekologik o'zgarishlarning salbiy oqibatlari nimalarda aks etadi? Mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hukmronlikka intilib, ulkan obro' qozonish maqsadida mamlakat ishlab chiqarishiga alohida urg'u berib kelayotganligi global ekologik inqirozni keltirib chiqarmayaptimikan? Yoki bu muammolarga biz insonlarning yashash tarzimiz sabab bo'la oladimi? O'tgan asrga nisbatan insoniyat yashash tarzi shunchalik darajada o'zgardiki, insoniyat sivilizatsiyasida hali mutlaqo kuzatilmagan global isish, dengiz va yer ekotizimlarining misli ko'rilmagan darajada kamayib borishiyu, yer yuzining turli mintaqalarida qurg'oqchilik, suv toshqinlari kabi bir qator salbiy holatlar ham yuz berayotganligi barchamizga birdek ayondir. Xo'sh, bizda muammolar bor, lekin ularga yechimlar-chi? Nahotki hozirgi dunyoning global ekologik holati hech kimni zarrachalik qiziqtirmasa? Biz o'zimidan keyingi avlodga qanday kelajakni meros qilib qoldirmoqdamiz? Har safar bunday og'riqli savollar bizni qachongacha qiynab keladi? Nahotki dunyoning hozirgi qiyofasi kundan kunga bundan-da yomonlashib boraveradiyu, biz insonlar shunchaki bir oddiy hodisadek qarab turaveramiz? Mamlakat rahbarlariniyu, hukumat vakillarini, butun insoniyatni boylik orttirish, iqtisodiy o'sish, siyosiy hukmronlik, mamlakatlar o'rtasida ulkan obro'ga ega bo'lishdan boshqa hech narsa qiziqtirmasa?! Ha, albatta biz bunga ko'nikib, yashab kelmoqdamiz! Mina Guli haqida hech eshitganmisiz yoki qayerdadir o'qiganmisiz? Yoki suv izlash uchun yettita sahroni piyoda kezib chiqqan ayolni tanirsiz?! O'qimagan bo'lsangiz yoki eshitmagan bo'lsangiz, sizni mutlaqo dunyo aholisining suvsizlikdan halok bo'layotganligi ham qiziqtirmaydi! Balki, 15 yildan so'ng siz suvsizlik natijasida vafot etasiz desam-chi?! ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 969.42 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:49 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 969.42 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga