Turli omillarning mineral va mahalliy o'g'itlar samaradorligiga ta'siri Reja: 1. O'g'itlar samaradorligiga tuproq-iqlim sharoitlarining ta'siri. 2. Agrotexnikaviy sharoitlarning o'g'itlar samaradorligiga ta'siri. 3. Mineral va maqalliy o'g'itlarni birgalikda qo'llash. Mavzuni o'rganishda foydalaniladigan tayanch iboralar. Tuproqunumdorligini, suv bilan ta'minlanganligini o'g'itlar samaradorligiga ta'siri; azot samaradorligiga tuproqni fosfor va kaliy bilan ta'minlanganlik darajasini ta'siri, tuproq mexanikaviy tarkibini o'g'itlar samaradorligiga ta'siri, iqlim sharoitini (harorat, yog'in-sochinlar) ta'siri, tuproqni ishlash, ekishni o'z vaqtida o'tkazish, eng yaxshi o'tmishdosh ekinni tanlash, almashlab ekishga amal qilish, zararkunanda hashorat va kasalliklarga qarshi kurashish o'g'itlar samaradorligiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. 1. O'g'itlarni qo'llash tizimini tuzishda birinchi navbatda tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olish kerak. Chunki, ushbu faktorlar qo'llanilgan o'g'itlar samaradorligiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Masalan, sug'oriladigan va lalmikor yerlarni solishtirib ko'ring. O'g'itlarning turini tanlashga, me'yori, muddati, qo'llanish usuli va samaradorligiga iqlim sharoiti katta ta'sir ko'rsatadi. Yog'in-sochin miqdori va harorat sharoiti, ayniqsa, vegetatsiya davri davomida muhim ahamiyatga ega. Suv rejimi yaxshi, shuningdek, sug'oriladigan rayonlarda o'g'itlarning samaradorligi ancha yuqori bo'ladi. Nam yetishmaganda o'g'itlashdan olinadigan qo'shimcha hosil miqdori kamayadi. Shu bilan birga o'g'itsolinganda o'simlik tuproqdagi namdan ancha tejab va unumli foydalanadi, shuning uchun nam yetishmaydigan rayonlarda ham o'g'itlash o'simliklarning o'sishi va rivojlanishini ancha yaxshilaydi. O'g'itlarni to'liq NRK holida qo'llaganda eng yuqori samaradorlik tuproqunumdorligi past bo'lgan och tusli, bo'z tuproqlarda kuzatiladi. O'g'itlarning samaradorligi o'rta osiyo davlatlarida sharqdan g'arbga qarab pasayib boradi. Bu tuproqunumdorligini har xil bo'lishi va nam bilan turlicha ta'minlanganligi uchun sodir bo'ladi. Azotli o'g'itlarning ta'siri sug'orilib dehqonchilik qilinadigan och tusli va buz tuproqlarda, qisman o'tloqi-bo'z tuproqlarda kuchli namayon bo'ladi. Nam yetishmagan zonalarda, tuproq tarkibidagi fosfor va kaliy kam bo'lgan yerlarda qo'llanilgan azotli o'g'itlarni samaradorligi past bo'ladi. Qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligiga fosforli o'g'itlarni ta'siri bo'z tuproqlarda, cho'l va yarim cho'l zonasi tuproqlarida yuqori bo'ladi. Bunga ushbu tuproqlar tarkibidagi harakatchan fosfor miqdori juda kam bo'lishi sabab bo'ladi. Kaliyli o'g'itlarni samaradorligi mexanikaviy tarkibi yengil bo'lgan qumli va qumoq tuproqlarda, shuningdek, daryo yoqalari tuproqlarida kuchli namoyon bo'ladi. Kaliy bilan o'rtacha, og'ir mexanikaviy tarkibli tuproqlar yetarli darajada ta'minlangan bo'ladi. Bo'z tuproqlarda kaliyli o'g'itlarni samaradorligi bir muncha kam bo'ladi. Bunga sabab, bu tuproqlar kaliy bilan yaxshi ta'minlangan. Qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirishda yuksak jadallashgan agrotexnika qo'llanilganda, mineral o'g'itlarning samaradorligi yuqori bo'lib, ular hisobiga olinadigan qo'shimcha hosil miqdori yanada ortadi. Organik o'g'itlarni ham samaradorligi, xuddi mineral o'g'itlarnikidek o'rta osiyo Respublikalarida sharqdan g'arbga qarab kamayib boradi. Organik o'g'itlarni keyingi yillardagi ta'siri shimoliy rayonlarga nisbatan, janubda yuqori bo'lmoqda. Shimoliy rayonlarda, namgarchilik yuqori bo'lgan zonalarda organik o'g'itlar miqdori, janubiy rayonlarga nisbatan yuqori bo'lishi kerak. O'g'itlarni qo'llashda o'tgan va kelayotgan ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.18 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:49
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.18 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:49 ]
Arxiv ichida: pptx