Urbanizasiya jarayoni va shaharlar geografiyasi R e j a: 1. Urbanizatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari 2. Urbanizatsiya jarayoni va uning tiplari 3. Urbanizatsiyaning jahondagi xususiyatlari 4. Urbanizatsiyaning О'zbekistondagi xususiyatlari 5. Viloyat shaharlarining tasnifi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 6. Viloyatda urbanizatsiya jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolari Urban (urban) -shahar, zatsiya-jarayon demakdir. Shu ma'noda urbanizatsiya mamlakat yoki boshqa hududlarning shaharlashuvini anglatadi. U o'ta murakkab, ijtimoiy-iqtisodiy va butun dunyoga xos global jarayondir. Biroq uning geografik jihatlari kam emas, chunki urbanizatsiya turli mamlakat va rayonlarda o'zgacha sodir bo'ladi. Urbanizatsiya murakkab hodisa ekanligi tufayli uni faqat bitta mezon, ko'rsatkich bilan ifodalash, o'lchash mumkin emas. Ammo shunday bo'lsada, barcha uchun qulay bir o'lchov kerak. U ham bo'lsa, mamlakat va boshqa hududlar aholisining qanchasi, qancha qismi shahar joylarda yashashi,ulushi, nisbiy hissasidir. Masalan, O'zbekiston respublikasida bu ko'rsatkich 38 %, Tojikistonda 32 %, Afg'onistonda 19 %, Turkmanistonda 48 % va h.k. rivojlangan mamlakatlarda urbanizatsiya koeffitsienti 90 va undan ortiq foizni tashkil etadi. Urbanizatsiyaning umumiy ko'rsatkichi bilan mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi va uning tarkibiy tuzilishi orasida ma'lum aloqadorlik bor. Chunonchi, agar urbanizatsiya koeffitsienti taxminan 70-75 va undan ortiq bo'lsa, u xolda mamlakat sanoat jihatdan yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat hisoblanadi. 50-70 % -bu ham rivojlangan, milliy iqtisodiyoti industrial-agrar, 30-50 % -rivojlanayotgan agrar-industrial va 30 % dan past bo'lsa, sust rivojlangan agrar mamlakat holatida bo'ladi. Ammo, shuni alohida ta'kidlash joizki, urbanizatsiyaning yuqoridagi ko'rsatkichi hamma vaqt va hamma joylarda ham real hududiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettirmaydi. Masalan, Rossiya Federatsiyasining Chukotka o'lkasida yoki Kamchatka, Magadan viloyatlarida, o'zimizning Qoraqalpog'istonda urbanizatsiya ko'rsatkichi nisbatan yuqori. Biroq, bu hududlar iqtisodiy jihatdan uncha rivojlanmagan. O'zbekiston bilan Turkmanistonni olaylik, urbanizatsiyaning demografik ko'rsatkichi Turkmanistonda biznikidan ko'ra ancha yuqori, vaholanki, iqtisodiyotda bunday xulosa chiqarish noto'g'ri bo'lardi. Demak, u yoki bu mamlakat urbanizatsiya darajasini boshqa mamlakat bilan qiyoslaganda quyidagilarga e'tibor berish lozim: -shahar tashkil qilish mezonlari (masalan, Turkmanistonda buning uchun 5 ming aholi kerak, O'zbekistonda- 7 ming); -shaharlarning umumiy soni va zichligi; -yirik shaharlarning mavjudligi; -shahar aglomeratsiyalarining rivojlanganligi; -qishloq-shahar va mayatniksimon migratsiya; -aholining bandlik darajasi va tarkibi; -qishloq joylar urbanizatsiyasi, qishloqliklarda shaharchasiga yashash tarzining mavjudligi va h.k. Yuqoridagilar urbanizatsiyaning naqadar murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa ekanligidan dalolat beradi. Albatta, urbanizatsiya-bu ob'ektiv va umuman loganda ijobiy jarayon. Ammo, uning salbiy tomonlari ham yo'q emas. Chunonchi, ekologik va sotsial muammolarning keskinlashuvi hozirgi zamon urbanizatsiyasining eng ko'zga ko'rinarli salbiy yo'ldoshlaridir. O'rta Osiyo va O'zbekistondagi urbanizatsiya sharqona xususiyatga ega. Binobarin, bu yerda urbanizatsiya ko'rsatkichini yaqin kelajakda 70-80 % bo'lishini tasavvur qilish qiyin va bunday aslo bo'lmaydi ham. Sababi, bizda shaharlar rivojlanio'i qishloq ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.8 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.8 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:49 ]
Arxiv ichida: doc