Urbanizatsiya, ekologiya va salomatlik, urbanizatsiyaning tarixi

Urbanizatsiya, ekologiya va salomatlik, urbanizatsiyaning tarixi

O'quvchilarga / Ekologiya
Urbanizatsiya, ekologiya va salomatlik, urbanizatsiyaning tarixi - rasmi

Material tavsifi

Urbanizatsiya, ekologiya va salomatlik, urbanizatsiyaning tarixi Reja: 1.Urbanizatsiyaning tarixi 2. Urbanizatsiyaning o'ziga xos tomonlari 3. Urbanizatsiya va shovqin-suron, ekologii faktor 4. Shovqin-surondan muhofaza 5. Urbanizatsiya va mikroorganizmlar muammosi b. Urbanizatsiya va ijtimoiy muammolar Urbanizatsiyaning tarixi Insoniyat keyingi 100-125 yil davomida manzaralarni, tog'u toshlarni, o'rmonlar va suv havzalari qirg'oqlarini, dengiz va okean qirg'oqlarini va boshqalarni keng ko'lamda o'zlashtirishga muvaffaq bo'ldi. Tabiiy muhitga texnika va mexanizmlar bostirib kirib bordi, tabiiy manzara ko'rinishlarni oyoq osti qilib, ular buzila boshlandi. Bu esa urbanizatsiyani boshlanishi edi. 1900 yilgacha birorta jamiyat urbanizatsiyalashgan deb nom olmagan. Dunyo, olam hali agrar iqtisodda, asosiy rolni qishloq xo'jaligiga bergan edi. 1900 yilda birgina Buyuk Britaniya urbanlashgan mamlakat edi. 1965 yilga kelib, ya'ni 65 yildan so'ng hamma sanoatlar rivojlangan industrial mamlakatlarda urbanizatsiya jarayonlari rivojlanib ketdi. Urbanizatsiya deganda nimani tushunmoq zarur? Urbanizatsiya bu evolyutsion jarayon bo'lib, bir kichik territoriyada sanoat korxonalari, transport vositalari, ayniqsa, avtomobil transporti, ma'muriy idoralarning, oliy, o'rta o'quv yurtlar, kollej, litsey va boshqa maskanlar, banklar, madaniy hordiq chiqarish maskanlari, kinoteatrlar, konsert zallari, osmono'par imoratlar, favvorolar va boshqa ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni hal etuvchi tashkilotlar, turli idoralar, savdo rastalari, bozorlar, vokzallar va boshqalarning, to'plangan joyi, ayniqsa, odamlarni zichligidir. Urbanizatsiyaning o'ziga xos tomonlari Katta bo'lmagan territoriyalarda aholining 1 km2 maydonda ko'payib ketishi va zichliganing oshib borishi; Shahar sharoitida aholi hayotiy ehtiyojining qo'yidagilar nisbatan ortib borishi ma'naviyat, madaniyat, o'zaro muloqot O'yin-kulgi, tibbiyotdan foydalanish o'zini sog'lomlashtirish, sport-fizkultura bilan shug'ullanish, bilim olish hamda turli xabarlarga qiziqishi va boshqalar. Hozirda, kelajakda aholining ehtiyojini qondirish maqsadida turli zarur bo'lgan inshootlarni qurish, vodoprovod, kanalizatsiya, hammom, sauna, maktab, poliklinika, zamonaviy shifoxonalar, litseylar, kollejlar va hoka'zolar. Aholi turar joylarida odamlar, ishlab chiqarish korxonalari, transport vositalarining ko'proq yig'ilib ketishidan aholiga salbiy ta'sir etuvchi omillarning paydo bo'lishi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shahar tabiiy muhitining doimo o'zgarib turishi yangi muommolarni keltirib chiqarishga sabab bo'lmoqda. Urbanizatsiya va shovqin-suron, ekologik faktor Urbanlashgan shaharlarda shovqin-suron juda ko'p asab kasalliklarini chaqiradi. Insonning psixologik holati yomonlashadi. Shovqin hozirgi zamon shaharlarining odamga asosiy zarar beruvchi omillaridan biri, uni ushlab, ko'rib, qo'l tekkizib bo'lmaydi. Yaponiya mamlakatining milliy hisobatida keltirilgan dalillarga qaraganda yapon xalqini eng bezovta qiladigan omil bu shovqin-surondir. Aholi turar joylariga yaqin aeroportlar shovqinidan odam larzaga keladi. Masalan, Toshkent shahrini aeroporti shaharni ichida, aeroport atrofi hamma tomondan aholi yashaydigan territoriyalar bilan o'ralgan. Katta reaktiv samolyotlari ucha boshlayotganda, ayniqsa, ko'tarilishi vaqtida uylar zilzila bo'layotgandek titraydi. Samolyot uchib ketmaguncha ikki kishining gapi qovushmaydi, chunki bir-birini eshitmaydi. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining keltirgan dalillariga qaraganda shovqin-suron oqibatida AQSH davlatining iqtisodiga keltirilgan zarar 4 mlrd. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.22 MB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:49 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.22 MB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga