MAVZU: UYUSHMA, EKOSISTEMA VA BIOSFERANING BIOFIZIK ASOSLARI Ushbu bitiruv malakaviy ishida yuqori tartibli biofizik sistemalar- uyushma, ekosistema va biosfera darajasida abiotik va biotik omillarni o'zaro ta'siri, undagi energiya va modda almashinuvlarni boshqarish mexanizmlari o'ganiladi va anliz qilinadi. MAVZUNING MAQSADI : 1.Uyushma ekologiyasi (sinekologiya) 2.Ekologik sistemalar 3.Biosfera 4.Biosfera tirik mavjudoti Mavzuning dolzarbligi Atrof muhitni muhofazasi va uni saqlash hozirgi kunda eng dolzarb masalalar bo'lib, kelgusida insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi, Bu masalani yechishda uyushma, ekosistema va biosfera darajalarda boshqarish mexanizmlarini o'rganish juda katta ahamiyatga ega, UYUSHMA BIOFIZIKASI Har qanday biotsenoz abiotik muhitning ma'lum bir uchastkasini egallaydi. Biotop deganda yuqori yoki past darajali bir xil sharoitli va biror bir ko'rinishdagi organizmlar uyushmasi bilan egallangan fazo tushuniladi. Biotsenotik organizmlar guruhi o'lchamlari har xil bo'lishi mumkin. Biotsenoz (uyushma) - nafaqat uni tashkil qiluvchi turlar yig'indisi, balki ularning o'zaro ta'sirlari yig'indisidir, uyushma ekologiyasi (sinekologiya) bu ham ekologiyadagi ilmiy yondashish bo'lib, biotsenozdagi munosabatlar kompleksini va hukmron o'zaro bog'liqliklarni o'rganadi. Sinekologiya asosan muhitdagi biotik omillarni o'rganish bilan mashg'ul bo'ladi. Biotsenoz hududida fitotsenoz - turg'un o'simliklar uyushmasi, zootsenoz - o'zaro bog'liq hayvonlar turi majmuasi va mikrobiotsenoz - mikroorganizmlar uyushmasiga ajratiladi: Biotsenoz = fitotsenoz + zootsenoz + mikrobiotsenoz. Ozuqa zanjiri konsepsiyasi tabiatda kimyoviy moddalar aylanishini tushunish imkoniyatini beradi. Shuni ham aytib o'tish lozimki, real tabiatdagi ozuqa zanjiri yuqorida keltirilgan misollarga nisbatan murakkab bo'lib, bir-biri bilan aralashib ketgan. Chunki ko'pgina o'txo'r hayvonlar faqat bir xil o't bilan oziqlanmasdan turli xil o't bilan oziqlanadi, xuddi shunday yirtqichlar ham. Bu xildagi ozuqa munosabatini tushuntiruvchi strukturalarga ozuqa tarmog'i deyiladi. Ekosistemalar o'rganilayotganda, asosan, biotop va biotsenozlar orasidagi muvofiq ravishda energiya oqimi va moddalarning aylanma harakatiga e'tibor beriladi. Ekosistemalar yuqori tartibli biofizik sistemalar bo'lib biofizik obyekt hisoblanadi. Ekosistema biofizikasi ekosistemadagi abiotik va biotik omillarni o'zaro ta'sir, undagi energiya va modda almashinuvlarni boshqarish mexanizmlarini o'rganish va yozilishi demakdir. Bunday yondoshish ekosistemadagi turg'unlik, turlar xilma-xilligini xarakterlaydigan omillar, turlarni o'zaro ta'siri (xo'jayin-parazit, yirtqich-o'lja, konkurentsiya), ozuqa zanjiri, tashqi muhit bilan energiya almashinuvi migratsiya va emigratsiya jarayonlari, turlarning ekosistemadagi fazoviy joylanish strukturalari, turlarning nishalari va shularga o'xshash masalalarni o'rganishni taqqozo qiladi. EKOSISTEMA BIOFIZIKASI . Biosfera ilmiy nazariyasiga katta hissa qo'shgan olimlardan yana biri bu rus olimi V.I.Vernadskiydir (1926). U tirik organizmlarni geologik qayta tiklash rolini o'rganib chiqqan olimlardan biri hisoblanadi. Tirik organizmlar katta geologik quvvatga ega kuch bo'lib, biosferani yaratgan va hozirgi kunda uning ana shu holatini saqlab turibdi. V.I.Vernadskiyning ta'kidlashicha biosfera ta'limotining «tamal toshi» - tirik mavjudot hisoblanadi. Biosferada tirik mavjudotning biogeokimyoviy xususiyati quyidagicha ta'riflanadi: yer yuzida ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
705.08 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:49
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
705.08 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:49 ]
Arxiv ichida: pptx