Xalqaro suv huquqi

Xalqaro suv huquqi

O'quvchilarga / Ekologiya
Xalqaro suv huquqi - rasmi

Material tavsifi

xalqaro suv huquqi Reja: 1. xalqaro suv huquqi tushunchasi va tamoyillari 2.xalqaro suv huquqi manbalari 3. Davlatlararo suv nizolarini hal etishda xalqaro suv huquqining roli Suvga oid milliy miqyosdagi munosabatlarni tartibga solishda suv huquqidan tashqari, xalqaro suv me'yorlariga oid munosabatlar ham mavjud bo'lib, ular davlatlararo suvga oid munosabatlari (bitimlar) bilan tartibga solinib turiladi. xalqaro suv huquqining muhim xususiyati bo'lib, uning normativlari xalqaro normativ-huquqiy ahamiyatga egaligi yani bu hujjatlarni-milliy, yani ichki davlat suv qonunchiligidan ustunligidadir. Bu haqda O'zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to'g'risida»gi qonunning «xalqaro shartnomalar» bobida takidlangan. Lekin, bu yerda yana ikki masalani ajratish shart. Birinchisi-suv munosabatlarini tartibga soluvchi har qanday xalqaro huquqiy hujjat yoki uning normasi milliy qonunchilik yoki uning normativlaridan ustivor bo'la olmasligi, O'zbekiston Respublikasida tan olinganlaridan tashqari. Yani, bu yerda so'z faqatgina O'zbekiston qushilgan suv munosabatlarini tartibga soluvchi xalqaro huquqiy hujjatlar to'g'risida boradi. Ikkinchisi-agar Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro huquqiy hujjatlarni milliy hujjatlardan ustunligini tan olishsa va bu davlatlar Monistik davlatlar deb atalsa, bunday holda Dualistik davlatlar ham mavjud, masalan, AQSHda xalqaro va davlat huquqi, mutloq alohida soha hisoblanadi. Dastlab xalqaro suv huquqi ikkita davlat hududini ajratib turuvchi daryolarda chegaraviy demarkatsiya munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan edi. Keyinchalik xalqaro suv huquqi sohasiga daryolarda kemalar qatnovi ham kirib keldi, bundan tashqari suvni kemalar qatnovidan boshqa maqsadlarda ishlatish va oxirgi 10 yillikda suvning ifloslanishi muammolarini o'z ichiga ola boshladi. xalqaro suv resurslarini turli maqsadlarda ishlatish imkoniyati alohida yoki bir necha davlatlar tomonidan ishlatiladigan daryolar nomlanishi; «xalqaro daryolar», «xalqaro deb elon qilingan daryolar», «xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan suv yo'llari» va boshqalarni «xalqaro suv yig'ish basseyni» tushunchasi foydasiga rad etish imkoniyatini beradi. Bu konsepsiya 50-yillarning oxirida xalqaro huquq assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilingan bo'lib, 1966-yilda Xelsinki qonunlarida oydinlashtirildi. Keyinchalik bazi davlatlar tomonidan taqdim qilingan faktlar asosida xalqaro suv yig'ish basseyni yerlari har bir suveren davlat qismlaridan tashkil topadi, bu konsepsiya BMTning xalqaro huquq komissiyasi tomonidan «Umumiy oxirgi punktga qo'yiladigan fizik kuchiga bog'liq bo'lgan yagona butun oqimni tashkil qiluvchi yer yuzasi va yer osti qatlamlari suvlari» manosini anglatuvchi «xalqaro suv huquqi» tushunchasiga almashtirildi. Yuridik adabiyotda xalqaro suv huquqining ko'plab ta'riflari mavjud, bizningcha professor D.A.Kaponer bergan tushuncha maqulroq bo'lib ko'rinadi; «xalqaro suv huquqi- xalqaro ijtimoiy huquqning bir qismi bo'lib, xalqaro suv resurslari sohasida davlatlararo va millatlararo tashkilotlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadi». Yuridik adabiyotda va xalqaro huquq hujjatlarida xalqaro suv huquqi tushunchasidan tashqari xalqaro dengiz tushunchasi xam mavjud. Bu ikki tushuncha suv bilan bevosita bog'liqligiga qaramasdan huquqiy tartibga solish obyektida muayyan farqlar mavjud. Agarda xalqaro ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.83 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.83 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga