Yengil sanoat mahsulotlari tayyorlash korxonalari qoldiqlarini utilizasiyalash va ikkilamchi mahsulotlar olish

Yengil sanoat mahsulotlari tayyorlash korxonalari qoldiqlarini utilizasiyalash va ikkilamchi mahsulotlar olish

O'quvchilarga / Ekologiya
Yengil sanoat mahsulotlari tayyorlash korxonalari qoldiqlarini utilizasiyalash va ikkilamchi mahsulotlar olish - rasmi

Material tavsifi

Yengil sanoat mahsulotlari tayyorlash korxonalari qoldiqlarini utilizasiyalash va ikkilamchi mahsulotlar olish Reja: Kimyoviy tolalar Noorganik birikmalardan olingan tolalar Tabiiy tolalar yuqori molekulyar tabiiy organik moddalardan - o'simliklardan va hayvon yungidan olinadi. O'simliklarning urug'idan (paxta chigitidan), poyasidan (zig'ir tolasi, kanop, jut, penka), bargidan (yukka tola, abaka, sizal, formium), mevasidan (lastochnik tolasi, koyr), shuningdek, tut va eman ipak qurti pillalaridan olinadigan tolalardan to'qimachilik sanoatida nafis va dag'al gazlamalar tayyorlanadi. Masalan, lub tolali o'simliklardan biri zig'ir poyasidan olinadigan tola ingichka, mustahkam, kam cho'ziluvchan va gigroskopik xususiyatiga ega ekanligi uchun uning ipidan qop-qanor, kiyimkechak, texnika maqsadlari uchun gazlamalar, dag'al poya tolasi-penkadan arqonlar, dag'al gazlamalar tayyorlanadi. Jun tolasi kanop tolasiga o'xshashligi sababli undan ko'proq shakar, gurunch va qand koplari tikiladi. Jun va ipakli kiyim-kechak va gazlamalar tayyorlashda tabiiy organik tolalardan qimmatli xom-ashyolar sifatida foydalanilgan. Tabiiy organik tolalar suv va yorug'lik ta'siriga chidamli bo'lsalarda, ammo olovga chidamli emas. Shunnig uchun xam ular texnik talablariga to'la javob berolmaydi. Tabiatda o'tga chidamli 2 xil tola mavjud: Kanop tolasi (suvda cho'kmaydigan o'simlik tolasi); Asbest tolasi (yonmaydigan tog' zig'iri). Tabiiy organik tolalar yuqori molekulyar birikmalar, ya'ni polimerlardan tuzilgan bo'lib, ularning uzun yoki tarmoqlangan molekula zanjirlari o'zaro mustahkam birikkan uglerod atomlaridan, shuninigdek, kislorod, vodorod, azot, oltingugurt kabi elementlardan iboratdir. Agar polimer molekulasining asosiy zanjirida kremniy, fosfor, azot atomlari mavjud bo'lsa-yu, ammo unda uglerod uchramasa, bunday birikmalar anorganik polimerlar guruhiga kiradi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, tabiiy organik va anorganik polimerlar bir-birlaridan keskin farq qiladi. Tabiiy organik polimerlarni qayta ishlab tolalar olish mumkin, ammo ulardan olingan materiallar issiqlik ta'siriga chidamsizdir. Masalan, ularni 200°S dan yuqori haroratda qizdirilganda, atom zanjirlaridagi kimyoviy bog'lar parchalanib, ularning mustahkamligi keskin pasayib ketadi. Bundan tashqari, tabiiy organik polimerlar mikroorganizmlar ta'siriga ishqor, kislota va boshqa kimyoviy moddalar ta'siriga bardoshli emas. Noorganik tabiiy polimerlar esa yuqori haroratlar ta'siriga chidamli bo'lib, o'tda yonmaydi, mikroorganizmlar ta'siriga bardoshli. Ammo ulardan tola ishlab chiqarish jarayonlari ancha murakkab bo'lib, yuqori harorat (100°S dan yuqori harorat) ni talab qiladi. Bu esa o'z navbatida, yoqilg'ining ko'p sarf bo'lishiga va mahsulot tannarxining keskin oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, anorganik polimerlar nihoyatda mo'rt bo'lib, suv va namlik ta'sirida o'z mustahkamligini pasaytiradi. Asbest yunoncha asbestos so'zidan olingan bo'lib, so'nmaydigan, yemirilmaydigan degan ma'nolarni anglatadi. Asbest [3(Mg, Fe) O. CaO.4SiO2] silikatli mineral bo'lib, o'tga chidamli, kislota ta'siriga bardoshli, issiqlik va elektr tokini o'tkazmaydi va anorganik tabiiy polimerlar guruhiga mansubdir. Asbest ikki xil bo'ladi: serpentin (xrizotil) va amfibol asbest. Asbestli minerallar kimyoviy tarkibi bo'yicha suvli magniy va temir silikatidan, qisman kalsiy va natriy silikatidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 234.5 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 234.5 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga