Yer-suv resurslari, ulardan samarali foydalanish Reja: 1.Yer-suv resurslarining qishloq xo'jaligidagi ahamiyati va xususiyatlari, ularning maydoni tarkibi, foydalanuvchilar bo'yicha taqsimlanishi 2.Yerdan, suvdan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko'rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi 3.Yerdan, suvdan foydalanish samaradorligi, uni oshirish yo'llari 4.Yer monitoringi va davlat yer kadastri Tayanch iboralar: Yer fondi, qishloq xo'jalik yerlari, tuproqning sun'iy va iqtisodiy samaradorligi, yerdan foydalanishni iqtisodiy samaradorligi, yer monitoringi, kadastri, yerning qiymatini iqtisodiy baholash. 1 Yer-suv resurslarining qishloq xo'jaligidagi ahamiyati va xususiyatlari, ularning maydoni tarkibi, foydalanuvchilar bo'yicha taqsimlanishi Yerdan asosiy vosita sifatida foydalanishda uning quyidagi xususiyatlarini etiborga olish maqsadga muvofiqdir: a) yer maydonining cheklanganligi va takror ishlab chiqarilmasligi. Ona zamin tabiatan cheklangan, uning maydonini inson kengaytira olmaydi. Chunki u tabiat mahsuli hisoblanadi. Boshqa asosiy vositalarni, masalan, traktorlarni, mashinalarni talabni qondirish maqsadida xohlagancha ishlab chiqarish mumkin; b) yerning tabiat mahsuli ekanligi. Yer tabiat mahsulidir. Shuning uchun uning kelajakdagi taqdiri tabiatga bog'liq. Boshqa asosiy vositalar, yani binolar, inshootlar, kombaynlar, traktorlar inson mehnatining mahsulidir. Zaruriyat tug'ilganda ular inson tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin. Yerni esa inson ishlab chiqara olmaydi; v) yer - qishloq xo'jaligining abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Respublika hududida mavjud bo'lgan erlardan qishloq xo'jalik mahsulotlari etishtirishda bizdan oldingi avlodlar foydalangan, hozirgi davrda biz foydalanmoqdamiz, kelajakda esa avlodlarimiz foydalanadi; g) yerni qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko'chirib yurish imkoniyati cheklangan. Undan joylashgan makonida, yani statsionar holatda oqilona foydalanish mumkin. Lekin mashina va traktorlarni talab etilgan joyga olib borib, turli xildagi ishlarni amalga oshirish, bino-inshootlarni ham talab etilgan joyga qurish mumkin; d) yerning yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligining mavjudligi, unga ilmiy asoslangan holda ishlov berish natijasida uning oshib borishi. Darhaqiqat, tuproqqa vaqtida ishlov berilsa, o'g'itlansa, uning unumdorligi oshib borishi mumkin. Lekin boshqa asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi oqibatida jismoniy jihatdan ishdan chiqadi. Ular vaqt o'tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma'naviy jihatdan ham eskiradi. Qishloq xo'jaligida yerning yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligi katta ahamiyat kasb etadi. Hayotda tuproq unumdorligining quyidagi turlari mavjud: tabiiy, sun'iy iqtisodiy unumdorlik Tuproqning tabiiy unumdorligi-tabiat mahsulidir. U tabiatning ta'siri natijasida uzoq yillar mobaynida shakllanadi. Uning holati quyosh nuri hamda yog'ingarchilik miqdoriga, shamol va suvlarning ta'siriga bog'liqdir. Ularning ijobiy ta'sirida tuproq tabiiy unumdorligi yaxshi bo'ladi. sun'iy va iqtisodiy unumdorlik esa inson mehnati natijasida shakllantirilib, oshirilishi mumkin. Jumladan, mehnat, mablag' sarflab, erlarning irrigatsion, meliorativ holatini yaxshilab, urug' ekib, ularni o'g'itlash, yaxshi sifatli ishlov berish orqali tuproqning iqtisodiy unumdorligi yuksaltirilishi mumkin. Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan suvlarning sifati ham barcha viloyatlarda bir xilda bo'lmay, bir-birlaridan farq qiladi. Samarqand viloyatidagi sug'oriladigan erlarning meliorativ ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
674.15 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:49
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
674.15 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:49 ]
Arxiv ichida: pptx