Yer osti boyliklari muhofazasi

Yer osti boyliklari muhofazasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Yer osti boyliklari muhofazasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Yer osti boyliklari turlari. Yer osti boyliklaridan foylanish. Yer osti boyliklarini qazib olishda isrof bo'lish sabablari. Yer osti boyliklarini muhofaza qilish chora-tadbirlari. 1. Yer osti boyliklari turlari. Foydali qazilmalar (mineral resurslar) tiklanmaydigan resurslarga mansubdir. Unga rudali va rudasiz metallar, neft, gaz, ko'mir, slanes, torf va yer osti suvlari kirib, ular tabiatda qattiq, suyuq hamda gaz holida uchrashi mumkin. Yer qobig'ining ichki qatlamlari turli foydali minerallarga boy bo'lib, ular energetika, metallurgiya, kimyo, qurilish sanoatlarining rivojlanishiga xom ashyo beradigan manba hisoblanadi. Foydali qazilmalar kishilik jamiyatining taraqqiyyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega: u insoniyat va uning xo'jaligi uchun energiya va yoqilg'i manbai, sanoat qurilish materiallari va kimyo sanoati uchun xom ashyo bazasidir. Fan texnika taraqqiy etgan sari minerallardan xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida foydalanish darajasi va doirasi kengayib bormoqda. Natijada qazilma boyliklardan foydalanish dunyo bo'yicha har 15 yil ichida ikki marta ortmoqda; Xalq xo'jaligida qazilma boyliklardan fan yutuqlariga asoslanib yangidan-yangi moddalar (ilgari neft, gaz, ko'mirda foydalanilgan bo'lsa, hozir ulardan kimyoviy yo'l bilan hatto oqsil moddalari ham ishlab chiqarilmoqda) olishda foydalanilmoqda; yer osti boyliklarini qidirib topish (kosmosdan turib va boshqa metodlar yordamida) ishlarining tezlashishi natijasida ular tezkorlik bilan foydalanilmoqda. Natijada Yer kurrasida insoniyatning qazilma boyliklarga bo'lgan talabi va undan foydalanishning oshishi sayyoramiz aholisining oshishidan ortib ketmoqda. Agar so'nggi 25 yil ichida dunyoda ko'mirga bo'lgan talab 2 marta, temir rudasiga bo'lgan talab 3 marta, neft va gazga bo'lgan talab 6 marta, boksit 9 marta, marganes rudasi, qalay, fosfat tuzlari qazib olish 2-3 marta oshgan bo'lsa, aholining o'sishi 40% ni tashkil etgan. 2. Yer osti boyliklaridan foylanish. Ilmiy texnika taraqqiyoti davrida mineral resurslardan xalq xo'jaligining hamma sohasi uchun zarur bo'lgan universal xom ashyoga aylanib qoldi. Shu sababli agar inson XVII asrgacha faqat 18 xil elementlardan foydalangan bo'lsa, XIX asrda 62 tasidan, hozir 200 ta element va ularning birikmalaridan, shuningdek, tabiiy sharoitda uchramaydigan, faqt laboratoriyada olish mumkin bo'lgan elementlarning izotoplaridan ham foydalanishga erishdi. Hozirgi davrda mineral resurslar har qanday davlatning ham iqtisodiy taraqqitini belgilab beruvchi asosiy omillarga aylanib qoldi. Shu sababli, hozir dunyo bo'yicha (S.A. Brilov, L.G. Grabchak , 1985 ma'lumotlariga ko'ra)har yili 150,0 mlrd. t mineral xom ashyo qazib olinmoqda. Sanoatning rivojalanishi uchun zarur bo'lgan temir rudalarning yer kurrasida zahirasi ko'p bo'lib, Yerdan 260 mlrd. t qazib olish mumkin. Bundan 15 avval Sobiq ittifoqda 250 mln. t, Xitoyda 151, Avstraliyada 91, Braziliyada 70, AQSHda 49, Kanadada 40, Shvesiyada 21, JARda 25, Fransiyada 67 mln. t qazib olingan. Qadim zamonlarda kishilar yer yuzasiga va yer osti boyliklariga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.8 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.8 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga