Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati Reja: 1. Yer osti boyliklari va ularni muhofaza qilish huquqiy holati tushunchasi. 2. Qazilma boyliklari huquqiy muhofazasi munosabat obyekti subyekti va mazmuni. 3. Yer osti boyliklaridan foydalanishda davlat boshqaruvi 4. Yer osti boyliklarini muhofaza qilish, huquqbuzarlik bartaraf etish choralari. Yer osti boyliklari va ularni muhofaza qilish huquqiy holati tushunchasi. Yer osti boyliklari nisbiy tushuncha bo'lib, me'yoriy hujjatlarda u nafaqat yer ostidagi, balki yer ustidagi mineral boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilishdagi munosabatlarni ham inobatga oladi. Mineral - yer yuzida va qarida fizik va kimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari jihatdan deyarli bir xil bo'lgan jismdir. Shunday qilib mineralning tuproq yoki tuproq hosil qiluvchi ona jins (less - sog' tuproq) dan farqi uning kimyoviy tarkibi (kimyoviy elementlar soni va uning o'zaro birikmasi) va fizik xususiyatlari (suv va temperatura rejimi, katta-kichikligi, sinishi, qattiqligi) bilan farq qiladi. Masalan, toshko'mir 97% gacha va qolgani esa uchuvchi moddalardan tarkib topgan. Issiqlik berishi 7200-8750 kkalkg. Ohaktosh - karbonli birikma, fizik xususiyatlaridan suvda eruvchanligi va uning natijasida katta miqdorda energiya ajratib berishidir. Ayrim mutaxassislar yer osti boyliklarini yer osti qazilmalari deb ham yuritadilar. Lekin bu fikrga to'liq qo'shilib bo'lmaydi. Chunki planetamizda uchraydigan 3 ming turdan ortimq minerallarning atigi 200-300 xil turi inson faoliyatida qazilma boylik sifatida ishlatiladi. Undan tashqari, minerallar nafaqat iqtisodiy, balki ekologik va madaniy-sog'lomlashtirish vazifa (funksiya)larni ham bajaradi. Yer osti boyliklarining ekologik funksiyasi - yer ustining tabiiy fundamenti, tuproq va ularni hosil qiluvchi ona jinslarning tarkib topishidagi mineral asosi ekanligi. Mineralning ximiq fizik va biologik emirilishi natijasida ona jins (lesslar) hosil bo'ladi va ularda tirik organizmlarning aktiv faoliyati esa tuproq hosil bo'lishiga olib keladi. Bunday tabiiy jarayon yer osti minerallarini ekologik tizimlarda ishtrok etishini ta'minlab beradi. Yer osti boyliklarini iqtisodiy funksiyasi - insonlarning kundalik hayotidagi (ekergetika, qurilish, sanoat va h.k jabhalarida) moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun mineral roesurslaridan foydalanishidir. Yer osti boyliklarining madaniy-sog'lomlashtirish funksiyasi - yer qari va minerallarning inson organizmi uchun foydali tomonlarini inobatga olib, dam olishi va salomatligini tiklashda fodalanishidir. Yer osti boyliklarining o'ziga hos tomonlaridan biri ularni tugallanadigan va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar toifasiga kirishidir. Agarda o'simlik va hayvonot dunyosining qayta tiklanish davri bir necha daqiqadan bir necha o'n yillarni, tuproq (yer) yuzlab yillarni, suv obyekti esa 10 yildan 500 yillarni o'z ichiga olsa minerallarning tiklanish davri yuz minglab yoki millionlab yillarni talib etadi. Insoniyat tarixida bu jarayon uzoq muddatli davr bo'lgani uchun ham ularni tiklash imkoniyati yo'q yoki tiklanmaydigan tabiiy ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
16.28 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:49
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
16.28 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:49 ]
Arxiv ichida: pptx