Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish

Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish

O'quvchilarga / Ekologiya
Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: 1. Yer resurslari va ularning ekologik - iqtisodiy xususiyatlari. 2. Yer resurslarini iqtisodiy baholashning asosiy ko'rsatkichlari. 3. Yerni iqtisodiy baholashning umumiy tamoyillari va uslubi. 9.4.Yer kadastri va tuproq bonitirovkasi. 5. Yerning ifloslanishi, eroziyasi va uning oldini olish tadbirlari. 6. Yerdan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlari. 1. Yer resurslari va ularning ekologik - iqtisodiy xususiyatlari. Yer resurslari uning yuqori qatlamidan iborat bo'lib, mahsuldor qismi hisoblanadi, uning o'rtacha qalinligi 0,5 metrdan 2 metrgacha etadi. Mahsuldor qismning paydo bo'lishida biologik organizmlar qoldiqlarining va chiqindilarining to'planishi natijasida gumus miqdorining ortishi hisobiga hosil bo'ladi. Bu modda oziqa moddalar manbai hamda tuproqning tabiiy xossalarini yaxshilovchi asosiy omil hisoblanadi. Tabiiy sharoitlarda gumus miqdori o'zgarmas hamda ko'payib borishi qonuniy hisoblanadi. Uning kamayishi esa yerdan nooqilona foydalanish natijasida yuzaga keladi. Yer qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi bo'lib, uning rivojlanish suratlari, samaradorligi, tuproq unumdorligi, unimli foydalanish va muhofaza qilishga bog'liqdir. Bu esa qishloq xo'jalik eralrining holatini hisobga olish va baholashda katta ahamiyatga ega. Tuproq mahsuldorligi o'rtacha yillik hosildorlik bilan belgilanadi. Tuproq resurslaridan foydalanishning yo'nalishi va darajasi yer resurslarining tizimi orqali aniqlanadi. Yerning holati, fizik tarkibi, kimyoviy tarkibi, namlilik darajasi, harorati bilan xarakterlanadi. Inson, o'simlik, hayvonot dunyosi, mikroorganizmlar faoliyatlari yerning holatini yaxshilashi yoki yomonlashtirishi mumkin. Yerda ta'sir ko'rsatadigan asosiy jarayonlar quyidagilar: qishloq xo'jaligi oborotidan butunlay chiqarish, vaqtincha chiqarish, mexanik ta'sir etish, kimyoviy hamda fizik ta'sir etish, organik elementlarni ko'payishi yoki kamayishi, qo'shimcha hududlar qo'shish, biomassadan foydalanish, o'z-o'zini tiklash va boshqalardir. Yerni qaytmaydigan qilib oborotdan chiqarishda sanoat korxonalari qurilishi, uy-joylar, yo'llar, quvurlar, elektr liniyalari, suv omborlari, foydali qazilmalarni ochiq usulda qazish, chiqindilar bilan to'ldirish orqali sodir bo'ladi. 2. Yer resurslarini iqtisodiy baholashning asosiy ko'rsatkichlari. Yer resurslarini iqtisodiy baholash, ulardan ko'p maqsadda foydalanish, etishtiriladigan ekinlarning xilma-xilligi, olinadigan foydaning har xilligi, tabiiy iqtisodiy sharoitlarning har xilligi tufayli juda murakkabdir. Yer qishloq xo'jalik ishlab chiqarishning asosi bo'lib, uni iqtisodiy baholash bozor iqtisodi sharoitida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish va qishloq xo'jaligi samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Yer resurslari qishloq xo'jaligida mahsulot ishlab chiqarishning hajmi va samaradorligi bo'yicha baholanadi, bu esa ob-havo sharoiti, ekinlar turi, infratuzilma holati, iste'molchining uzoq- yaqinligi, qayta ishlashning imkoniyatlari kabi bir qancha omillarga bog'liqdir. Yer resurslarini iqtisodiy baholash bir necha yilgi ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi. differensial renta bir yoki ikki yil muddatni hisobga olib aniqlanadi. Yerni iqtisodiy baholashning umumiy tamoyillari va uslubi. Yerni iqtisodiy baholash deganda qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatidagi nisbiy bahosi tushuniladi yoki boshqacha aytganda, turli sifatiy ko'rsatkichlarga ega bo'lgan erlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.24 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.24 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga