Yer resurslaridan samarali foydalanishning iqtisodiy muammolari

Yer resurslaridan samarali foydalanishning iqtisodiy muammolari

O'quvchilarga / Ekologiya
Yer resurslaridan samarali foydalanishning iqtisodiy muammolari - rasmi

Material tavsifi

Yer resurslaridan samarali foydalanishning iqtisodiy muammolari Reja: O'zbekistonning yer resurslari. Ularning ahamiyati va xususiyatlari Yer resurslariningtavsifi vaqishloq xo'jaligi yerlarining iqtisodiy baholashning xususiyatlari Qishloq xo'jaligi vao'rmon xo'jaligiga kеltirilayotgan zararni aniqlash O'zbekistonning yer resurslari. Ularning ahamiyati va xususiyatlari Agrar sohadagi iqtisodiy islohotlarni boshqarishda e'tiborni ko'proq yerlarning tabiiy-iqtisodiy unumdorligini oshirishga qaratish muhimdir. Shuning uchun, yer unumdorligini oshirish bo'yicha davlat dasturlari asosida ularni muhofaza qilish va unumdor yerlarni qishloq xo'jaligi oborotida saqlab turish imkoniyatini yaratish lozim. Bunda yerdan samarali foydalanishni rag'batlantirish tadbirlari muhimo'rin tutadi. Hozirgi kunda respublikamizda agrar islohotlarni chuqurlashtirish, sohaning moddiy-texnik bazasi hamda moliyaviy ahvolini mustahkamlash shuningdek, fermer xo'jaliklarini rag'batlantirishga alohidae'tibor berilmoqda. Yerdan oqilona foydalanishni va ularni muhofazaqilishni iqtisodiy rag'batlantirishdan ko'zlangan maqsad yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarni tuproq unumdorligining saqlashini va qayta tiklanishini nazarda tutadi deb hisoblaydi.O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi, Moliya hamda Iqtisodiyot vazirligining 2013 yil 26 sentyabrdagi Paxta xom-ashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xo'jaliklarini rag'batlantirish to'g'risidagi Nizom ni tasdiqlash haqidagi qo'shma qarori samarali ishlayotgan paxtachilik fermer xo'jaliklarini iqtisodiy rag'batlantirishdagi navbatdagi muhim imtiyozlardan biri hisoblanadi. Fermer xo'jaliklariga yerdan foydalanishda quyidagi imtiyozlar berilsa ular yuqori natijalarga erishishi mumkin. Bu imtiyozlarga quyidagilar kiradi: Fermer xo'jaligining paxta ekiladigan jami yer maydonining kamida 5 foizga qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan holda boshqa ekinlarni ekish imtiyozi beriladi. Masalan Muzrabot tumanida 2014 yilda eng ilg'or fermer xo'jaliklaridan Bexruz Ziyo 82 gektar ekin maydoni bo'lib, umumiy faoliyatini rag'batlantirish haqida 2015 yilda 4,1 gektar maydonga xo'jalik ehtiyoji uchun ekin turlarini yetishtirishga tuman hokimiyati tomonidan qaror chiqarilgan. Tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonlari bo'yicha o'tkaziladigan tanlovlarda 10 ballgacha qo'shimcha ball olish mumkin. Bunga misol Asliddin Alimov fermer xo'jaligi paxta va g'allachilikka ixtisoslashgan 74 gektar ekin maydoni bo'lib, yangi yer qo'shib olish bo'yicha o'tkazilgan tanlovda qo'shimcha 10 ball olish imkoniyatiga ega bo'ldi.Paxtadan boshqa ekinlarni ekish uchun ajratiladigan yer maydonlarida agrotexnik tadbirlar uchun ta'minotchi bo'lgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzish orqali dizel yonilg'isini va mineral o'g'itlarni Moliya vazirligi tomonidan deklaratsiya qilingan narxlarda (ta'minotchining ustamasi bilan) oldindan 100 foiz to'lovni amalga oshirgan holda tegishli bo'lgan shaxobchalar orqali xaridqilish mumkin. To'lovlarni oldindan 100 foiz amalga oshirgani uchun G'arb Darvozasi fermer xo'jaligida 157 gektar ekin maydoni uchun kerakli bo'lgan yonilFini va paxta, g'alla uchun beriladigan mineral o'g'itlardan xaridqilish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu esa fermer xo'jaligining yanada ravnaq topishiga imkon beradi deb hisoblaymiz. Yer resurslaridan samarali foydalanishda avvalo qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallangan texnikalar xaridqilish uchun tijorat banklari tomonidan belgilangan imtiyozli kreditlar hisobiga navbatsiz xaridqilish mumkin bo'ladi. Bu imtiyozga esa tumandagi Ashur Jalil fermer xo'jaligi ega bo'ldi. Chunki, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.98 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.98 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga