Yer resurslarini muhofaza qilishni rejalashtirish va undan oqilona foydalanish

Yer resurslarini muhofaza qilishni rejalashtirish va undan oqilona foydalanish

O'quvchilarga / Ekologiya
Yer resurslarini muhofaza qilishni rejalashtirish va undan oqilona foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Yer resurslarini muhofaza qilishni rejalashtirish va undan oqilona foydalanish Reja: 1. Yer resurslari va undai foydalanishning tasnifi 2. Tuproq qoplamining tabiiy holati va tuproq eroziyasiniig oldini olish 1. Yer resurslari va undai foydalanishning tasnifi Yer inson - tabiat majmuasada tabiatni boshqa unsurlari qatorida xalq xo'jaligi ishlab chiqarishining asosiy vositasi hisoblanadi. Yer sanoatda faqat fundament, korxonalar turadigan joy vazifasini bajaradi. Qishloq xo'jaligida esa mehnat jarayoni va mahsulotlar yaratish bevosita yerning xususiyatlariga, uning sifat holatiga va foydalanish xarakteriga bog'liqdir. Yerdan foydalanishning tizimi va shakllari tarixiy taraqqiyot jarayonida o'zgaradi. Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va shu bilan bog'liq ravishda odamlarning o'troqlashuvi yerni dastlab qabilalar, so'ngra esa oilalar o'rtasida taqsimlanishiga olib keldi. Bu hol yerdan foydalanishning qatiyroq shaklini yuzaga keltirdi. Quldorlik davrida yerdan asosan, quldorlarning o'zlari foydalangan. Feodalizmda yerdan foydalanishning ko'pgina shakllari paydo bo'lgan: feodal yer egaligi, krepostnoy dehqonlarning yerdan foydalanishi, ozod dehqonlarning feodalga abrok(juziya) to'laydigan yer egaligi, keyinchalik yerdan foydalanish tizimi yerning xususiy mulk bo'lishiga yoki yer ijarasi shartnomasiga asoslanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida alohida shaxslarga shaxsiy turar joy qurish, jamoa bo'lib bog'dorchilik, sabzavotchilik bilan shug'ullanish uchun yerdan foydalanishga ruxsat etiladi. Ular doimiy va vaqtinchalik bo'lishi mumkin. Yerdan foydalanuvchilarga yerdan unumli foydalanish majburiyati yuklatiladi. Yerdan mehnat qilmay daromad olish, yerni sotib olish yoki sotish, hadya qilish, ijaraga qo'yish, o'z holicha boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. Yer davlat va jamoat ehtiyojlari uchun zarur bo'lib qolganda davlat tomonidan qaytarib olinishi mumkin. O'zbekistonning umumiy yer fondi 44,8 mln. ga, shundan 27,9 mln. ga qishloq xo'jaligiga qarashli yerlar. Qishloq xo'jaligida foydalanishda bo'lgan erlarning 10 foizdan ortiq qismi haydaladigan erlardan iborat. Respublikaning yer fondi foydalanish xususiyatlariga ko'ra xilma-xil. Mamlakat umumiy yer fondining 5-6 mln. gektari dehkonchilikda foydalaniladi. Ular sug'oriladigan va lalmi erlardir. Qolgan hududlar asosan yaylov va qisman tog' o'rmonlaridan iborat. Sug'oriladigan yerlar 3,8 mln. gektardan iborat, shundan 1,4 mln. gektari dengiz sathidan 400-500 metrgacha bo'lgan balandlikdagi cho'l zonasida, qolgan qismi sur qo'ng'ir tuproq mintaqada, sug'oriladigan yerlar Farg'ona vodiysi, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Surxon, Sherobod vodiylarida, Amudaryoning quyi qismlarida katta maydonlarni egallaydi. Lalmikor yerlar maydoni 600 ming gektardan ziyod. Ekin ekish uchun etarli darajada namlik to'planadigan erlardan foydalaniladi. Lalmikor yerlar Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Jizzax viloyatlarida joylashgan. Cho'l yaylovlari O'zbekistonda eng katta maydon - 22,8 mln. gektarni tashkil etadi, shundan 10 mln. gektari sur-qo'ng'ir tuproqli, qariyb 13 mln. gektari qumli yerlar va qumli tuproqlar, qolgan qismi o'tloq-taqir tuproqlar va taqir hamda sho'rxoklardan iborat. Cho'l-yaylov joylardagi sug'orishga yaroqli yalpi maydon qariyb 12 mln. gektarni yoki 95 foizdan ortiq qismini beradi. Hozirgi vaqgda yer ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.44 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.44 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga