Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati Reja: Yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari Yagona davlat yer fondi va uning tarkibi Yerlardan foydalanish huquqining vujudga kelishi va bekor bo'lish asoslari, tartibi Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquq va majburiyatlari. Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari Yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari Yer mamlakatimiz milliy boyligining eng muhim qismi, ishlab chiqarishni yuritishning asosiy negizi hisoblanadi. Yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish masalasi juda muhim va dolzarb muammolardan biri. Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish har xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Shunday usullardan eng muhimlaridan biri - yer boyliklarini huquqiy muhofaza qilishdir, yaoni yerni qonunlar yordamida buzilishb tashlanishdan, ifloslanishdan, zaharlanishdan, ishdan chiqishdan himoya etishdir. Mamlakatimizda erlarni muhofaza qilishning o'ta muhimligini yana shu bilan sharhlash mumkinki, yildan yilga aholining tez o'sib borishi natijasida jon boshiga hisoblaganda sug'oriladigan yer maydonlari kamayib bormoqda. Bu ko'rsatkich 50-yillarda aholi jon boshiga 0,5 gektar, 70-yillarda 0,4 gektar, 80-yillarda 0,2 gektardan to'g'ri kelgan bo'lsa, hozirgi vaqtda esa undan ham pasayib ketgan. Shuningdek qurilishlar egallaydigan yer maydonlari har 15 yilda 2 barobar ortmoqda. Yerlarning jamiyat hayotidagi bajaradigan funksiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi jamiki narsalarning yaratuvchisi, ularni yashash tarzida belgilab beradigan resurs hisoblanadi. Qishloq xo'jaligidagi faoliyatlarini yaoni xo'jalik yuritishni barcha shakllarini amalga oshiradi. Yer bo'lmas ekan xech qanday mavjudot bo'lmaydi. U hayot manbaidir. Shuning uchun jamiyat hayotida tutgan o'rni yuqori bo'lib bir qancha funksiyalarni amalga oshiradi: Yer - Insonlarning xo'jalik faoliyati bilan shugullanishni ta'minlaydi Yer - o'zining barcha jonli va jonsiz organizmlarni oziklantiradi Insoniyat va boshqa organizmlarni yashash hududidini tashkil etadi. Boshqa turli funksiyalarni masalan: iqtisodiyot, ijtimoiy, ekologik qoidalarini amalga oshiradi. Yer umumiy boylikdir, undan odilona foydalanish zarur, unumdor va hosildor erlarni ko'paytirish zarur, bu bilan jamiyatni rivojlantirishga zamin yaratiladi. Yerlarni muhofaza qilish, Yer kodeksi va tabiiy resurslardan foydalanish to'g'risidagi, jinoyat, fuqaroliq maomuriy, mehnat qonunlari bilan tartibga solinadi. Yagona davlat yer fondi va uning tarkibi O'zbekiston Respublikasinig barcha yerlari yagona davlat yer fondini tashkil qiladi. Uning tarkibiga turli yerlar kiradi va bu erlarning barchasi maolum bir maqsadlarda foydalanish uchun ishlatiladi. Ularning har birini o'ziga xos muhim xususiyatlari bor. Amaldagi Yer kodeksiga muvofiq Respublikamizda sakkizta yer toifasi ajratilgan. Ular quyidagilar: qishloq xo'jaligi yerlari. U yer fondining muhim tarmog'i bo'lib aholining yashashi, davlatni ravnak topishida o'zining anchagina hissasini qo'shadi. Boshqa sohalarni turli mahsulotlar bilan ta'minlab turadi. aholi punktlari yerlari ular tarkibiga shahar, paselka, ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.89 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.89 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:49 ]
Arxiv ichida: doc