Reja: 1. Yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari. 2. Yagona davlat yer fondi va uning tarkibi. 3. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquq va majburiyatlari 4. Yerdan foydalanish huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari va tartibi. 5. Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish har xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Shunday usullardan eng muhimlaridan biri - yer boyliklarini huquqiy muhofaza qilishdir, ya'ni yerni qonunlar yordamida buzilib tashlanishdan, ifloslanishdan, zaharlanishdan, ishdan chiqishdan himoya etishdir. Demak, yer resurslarini muhofaza qilishda huquqning roli beqiyos hamda alohida ahamiyatga ega. Yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish zaruriyatini yana shu bilan tushuntirish mumkinki, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda tabiiy-ilmiy, ishlab chiqarish-tashkiliy, texnikaviy tavsiyanomalarning roli qanchalik katta bo'lmasin, ularning bajarilishi barcha davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun huquqiy normalarda mustahkamlangandan keyingina majburiy xarakterga ega bo'ladi. Aks holda bu tavsiyanomalar bajarilmasdan qolib ketishi mumkin. Shunday qilib, yerdan oqilona, samarali foydalanish va uni muhofaza qilishni ta'min etishda qonunning ahamiyati katta bo'lib, u yerdan unumli foydalanish va muhofaza qilish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlarni tartibga soladi hamda undan oqilona foydalanish va har xil g'ayriqonuniy xatti-harakatlardan muhofaza qilish choralarini belgilaydi. Demak, yerdan oqilona, samarali, maqsadga muvofiq foydalanish va muhofaza qilishni qonunlarning yordamisiz tasavvur etib bo'lmaydi.Qonunlar yer boyliklariga ehtiyotkorona va oqilona munosabatdabo'lish, asrab-avaylash, qadrlash, doimo tuproq unumdorligini oshirib borish talabani belgilaydi, yerdan foydalanish qoidalari buzilganda huquqiy normalar uni himoya qiladi. Yerni muhofaza qilishga qaratilgan huquqiy qoidalar asosan quyidagilarni tartibga soladi: sug'oriladigan yerlarni qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan maqsadlarga berishdan himoya qilish; tuproqni unumdor qatlamini saqlash; tuproqni eroziyadan saqlash; yerni agroximikatlar ta'siridan himoya qilish; yerni ishdan chiqarib qo'yishdan, botqoqlanishdan muhofaza qilish; yerni xo'jasizlarcha foydalanishdan muhofaza qilish va h.k. Eng avvalo, qonun sug'oriladigan yerlarni qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar toifasiga berilishidan muhofaza etadi. Aslida bu qimmatbaho yerlar boshqa maqsadlar uchun faqat qishloq xo'jaligi, suv xo'jaligi idoralari, shuningdek tabiatni muhofaza qilish idoralari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi, o'ta zarur hollardagina berilishi mumkin. Qonunning yerni muhofaza qilishga qaratilgan normalari tuproqning unumdorligini saqlashni tartibga solishga bag'ishlangan. Yerdan xo'jasizlarcha foydalanish, almashlab ekishga rioya qilmaslik, yerdan ilmiy asosda foydalanmaslik, tuproqning agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik, zaharli ximikatlarni ko'p miqdorda ishlatish tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladi. Mutaxassislarning ma'lumotiga ko'ra, tuproqning qimmatbaho sifatini osonlikcha yakson qilib tashlash mumkin. Uni tiklash jarayoni esa juda og'ir va uzoq muddatni talab etadi. Masalan, 10 santimetr qalinlikdagi tuproqning unumdorlik qatlamini tiklash uchun 100 yilcha vaqt kerak. Shundan ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.08 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.08 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:49 ]
Arxiv ichida: doc