Reja: 1.Yerni iqtisodiy baholashning umumiy tamoyillari. 2.Yerni iqtisodiy baholashning uslublari. 3.Yer kadastri va tuproq boniteti haqida tushuncha. Yerni iqtisodiy baholashning umumiy tamoyillari Yerni iqtisodiy baholash deganda qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatidagi nisbiy bahosi tushuniladi yoki boshqacha aytganda, turli sifat ko'rsatkichlariga ega bo'lgan erlarning nisbiy daromad miqdori anglanadi. Yerni iqtisodiy baholashning bosh mohiyati sifatining qishloq, xo'jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarishda mehnat unumdorligiga ta'sirini aniqlashdan iborat. Odatda, yerning tabiiy, sun'iy va samarali hosildorlik xusususiyatlari ajratiladi. Yerning tabiiy hosildorligi tuproqning hosil bo'lish jarayonlari bilan bog'liq. sun'iy hosildorlik inson tomonidan unta turli ishlov berish (xaydash, o'g'it solish, meliorakiya, agrotezshik va boshqa tadbirlar) jarayonida vujudga keladi. Samarali yoki iqtisodiy hosildorlik tabiiy va sun'iy hosildorliklarning o'zaro qo'shilishidan hosil bo'ladi. aslida, bu ikki guruhdagi hosildorlik yaqindan bog'liq, bo'lib, bir-birlarini o'zaro takozo etadi. sun'iy hosildorlikning buzilishi tuproq degradatsiyasiga olib keladi. Yerning hosildorligi kotib kolgan hodisa emas, u o'zgarib turadi: tabiiy va inson omillari ta'sirida yuqori bo'lishi yoki aksincha pasayishi mumkin. Shuning uchun ham yerning iqtisodiy bahosini butun bir umrga etarli qilib aniqlanmaydi, uni malum vaqtlarda qaytadan aniqlab turish lozim. Yerni iqtisodiy xoxlashda uning faqat hosildorligigagina emas, shuningdek, joylashgan o'rni, chunonchi, shaharlarga yaqinligi, sanoat markazlaridan Uzoqligi, transport katnovi yulga qo'yilganligi ham hisobga olinadi. Yerni iqtisodiy baholash jarayoniga relefning uydim-chuqurligi, gorizontal parchalanganligi, kiyaligi, tuproqning kalinligi, toshlokligi, mexanik tarkibi, tuproq, turi va kichik turi, grunt suvlari sathning joylashuvi, tuproq tarkibida birlamchi tuz va gipsning mavjuddigi, shamol va boshqa hodisalar faol ta'sir etadi. Bu omillarni tahlil qilish bilan tuproq ball tizimida baholanadi, sunggida yer kadastri ishlab chiqiladi (keyingi bo'limga qarang). Yerni iqtisodiy baholash maqsadida uni materiallar bilan ta'minlash uchun, shuningdek, qishloq xo'jaligini rejalashtirish va tashkil qilish niyatida hamda yer balansini, yerni baholashning hududiy birliklarini hisobga olish uchun barcha erlarni toifalarga bo'lish maqsadga muvofiq xo'jalik ichidagi va umumiy yer (baholash birliklari). Bu birliklar xo'jalikning ichida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirish va tashkil qilish talablariga mos kelishi lozim. Bu toifadagi yerlar o'z navbatida yana ikki guruhga ajratilishi mumkin birinchi guruhdagi erlarga xo'jalikning yerdan foydalanish tuzilmasiga muvofiq xo'jalik uchun umuman ajratilgan yerlar, brigadalar, fermerlar va boshqalarga foydalanish uchun berilgan yerlar kiradi ikkinchi guruhda xo'jalik jihatidan foydalaniladigan (ekinzorlar) yer massivlari, chunonchi, paxta, sholi, bugdoy, em-xashak, poliz, bor, urmon va boshqalar eqiladitan yerlar, ut-almashlab ekish uchastkalari, ayrim dalalar, partov, ishdan chikkan maydonlar, yaylov, pichanzor va boshqalar kiradi. Jamoa xo'jaligi hududida barcha ekinzorlarni shu tartibda o'zaro bog'liq holda solishtirish yo'li bilan yerning nisbiy bahosini aniqlash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, ekinzorlar joylashishida avvalo ularni malum relef elementlariga (kavarik, ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:20:37
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.64 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.64 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:49 ]
Arxiv ichida: doc