Yoshlarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirishda uzluksiz ekologik ta'limning roli

Yoshlarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirishda uzluksiz ekologik ta'limning roli

O'quvchilarga / Ekologiya
Yoshlarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirishda uzluksiz ekologik ta'limning roli - rasmi

Material tavsifi

Yoshlarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirishda uzluksiz ekologik ta'limning roli Mavzuning dolzarbligi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan bir qator qarorlarda tabiat muhofazasiga oid ishlarni takomillashtirish hamda bu soha bo'yicha mutaxasislarni tayyorlash ko'zda tutiladi. Bunday murakkab masalani hal etishda atrof muhit muhofazasiga oid ekologik ta'lim va tarbiya oilada, bog'chada, maktabda, kollej, litsey, oliygohlarda, turli korxonalar va tashkilotlarda uzluksiz olib borilishi kerak. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yangi bosqichga ko'tarishda ona tabiatimizni saqlash, tirik jonzotlar shu jumladan insoniyat uchun toza havo, so'z va tuproq, o'simlik va hayvonlarning yashash muhitini saqlash mavzuyimning dolzarbligini belgilaydi. Ekologik ta'lim va tarbiya, xususan ekologik bilim va madaniyatni shakllantirishga oid me'yoriy hujjatlarni amalga oshirish maqsadida uning ilmiy asoslarini chuqur o'rganish, an'anaviy va noa'anaviy ta'lim yo'nalishlarida yangidan ishlab chiqilayotgan DTS va o'quv dasturlari asosida tajriba-sinov ishlarini olib borish, olingan natijalarni keng muhokama qilish, takomillashtirilgan ta'lim hujjatlariga binoan yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratish kerak bo'ladi. Bu o'rinda yoshlarni ekologik bilim va madaniyatini shakllantirish alohida o'rin tutadi, zero ular O'zbekistonda aholining deyarli 60 foizini tashkil etadi va shuning uchun ham milliy xavfsizlikni ta'minlashning ajralmas bir qismi bo'lib hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi - yoshlarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish uchun uzluksiz ekologik ta'limning rolini ochib berish. Qo'yilgan maqsad quyidagi vazifalarni bajarish orqali amalga oshriildi: Ekologik bilim va madaniyatning nazariy asoslarini tahlil qilish; Ekologik bilim va madaniyatni shakillantirishning johon tajribasi; yoshlarda ekologik bilim va madaniyat darajalari, yo'llari va vositalarini aniqlash; milliy uzluksiz ekologik ta'lim va tarbiya orqali yoshlarning ekologik bilim va madaniyatini shakllantirish muammolarini aniqlash va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish. TADQIQOT MAQSADI, VAZIFALARI, obyektI VA PREDMETI Tadqiqot obyekti - milliy uzluksiz ta'lim bosqichlari. Tadqiqot predmeti - milliy uzluksiz ta'lim bosqichlarining yoshlar ekologik bilim va madaniyatini shakllantirishdagi ro'li Ishning ilmiy yangiligi-o'tkazilgan tadqiqotlar ekologik bilim va madaniyat masalasi mustaqil fan va ta'lim yo'nalishi ekanligi, u makon va zamonda o'ziga xos ko'rinishga ega ekanligi ochib berildi. O'zbekiston yoshlari misolida uning asosiy fazilatlari, aniqlash darajalari va yo'llari ochib berildi. Milliy ta'limning yoshlarni ekologik bilimli va madaniyatli qilishdagi roli aniqlandi. EKOLOGIK BILIM VA MADANIYAT TUSHUNCHASI, MAQSADI, VAZIFALARI, PRINSIPLARI Ekologik ta'lim-tarbiya - bu tabiat va jamiyat o'rtasidagi doimiy birlik ularni bir-biriga bog'lovchi tabiiy hamda ijtimoiy qonunlarni o'rganish va hayotga tatbiq etish yo'li bilan ekologik barqarorlikni saqlash. Ekologik bilim - kishilarning atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, buzilgan tabiat komplekslarini qayta tiklash haqida hosil qilgan ma'lumotlari, ya'ni ushbu voqyelikning inson tafakkurida aks etganlik darajasi, deydi. Ekologik madaniyat - tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.49 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:50 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.49 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga