Reja: Yirik ekologik mintaqalar Qulay ekologik sharoit Ekologik noqulay sharoit Juda noqulay ekologik sharoit. Yerdan foydalanishdagi ekologik xatoliklar Tabiat ne'matlarini asrab avaylaylik. Hozirgi zamon fan va texnikasining rivojlanishi eng yuqori darajasiga ko'tarilganligi bilan amalda sanoat korxonalarining biosferaga zaharli ta'sirini butunlay yo'q qilish mumkin bo'lmay qoldi. Qisqa vaqt ichida ishlab chiqarish korxonalaridan tarqalayotgan zaharli chiqindilar miqdorini kamaytirish, faqatgina katta quvattdagi texnik tozalash uskunalari yordamida bajarilishi mumkin. Texnologiyani o'zgartirish, texnik tozalash, shaharsozlik va huquqiy tadbirlar hozircha atrof-muhit muhofazasi muammolarini oxirigacha hal etolmaydi. Aholi zich yashaydigan Samarqand va Farg'ona viloyatlariga yirik kimyo zavodlarining joylashishini noo'rin deb hisoblash mumkin. Hozirgi davrda kelib, Respublikada kun sayin aholining o'sib borishini e'tiborga olgan holda, yangi turar joy hududlarini barpo etish talab qilinadi. Respublikamizning ko'pchilik shahar va boshqa turar joy markazlari qadimdan shakillanganligi, savdo va boshqa turdagi ijtimoiy ma'muriy xizmat korxonalariga moslashganligi uchun atroflariga esa sanoat markazlarining tashkil etilishi, ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Ayrim joylarida zavod rahbarlarining tashabbusi bilan yirik zavodlar atroflarida ham turar joy hududlari barpo etiladi. Masalan, Samarqand kimyo zavodi yonida Kimyogarlar shaharchasi barpo etilgan shaharcha rivojlanib borishi tufayli, alohida ahamiyatga ega bo'lgan kichik shahar toifasiga yaqin hisoblanadi. Shaharcha hududida yil davomida vaqti-vaqti bilan kimyo zavodi tutunlari paydo bo'lishi turardi. Respublikamizda tabiiy boyliklardan asosiysi sug'oriladigan yerlar bo'lib, ushbu joylardan sanoat va turar joylarini joylashtirish tabiat muhitini buzilishiga va Respublikaning kelgusidagima'nviy boyliklarni yo'qolishiga olib keldi. Ushbu omillarni e'tiborga olib, tabiat muhitini muhofaza qilish tabiiy boyliklarni saqlash va ulardan samarali foydalanish hamda iqlimni saqlab qolish maqsadida faoliyat darajasiga qarab Respublikamiz mintaqalariga bo'linadi: Tabiatdagi qo'riqxonalar, yirik o'rmonlar, tog'-dam olish joylari, daryo ko'l vasuv havzalarining qirg'oqlari hamda tabiiy iqlim omillari bo'yicha ahamiyatli hisoblanadigan hududlar. Qishloq xo'jalik ekinlariga moslashgan hududlar (sug'oriladi gan yerlar va boshqa har xil o'simliklar hamda daraxtzorlar mumkin bo'lgan joylar). Turar joy va o'zidan zararsiz chiqindilar chiqaradigan sanoat markazlari joylashgan hududlar bunday hududlarda shaharsozlik va tibbiy geyinik talablar asosida ular orasida himoya mintaqasi joylashadi. Bunday zararsiz korxonalar turkumini atmosferaga zaharli tutun chiqarmaydigan suv havzalari va zaminga o'zining chiqindisini o'tkazmaydigan o'zidan katta shovqin chiqarmaydigan korxona tashkil qiladi. Ekologik nuqtai nazaridan dam olish va davolanish uchun taqsimlanayotgan hududiy mintaqalar Respublika viloyat va tumanlarda bosh reja loyihasida ko'rsatiladi. Unda ishlab chiqarish kuchlarining turar joy hududlarining o'rni ommaviy dam olish sayohatchilar va ular davolanish uchun joylar ko'rsatiladi. Bunday hududiy taqsimot atrof muhitni muhofaza qilish uchun eng yuqori darajadagi shaharsozlik tadbiri bo'lib, hisoblanadi. Zarafshon daryosi qirg'oqlari va Urgut tog'lari va boshqa tabiat ko'rkam joylar ma'daniy hordiq chiqarish dam olish maskani sifatida ajratilishi mumkin. ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:23:30
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.2 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:23 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.2 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:50 ]
Arxiv ichida: doc