Zamonaviy ekologik tadqiqot ishlarining asosiy bosqichlari Zamonaviy tadqiqot usullarida aniqlanadigan atrof-muhitdagi zararli moddalar miqdori optimalligining asosiy mezoni ularning yo'l qo'yiladigan chegaraviy kontsentratsiyasiga rioya qilishdir. Bu chegaraviy kontsentratsiya inson sog'lig'iga va ishlash qobiliyatiga salbiy ta'sir qilmaydi hamda uning gigiyenik hayotini yomonlashtirmaydi. Odamning xo'jalik faoliyati (antropogen ifloslanish) natijasida atrof-muhit ifloslanadi, buning oqibatida u yoki bu o'simliklar uchun, hayvonlar va odamlar uchun qulay bo'lgan tabiiy sharoitlarga ko'proq o'zgarishlar kiritiladi, bu bilan o'nglab bo'lmaydigan zarar etkaziladi. Asosiy ifloslantiruvchilar - sanoat korxonalari va issiqlik elektrotsentrallarning topkalari, qozonlari va pechlari, shuningdek avtomobil dvigatellaridir. Sanoat va qishloq xo'jaligining ko'pgina moddalari, moddalarning biologik aylanishida utillashtirilmaydi. Biosferaning barcha komponentlari, eng avvalo, atmosfera havosi ifloslanadi. Atmosferaga tushadigan zararli moddalarning uchdan birini uglerod oksidi tashkil etadi, u asosan avtomobillarning ishlangan gazlaridan, energetik qurilmalardan va sanoat korxonalaridan chiqadi. Har yili atmosferaga 250 mln. tonnaga yaqin uglerod oksidi chiqariladi. Avtomobil dvigatellari atmosferaga qorakuya va kantserogen moddalar, uglerod oksidi, azot oksidi, aldegidlar, uglevodorodlar va kislotalar chiqaradi. AQSHda bitta avtomobil bir yilda atmosferaga quyidagi miqdorda ifloslantiruvchi moddalar chiqaradi: 800 kg uglerod oksidi, 115 kg uglevodorod, 38 kg azot oksidi. Ayniqsa yirik shaharlarda uglerod oksidining to'planishi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin, garchi umuman olganda uning biosferada to'planishi kuzatilmayapti, chunki o'simliklar va tuproq mikroorganizmlari uning ko'proq qismini yutadi. Yorug'lik ta'sirida o'simlik va hayvonlarda boradigan eng muhim jarayonlar ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:23:30
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
358.7 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:50
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:23 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
358.7 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:50 ]
Arxiv ichida: ppt