Ijtimoiy-falsafiy qilish

Ijtimoiy-falsafiy qilish

O'quvchilarga / Falsafa
Ijtimoiy-falsafiy qilish - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy- falsafiy qilish zaruriyati Oldingi paragraflarda hozirgi zamon ijtimoiy falsafasining asosiy yo'nalishlarini qisqacha tahlil qilib chiqdik. Shuni aniqlik bilan aytish mumkinki ularning hech biri oxirgi instansiya darajasidagi mutlaq haqlikka da'vogarlik qila olmaydi. Ularning nomlaridan ko'rinib turibdiki (biologizm, psixologizm, geografizm va b.), bu ta'limotlar jamiyat hayotining biror sohasi yoki tomonini mutlaqlashtirish natijasida biryoqlamalikka yo'l qo'yadilar. Lekin shunday bo'lishiga qaramasdan ularning har biri o'zlari asosiy e'tibor qaratgan yo'nalish bo'yicha mavhim ma'noda haqdirlar. Bu nisbiy haqiqatlarning mavjudligi ularni ijtimoiy-falsafiy jihatdan sintez qilish vazifasini qo'yadi. Ma'lumki tarixiy materialism XIX asrning o'rtalarida falsafa, iqtisod, ijtimoiy-siyosiy bilimlar sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlarga tayangan va ularni o'zida mujassam etgan holda vujudga keldi. Tarixiy materializmning asoschilari K.Marks va F.Engels G.Maureraning ijtimoiy nazariyasi, L.Morganning oila va mulkiy taraqqiyot konsepsiyasi, F.Gizo, O.Terri, F.Minelarning sinflar va sinfiy kurashga doir qarashlari, L.Rankening XVI-XVII asrlar Yevropasiyosiy tarixiga doir tadqiqotlari, A.Tokvil demokratiyaning talqin qilinishi kabilarni chuqur o'rgandilar. Shuningdek geograflk determinism asoschilaridan Sh.Monteskening asarlari, Ch.Darvinning turlarning kelib chiqishi nazariyasi va boshqalar K.Marks va F.Engelslarning nazaridan chetda qolmadi. Shunday bo'lishiga qaramasdan tarixiy materializm asoschilari ham ma'lum darajada biryoqlamalikka yo'l qo'yishdan qutilib qololmadilar. Buning o'ziga xos sabablari mavjud edi. Eng awalo tarixiy materializm sotsiologik idealizmga muxolifat sifatida paydo bo'ldi va shakllandi. Uning asoschilarining asosiy diqqat e'tibori jamiyat hayotining moddiy asosi sifatida iqtisodiy sohani asoslab berishga qaratildi. Natijada ijtimoy taraqqiyotga noiqtisodiy omillar: ma'naviy-psixologik, texnik va texnologik, geografik, bio-demografik va boshqalarning ko'rsatadigan faol ta'siri yetarlicha inobatga olinmadi. Keyinchalik tarixiy materialism tomonidan Freydizm, texnitsistlar, geografik va psixologik yo'nalishlarning inkor etilishi va tanqid ostiga olinishi marksizmda dogmatic xususiyatlar kuchayishiga olib keldi. Bu esa o'z navbatida tarixiy materializmni noiqtisodiy paradigmalar bilan ziddiyatga olib keldi va ularning qimmatli, ratsional jihatlaridan bahramand bo'lishdan mahrum etdi. Jamiyatni tahlil va talqin qilishda turli yo'nalishlar vat a'limotlar o'rtasidagi qarama-qarshiliklarni oldini olish zaruriyati ijtimoiy falsafa oldiga ularning har biri o'z yo'nalishida yaratgan ilg'or yutuqlarni sintez qilish talabini qo'yadi. Buning uchun avvalo turli yo'nalishlar orasiga qat'iy chegara qo'ymaslik lozim. Tarixni materialistic tushunish esa ochiq sistemaga aylanishi va hozirgi zamon ijtimoiy falsafasida erishilgan yutuqlarni o'ziga singdirishi kerak. Buning uchun asoslar mavjud. Birinchidan, Biologizm, geografizm, texnitsizm o'z mohiyatiga ko'ra tarixni tushuntirishda moddiylikka asoslanadi. Ikkinchidan bugungi kunda ijtimoiy falsafadagi subyektiv-idealistik yo'nalish, shuningdek psixologik yo'nalish vakillari ham jamiyat taraqqiyotidagi iqtisodiy omillarning muhim rolini inkor etishmaydi. Ekzistensialist Sartrning flkriga ko'ra esa tarixiy materializmni ekzistensialistik konsepsiya bilan sintezlashtirish sotsiumning shunday nazariyasini vujudga keltiradiki, u har qanday muxolifatninh ta'siriga bardosh bera oladi. Xulosa qilib aytganda bugungi o'ta murakkab tarixiy davrda ijtimoiy falsafiy bilimlarni sintizlashtirish uchun vaziyat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.26 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.26 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga