Ijtimoiy-tarixiy ongning vujudga kelishi

Ijtimoiy-tarixiy ongning vujudga kelishi

O'quvchilarga / Falsafa
Ijtimoiy-tarixiy ongning vujudga kelishi - rasmi

Material tavsifi

IJTIMOIY TARIXIY ONGNING VUJUDGA KELISHI Sotsium murakkab, ko'ptomonli, serqirra obyekt bo'lgani uchun uni faqat birgina fanning predmeti sifatida ta'riflab bo'lmaydi. Uning turli tomonlari turli fanlar yordamida o'rganiladi. Shuning uchun ham jamiyatni o'rganish to'g'risida so'z yuritganimizda, uning jamiyat to'g'risidagi fanlarning majmui ekanligini hisobga olamiz. Bu majmuada ijtimoiy qonuniyatlar va institutlarni, ijtimoiy tuzilma va stratifikatsiyani, turli darajadagi ijtimoiy tizimlarning ijtimoiy aloqalari va o'zaro munosabatlarini o'rganuvchi sotsiologiya muhim o'rin egallaydi. Eng zamonaviy ta'rif quyidagicha ifodalanadi: «sotsiologiya jamiyatning vujudga kelish, faoliyat ko'rsatish va rivojlanishining umumiy va o'ziga xos ijtimoiy xususiyatlari hamda qonuniyatlari, ularning rivojlanishi, odamlarning xatti-harakatlarida, o'zaro munosabatlarida, odamlar jamoalarida va umuman jamiyatda amalga oshirilish yo'llari, shaqllari va usullari to'g'risidagi fandir». Jamiyatni o'rganishdagi muhim fanlardan yana biri psixologiya bo'lib, u insonning ichki dunyosini, ruhiyatning shaqllanish va faoliyat ko'rsatsh qonuniyatlarini o'rganadi Sotsiologiya va psixologiya fanlarining tuqnashish nuqtasida yangi ilmiy fan ijtimoiy psixologiya vujudga kelib, uning predmeti ijtimoiy-psixologik hodisalar, ijtimoiy kayfiyat, sezgilar, odatlar, an'analar,xatti-harakat normalari va boshqalarning paydo bo'lishi, rivojlanishi hamda transformatsiyasining umumiy va o'ziga xos qonuniyatlaridan iboratdir. Jamiyatni o'rganishda tarix fani yana bir muhim o'rinni egallab, u umumiy ijtimoiy qonuniyatlarni alohida olingan faktlar tahlili orqali o'rganadi. Tarix fani «ijtimoiy rivojlanishning qonuniyatlarini aniqlab, tarixdagi qaytarilish lahzalarini o'rganish bilan birga har bir tarixiy voqeaning, har bir tarixiy shaxsning o'ziga xosligi va noyobligini ko'rsatib beradi». Tarix fani ijtimoiy bilishning qismi bo'lish bilan birga, uning o'zi majmuiy fan hisoblanib, uning tarkibiga arxeologiya, manbashunoslik, san'at tarixi va boshqalar kiradi. Bu majmuada etnologiya (etnografiya) alohida o'rinni egallab, bu fan turli bosqichdagi etnik guruhlarning paydo bo'lishi, rivojlanishi va ahamiyatini o'rganadi- Etnologik bilish ko'pmillatli, polietnik sotsiumlarda yuz beradigan jarayonlarni tahlil qilishda muhim rol o'ynaydi. Bundan tashqari siyosatshunoslik (siyosiy institutlar va jarayonlar), etika (jamiyatning axloqiy rivojlanishi to'g'risidagi fan), iqtisodiy nazariya, kulturologiya (madaniyatshunoslik), pedagogika, san'atgiunoslik, dinshunoslik va boshqa shu kabi fanlarni ham o'ziga xos o'rni bor. Jamiyat to'g'risidagi fanlar orasida ijtimoiy falsafa yoki jamiyat falsafasi alohida o'rin egallaydi. Ijtimoiy falsafa jamiyatni bir butun tizim sifatida, ya'ni uni tashkil qiluvchi elementlarning oddiy mexanik yig'indisiga bog'lab bo'lmaydigan, integral tuzilma (hosila) sifatida tadqiq etadi Jamiyat to'g'risidagi fanlarning ichida ijtimoiy falsafa jamiyatni umumiy tarzda olamning alohida bir qismi sifatida o'rganadi. Shuning uchun ham jamiyat eng yuqori darajada umumiylashtirilgan tushunchalar falsafiy kategoriyalar yordamida talqin etiladi. Ijtimoiy falsafa umumfalsafiy qonunlarni, ijtimoiy hodisalar va jarayonlar tahliliga tatbiq etishdan iboratdir. Ijtimoiy falsafa jamiyat to'g'risidagi eng umumiy nazariy bilimlar tizimidan iborat. U, jamiyat nima, u qanday faoliyat ko'rsatadi va rivojlanadi; bu rivojlanishda insonning roli qanday, degan masalalarni ko'rib chiqadi. Ijtimoiy falsafaning jamiyat haqidagi fanlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.66 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.66 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga