Islom falsafasi, Kalom ilmi

Islom falsafasi, Kalom ilmi

O'quvchilarga / Falsafa
Islom falsafasi, Kalom ilmi - rasmi

Material tavsifi

Islom falsafasi, Kalom ilmi Reja: 1. Ilk o'rta asrlar falsafasining mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari. 2. Islom dini va falsafasi. Tasavvuf va uning oqimlari. Mazkur mavzuga asos bo'lgan davr falsafasi arab istilosi va mamlakatimizda islom dinining taraqiy etishi bilan uzviy bog'liqdir. Bu falsafa, ba'zi chet ellik mutaxassislar aytgani kabi, faqat arablar madaniyatining bir qismi emas. Balki bizning Vatanimiz farzandlari ulug' bobokalonlarimizning islom diniga, islom falsafasiga, butun arab dunyosi va jahon sivilizatsiyasiga katta ta'sir ko'rsatgan ta'limotlari dunyoga kelgan davr falsafasi hamdir. Arab bosqini va islom dini. Movarounnahr arablar tomonidan zabt etilishi arafasida Turk qog'onoti tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo'lib, ular o'rtasida tinimsiz to'qnashuvlar ro'y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog'onoti bilan sosoniylar Eroni o'rtasidagi to'qnashuvlar o'ta shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning oxiri va XII asrning boshlarida bu hudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movarounnahr hududida yashovchi xalqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo'qligi, o'zaro qirg'in-barotlarning avj olishi sabab bo'ldi. Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so'zi arabcha o'zini topshirish, itoat, bo'ysunish, tinchlik kabi ma'nolarini anglatadi. Islom dini bayrog'i ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo'yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil topgan. Qur'on va hadislarda islomiy ta'limotning asosi bayon qilingan. Qur'on - muqaddas kitob. Unda islom qoidalari, iymon-e'tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me'yorlar o'z ifodasini topgan. U 114 surava ular tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan. «Sunna» esa hadislar majmui bo'lib, Qur'ondan keyin turadi va uni to'ldiradi. Unda Muhammad payg'ambarning so'zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan. Qur'on va sunnadan keyingi muhim manba - shariatdir. Shariat (to'g'ri yo'l, ilohiy yo'l demakdir) - islomda huquqiy, axloqiy me'yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo'nalishlar - sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta'limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me'yorlarga oid masalalarda o'zaro faqrlanib turadi. Abu Mansur Moturidiy (melodiy orr yilda vafot etgan) kalom ilmining aql maqomiga alohida e'tibor qaratgan Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan. Mu'taziliylar (ajralib chiqqanlar) yakka xudolikning adolatli ekanini, Quronning tangri tomonidan yaratilganligini, iroda erkinligini yoqlab chiqqan. Uning asoschisi Vosil ibn Atodir (yoo-uri yillar). Uning oxirgi vakillaridan biri Zamahshariydir. Kalom islom ilohiyotining o'ziga xos falsafiy ta'limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishga uringan. U Qur'onga tayanib, jannat va do'zaxning azaliy ekanligini, insonda iroda erkinligining yo'qligini, lekin insonning Olloh oldida o'z qilmishlari uchun mas'ul ekanligini asoslab berishga harakat qilgan. Bunday ma'naviy jarayonlar bilan yonma-yon islomda mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni o'rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari shakllana borgan. Bu islomiy ma'naviyatning dunyoviy va diniy masalalarda, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.13 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.13 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga