IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xorazm davlatlarida ilm-fan va ma'naviy hayot

IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xorazm davlatlarida ilm-fan va ma'naviy hayot

O'quvchilarga / Falsafa
IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xorazm davlatlarida ilm-fan va ma'naviy hayot - rasmi

Material tavsifi

IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xorazm davlatlarida ilm-fan va ma'naviy hayot. IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xorazm davlatlarida ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy sohalar bilan bir qatorda yana bir o'ta muhim bo'lgan masala ma'naviy hayot ham rivojlandi. O'lkadan jahon ilm-fan rivojiga buyuk xissa qo'shgan mutafakkir allomalar etishib chiqdi. Darhaqiqat, jamiyat ko'rki va qudratini belgilab beruvchi yana bir g'oyat muhim, noziktab soha - ilmu madaniyatning ham izchil rivojlanishiga mintaqada hukmronlik qilgan davlatlar tomonidan o'z davrida shart-sharoitlar yaratib berildi. Jumladan, samoniylar hukmronligi davrida ham madaniy hayot rivojiga katta etibor qaratildi. Binobarin, Somoniylar davrida ilm-fan va madaniyat ham yuksak darajada rivojlangan bo'lib, shaxsan samoniy amirlari fan va adabiyotga homiylik qilganlar. Buxoroda Afsxona qishlog'ida tug'ilib o'sgan va nomi butun jahonga mashhur bo'lgan olimlardan biri Abu Ali ibn Sinodir (980-1037). Uning to'la nomi Abu Ali al-Husayin bini Abdulloh Buxoriy - Yevropada Avitsena nomi bilan mashhur bo'lgan ensiklopedik olim. Ibn Sino o'z davrida o'qish va o'qitishning duristgina yo'lga qo'yilganligi tufayli yoshligidan ilm-fan asoslarini o'rganishga kirishadi. Keyinchalik esa Sharq mamlakatlari mutafakkirlari asarlarini, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy va falsafiy merosini qunt bilan o'rganadi. Ibn Sino yoshligidanoq istedodli, xotirasi kuchli va o'tkir zehnli sifatlari bilan nom qozongan edi. Uning zehni shu darajada kuchli bo'lib, u 10 yoshidayoq Quroni karimni yod olgan. Yoshligidanoq tabiat ilmini chuqir o'rganadi, yunon olimlarining ilmiy merosiga qiziqadi. Buqrot va Jolinus asarlarini o'rganib, tabiblik bilan shug'inlanadi. Binobarin u 16-17 yoshidayoq Buxoroda mashhur tabib bo'lib nom qozonadi. Somoniylar hukmdori Nuh II ibn Mansur kasal bo'lib qolganda ko'p tabiblar uning dardiga shifo topa olmaydilar. Shunda yosh Ibn Sino dovrug'ini eshitgan podsho ayonlari uni Afsxona qishlog'idan olib keladi. Natijada uning muolajasidan shifo topgan podsho unga Buxoroda mashhur bo'lgan Somoniy podsholarining kutubxonasidan foydalanishga ruhsat beradi. Ibn Sino bir yil davomida kutubxonaning turli fan sohalariga doir asarlaridan baxra olgan alloma jahonga mashxur olim, ham shifokor, faylasuf, shoir, islom ilmining yetuk olimi bo'lib taniladi. Alloma butun umri davomida 280 dan ortiq ilmiy asarlar tasnif etgan. Ulardan 160 tasi bizgacha etib kelgan. Ibn Sino asarlarining eng mashhuri Kitob ush-shifo, Kitob al-qonun fit-tib, Kitob un-najod, Donishnoma kabi 30 dan ortiq asarlari jahon tillariga tarjima qilingan. Allomaning barcha asarlari ulumu-u-islom qoidalariga asosan yozilgan. Mutafakir, alloma, tib ilmining sultoni Ibn Sino IX- XII asrlarda Movarounnahrda yashab o'tgan Beruniy, Xorazmiy, Termiziy, Farg'oniy kabi olimlar qatorida o'z yurti Buxoroni jahonga tanitgan. O'z navbatida alloma Sharqda Shayx ur-rais G'arbda esa Avitsena nomi bilan mashhur bo'lgan. Samoniylar hukmronligi davrida o'zining ilmiy izlanishlari bilan shuxrat topgan allomalardan yana biri, Muso Xorazimiydir. O'z navbatida alloma ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.01 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.01 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga