IX-XII asrlarda Movarounnahrda Somoniylar va Qoraxoniylar hukmronligi davrida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar

IX-XII asrlarda Movarounnahrda Somoniylar va Qoraxoniylar hukmronligi davrida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar

O'quvchilarga / Falsafa
IX-XII asrlarda Movarounnahrda Somoniylar va Qoraxoniylar hukmronligi davrida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar - rasmi

Material tavsifi

IX-XII asrlarda Movarounnahrda Somoniylar va Qoraxoniylar hukmronligi davrida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar. VII asrlarning o'rtalariga kelib arablarning o'lkamizga tahdidi jiddiy tus oldi. Avvaliga 651 yilda Marvni egallagan arablar VII asr boshlariga kelib birin ketin Buxoro, Xorazm, Samarqand, Shosh va Farg'ona hududlarini egallay boshladi. Buning natijasida o'lka birinchi ming yillikda arab mustamlakasiga aylandi. Arab mustamlakachilariga qarshi yurtimizda erk ozodlik uchun kurash olib borildi. Ana shunday qo'zg'alonlardan biri 806 yilda Rofe ibn Lays boshchiligida bo'lib o'tdi. Qo'zg'alon Muqanna an'analarini davom etirdi. Arab Xalifaligini zirqiratgan ushbu qo'zg'alon Nasaf, Buxoro, Ustrushon, Shosh, Xorazm va boshqa hududlarni qamrab oldi. Ayniqsa, Shosh shahrida harakat kuchli tus oldi. Xalifa Mamun bu harakatning xalifat uchun o'ta xavfli ekanligini tushungan holda qo'zg'alonni bostirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Nihoyat qo'zg'alon 810 yilda bostirilib uni bostirishda Somonxudodning nabiralari - Asadning o'g'illari Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyoslar katta xisa qo'shganlar. Somonxudotning avlodlari IX asr birinchi yarmida Farg'ora, Shosh, Samarqand, Hirot kabi yirik viloyatlarga hokimlik qilganlar. Lekin xalifalika qaramlik saqlanib kelgan. 874 yildan boshlab Buxoroni, 892 yildan boshlab esa butun Movarounnahr hududini boshqara boshlangan. O'z navbatida Movarounnahrni mustaqil podsholikka aylantirgan hukmdor Ismoil 849 yili Farg'onada tug'ilgan. 14 yoshida otasi Axmad vafot etib, akasi Nasr qo'lida qoladi. Uddabiron Ismoil 892 yili butun Movarounnahr hududini o'z nazoratiga olishi, Xuroson xukmfarmosi Amir ibn Laysni Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi bilan ta'minlanganligi haqidagi farmoishdan ham bilish mumkin. Farmoishni olgan Amir ibn Lays 900 yilning bahorida Balx yaqinida Ismoil bilan to'qnashadi. Ushbu to'qnashuvda Amir ibn Lays mag'lubiyatga uchraydi. Shu tariqa Xuroson va Shimoliy Eron ham Ismoil tasarrufiga o'tadi. Arab xalifaligi qaramligiga barham beriladi. Ismoil eng avvalo, mamlakat siyosiy birligini ta'minlashga bel bog'lab, Farg'ona, Isfijob (Sayram), Shosh, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Chag'aniyon, Xuttalon, Kesh, Xuroson, Seyiston, G'azna kabi qator viloyatlarni o'z hukmi ostida birlashtirdi. Garchi ularning hammasi ham mutloq ravishda tobe bo'lmasada markazlashgan davlatni tan oldi. Bundan ko'rinadiki, Ismoil markazlashgan davlatchilik asoslarini qaytadan tiklashga muvaffaq bo'ldi. Biroq tarixchi mutafakir olim Narshaxiy Buxoro tarixi asarida somoniylar davlatining ijtimoiy-siyosiy boshqaruvi hayotini quyidagicha yoritgan. Ismoil vafotidan so'ng (907 yil 25 noyabr) taxtga chiqqan samoniylar namoyandalari (Ahmad, Nasr II, Nux I, Abdumalik, Mansur I, Nux II, Mansur II) Ismoil samoniy qoldirgan merosni saqlab qolishga ojizlik qildilar. Ayniqsa, Ismoildan keyin taxtga o'tirgan Ahmad subutsizlik qilib, arab tilini yana davlat tili darajasiga ko'tardi. Ahmadning bu kabi boshqa ishlari ham ko'p bo'lib oxir-oqibata unga suiqasd ushtirilishiga sabab bo'ldi. Xullas, X asr davomida siyosiy boshboshdoqlik avjiga chiqib, markaziy hokimiyat mavqeiga putur etadi. O'z navbatida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.33 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.33 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga