IX-XII asrlarda Sharqda ilm-fan. Xorazm Ma'mun akademiyasi

IX-XII asrlarda Sharqda ilm-fan. Xorazm Ma'mun akademiyasi

O'quvchilarga / Falsafa
IX-XII asrlarda Sharqda ilm-fan. Xorazm Ma'mun akademiyasi - rasmi

Material tavsifi

IX-XII asrlarda Sharqda ilm-fan : Xorazm Mamun akademiyasi. Arab xalifaligi tamonidan O'rta Osiyo hududlari bosib olingach, o'lkamizda o'z-o'zidan islom dini bilan bir qatorda arab tili, arab alifbosi ham joriy qilindi. Arab tili esa davlat tili va fan tili darajasiga ko'tarildi. Natijada mahalliy tilda yozilgan asarlar yo'q qilindi, mahalliy bilimdon aholi esa quvg'in ostiga olindi. O'z navbatida arab tilini, islom dini va Quroni Karimni yaxshi egallagan va bilgan shaxslarning jamiyatdagi o'rni va nufuzi oshdi. Bu esa arab tiliga nisbatan hayotiy ehtiyojni kuchaytirdi. Movarounnahr va Xuroson yoshlari o'rtasida arab tilini o'zlarining ona tiliga nisbatan ham mukammal bilgan tolibi ilimlar ko'payib bordi. Arab tili va islom dini bo'yicha mukammal bilim va malakaga ega bo'lganlar arab xalifaligining markaziy shaharlariga borib o'qishni odat tusiga aylantirdi. Binobarin, Damashq, Qoxira, Bag'dod, Kufa, Basra singari katta shaharlarda Movarounnahr va Xorazmdan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shgan ajdodlarimiz soni borgan sayin ko'payib bordi. Bu borada Bag'dod shahri Sharqning ilm-fan markazi sifatida katta ahamiyat kasb etdi. IX asrlarda bu shaharlarda Bayt-ul-Hikma (Donishmandlar uyi)- Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Xuddi shunga monand bilim dargohi XI asr boshlarida Xorazmda ochildi. Sharqda ilm-fan va ma'naviy hayotning rivojlanishida eng avvalo, o'lkadagi IX-XII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy va madaniy turmush tarzi ham o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Jumladan, mintaqada hukmronlik qilgan davlatlarning markazlashgan boshqaruvga asoslangan davlat qurish uchun harakat qilganliklari shuning bilan bir qatorda hukmdorlar o'rtasida ilm-fanga bo'lgan qiziqishning yuqoriligi ko'plab mutafakkir allomalarning etishib chiqishiga turtki bo'ldi. Binobarin, Bag'dod hamda Urganchdagi Donishmandlar uyida o'z vaqtida nomlari dunyoga mashhur bo'lgan ulug' allomalar va mutafakkirlar taxsil olganlar. Jumladan, ular orasida Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Ismoil al-Buxoriy, Al-Xorazimiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammor, Abu Saxil Mashiy, Ibn Iroq kabi ulug' va buyuk zotlarning nomlari bor. Sharq uyg'onish davri allomalaridan Ahmad Farg'oniyning (797-861) faoliyatiga to'xtaladigan bo'lsak, IX asrda yashab ijod etgan vatandoshimiz haqida ma'lumot beruvchi tarjima hujjatlari deyarli yo'q darajada. Filolog olim Aziz Qayumovning ma'lumotlariga qaraganda, alloma yoshlik chog'laridanoq fanga ilm olishga chanqoq bo'lib o'sgan. U asosan tabiiy fanlar: falakiyotshunoslik, matematika, geografiya kabi fanlar bo'yicha ijod qilgan. Uning ijodiy faoliyati Bag'dod bilan yani, ulug' mutafakkir olim Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy rahbarligida faoliyat ko'rsatgan Baytul Hikma bilan bog'liqdir. Allomaning falakiyotshunoslikka oid ilmiy-tadqiqot ishlari ijodiy samaralar bergan. Ahmad Farg'oniyning dunyoga malum va mashhur oltita kitobi bo'lgan. Bular Kitob Fi Usul ilm an-Nujum (Fallakiyot ilmining usullari haqida kitob). Ushbu risolaning asl qo'lyozmalari matni bir hil bo'lsada, besh nom ostida saqlanadi. Yani Al-Majistiyga bag'ishlangan Falakiyot risolasi, Falak siferalari sababiyati, Al- Majistiy (Ptolameyning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.7 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.7 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga