O'RTA ASRLAR VA YANGI DAVRDA G'ARB FALSAFASI RIVOJINING ASOSIY BOSQIChLARI Reja: 1. O'rta asrlar g'arb falsafasi 2. Uyg'onish davri falsafasi 3. Yangi zamon Yevropafalsafasi 1. O'rta asrlar g'arb falsafasi Yevropatarixida o'rta asrlar davri deyarli to'la ming yilni (Rim imperiyasining parchalanish lahzasidan Uyg'onish davrigacha) o'z ichiga oladi. O'rta asrlar yevropasi feodalizmning qaror topishi bilan belgilanadiki, u xristian dunyoqarashidan foydalandi. Ma'jusiylik dini va falsafasi, hamda bid'atchilarning adashishlariga qarshi kurashiga apologetlar (yunoncha apologiya-himoya) deb atalgan qadimgi antik davrning keyingi xristian yozuvchilari bel bog'ladilar. Apologetlarning eng ko'zga ko'ringan vakili Kvint Tertullian (160-220) edi. Falsafa va xristianlikni bir biriga to'g'ri kelmasligiga dalillar keltirib, u shundan kelib chiqdiki, xristianlik falsafiy asosga ehtiyoji yuq. Isodan keyin hyech qanday bilimga qiziqishning keragi yo'q, Injildan keyin esa hyech qanday tadqiqotning zaruriyati yo'q. E'tiqodni oliy haqiqat sifatida tushunish falsafani ilohiyotga bo'ysundirish uchun asos bo'ldi. Apologetika orqasidan xristian mafkurachilarining asarlari bo'lgan patristika paydo bo'ldiki, uning mualliflari bid'atchilarga qarshi kurashga katta hissa qo'shganliklari uchun avliyolik darajasiga ko'tarildilar va cherkov otalari deb ataldilar. «Cherkov otalari» ning eng yirigi Avreliy A vgustin (354-430) edi. Avgustin falsafasining markazida Xudo turadi. Xudo oliy mohiyat bo'lib, eng oliy ezgulikdir. Inson esa o'zida tabiatning moddiy jismlarini -o'simliklar va hayvonlarni birlashtiradi va aqliy ruh, hamda ozod irodaga egadir. Ruh xudoga yaqin bo'lib, moddiy emas, zavol topmaydi va o'z qarorlarida ozoddir. Ma'naviy hayotning asosi irodadir, ammo aql emas. Hayotning maqsadi va mazmuni baxt-saodatdadirki, unga Xudoni bilish bilan erishib bo'ladi. Insoniy va ilohiy tarix voqyealari birlik va qarama-qarshiliklar orqali ro'y beradi, ular o'z ifodasini ikki saltanat (shaharlar) - Xudoning va yerning to'qnashuvida topadilar. Xudo saltanatiga insoniyatning oz qismi, ya'ni o'zining axloqiy-diniy xulqi bilan Xudoning rahmatiga va najotiga erishganlar kirdilar, yerdagi saltanatga esa, baraks, o'zini yaxshi ko'radigan, ochko'z, xudbin kishilar kiradilarki, ular Xudoni unitadilar. Xudo saltanatiga mansublikning bosh garovi sifatida Xudo va cherkov oldida itoat va bo'ysunish xizmat qiladi. O'rta asrlardagi falsafiy tizimlarining ko'pchiligi idealistik yo'nalishga ega ediki, uni xristianlikning asosiy diniy aqidalari taqozo qilar edi. Bunday diniy aqidalar orasida yagona Xoliq - Xudoning shaxsiy shakli haqidagi atomizmning qat'iy ravishda rad etuvchi aqida, hamda Xudo tomonidan dunyoni «hyech narsadan» (kreatsionizm) yaratilganligi to'g'risidagi aqida eng muhim ahamiyat kasb etgan edi. Bu aqida nafaqat Xoliq -Xudoning g'oyaviy dunyosi bilan yerdagi hayotning moddiy dunyosi, hamda dunyoning mutlaq oti shaxs irodasiga tobeligi o'rtasida o'tib bo'lmas chegara barpo qilar, balki dunyoni zamonda (dunyoning ibtidosi va intihosi) chegaralab qo'yar edi. Petr Domianining o'tkir ifodasicha, falsafa - «ilohiyatning xizmatkori» deb e'lon qilingan edi. Bu shuni bildirar ediki, ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 19:40:26
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.89 KB
Ko'rishlar soni
228 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 19:40 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.89 KB
Ko'rishlar soni
228 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx