O'RTA ASRLARDA ShARQ FALSAFASINING RIVOJI Reja: 1. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqda o'rta asrlar falsafasi (VII-XII asrlar) 2. Temur va Temuriylar davrida Markaziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikr 3. XVI - XVII asrlarda Markaziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikr 4. XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha ijtimoiy-falsafiy fikr 6. Hindiston, Xitoy va Uzoq Sharqda falsafa rivojining asosiy bosqichlari 5. XIX asr - XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ma'rifatparvarlik va ijtimoiy-siyosiy tafakkur taraqqiyoti 1. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqda o'rta asrlar falsafasi (VII-XII asrlar) Markaziy Osiyo arablar istilosigacha mayda feodal mulklarga bo'lingan edi. VII asrning oxiri- VII asrning boshlarida Mavoraunnahr xalqlari Arab xalifaligi hokimiyati ostida qoldilar. Arab yarim oroli islomning kelib chiqishi arafasida urug'-qabilachilik munosabatlarining inqirozi bosqichida edi. VI - asrda arab qabilalari o'rtasida markazlashishga bo'lgan tamoyil kuchayib boradiki, u o'z ifodasini xaniflarning (voizlarning) qabila sanamlariga (shirk) qarshi qaratilgan yakkaxudolikni (tavhid) targ'ib qilishlarida topadi. Oxirgi xaniflardan biri Quraysh qabilasidan kelib chiqqan Muhammad (570-632) edi. Muhammad va uning sahobalarining faoliyati natijasida xanafiylik yangi diniy oqim islom sifatida shakllandi. Islom Arabistonda arablarning sinfiy jamiyatga o'tish va Arab davlatining tashkil topishi davrida paydo bo'ldi. Ilk islomning bosh yodgorligi bo'lgan Qur'onda mutlaq yakkaxudolik asosiy aqida bo'lib, arab qabilalarining yagona davlat hokimiyatiga birlashishini ifodalar edi. Qur'on (arabcha qara'a - o'qimoq) musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi bo'lib, ular uni eramizning VII asrida Muhammad payg'ambar tomonidan yetqazilgan ilohiy vahiy, deb tan oladilar. Bizgacha yetib kelgan ko'rinishda Qur'on 114 suraga (boblar) bo'lingan bo'lib, suralarning uzunidan qisqa tomonga borishi tartibida tuzilgan. Har bir sura sarlavhaga ega: masalan, «Baqara» («Sigir»), «Yunus», «Hadid» («Temir»), «Shams» («Quyosh»). Qur'on Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin to'plashga boshlandi. Rivoyat qilishlaricha, uning birinchi rasmiy matni xalifa Usmon (644-656) davrida tahrirdan chiqqan. O'rta asrlarda muomalada bo'lgan Qur'onning boshqa nusxalari bizgacha yetib kelmagan. Qur'onning rasmiy Usmon matni VII asrning boshlarigacha o'zgarishlarga (qisqartirishlar va qo'shimchalarga) duchor bo'ldi. Unli belgilar unga VII asrning oxirlarida kiritildi. Qur'on mazmuni xilma-xil bo'lib, undagi materiallarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: afsunarlik (sxemanlik) o'qishlari; 2) narigi dunyo, ya'ni oxirat; 3) qadimgi arablar og'zaki ijodi; 4) yahudiylik va xristianlikning mazhabiy aqidalari va afsonalar; 5) huquqiy me'yorlar. Bu materiallarning barchasi Qur'onda tizimga solinmagan holda joylashtirilgan. Qur'on xususiy mulkni saqlash va qo'riqlashga alohida diqqat-e'tibor qaratadi. Shuning uchun Qur'onda mulkni merosga olish, vasiylik va boshqalar haqida aniq ko'rsatmalar bor. Mulkiy va ijtimoiy tengsizlikni (jumladan, qullikni) Qur'on Alloh tomonidan o'rnatilgan tartib hisoblaydi. Qur'on va Muhammad (s.a.v.) payg'ambar hadislari amriga ko'ra, insonlar o'rtasida haqiqiy va adolatli munosabatlar o'rnatishning asosiy va zaruriy sharti tinchlikdir. Bundan tashqari, haqiqiy musulmon ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 19:40:26
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
69.13 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 19:40 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
69.13 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx