QADIMGI DAVR FALSAFASI Reja: 1. Qadimgi Hindiston falsafasi 2. Qadimgi Xitoy falsafasi 3. Uzoq Sharqning ilk davlatlarida falsafa 4. Markaziy Osiyoda diniy-falsafiy tasavvurlar 1. Qadimgi Hindiston falsafasi Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o'rtalarida Hindistonda Vedalar mafkurasidan holi bo'lgan va insonning jamiyatdagi o'rni masalasiga yangicha yondashadigan ta'limot paydo bo'ldi. Yangi maktablarning ko'pchiligi ichidan jaynizm va buddaviylikgina umumhind ahamiyatiga ega bo'ldi. Jaynistlar ta'limoti sa'naviyat (dualizm)ni e'lon qildi. Inson mohiyati ikki xil moddiy (adjiva) va ruhiy (jiva) bo'lib, ularni bog'lab turuvchi halqa nozik modda tariqasida tushuniladigan karma bo'lib, ruhni qo'pol modda bilan qo'shilishiga imkon beradi. Jonsiz moddani karma iplari vositasida ruh bilan qo'shilishi oqibatida yakka olingan shaxs kelib chiqadi, karma esa ruhni cheksiz qayta tug'ilish va o'zgarishlar silsilasida kuzatib, unga doimiy hamrohlik qilib boradi. Ruhni karma ta'siridan xalos bo'lishi, ya'ni sansaraga faqat zohidlik va biror xayrli ish qilish yo'li bilan erishish mumkin. Eramizdan oldingi VI asrda Hindiston shimolida buddaviylik paydo bo'ldiki, uning asoschisi Sidxarta Gautama (yer.ol. 583-483 yy.) edi. Keyinchalik uni Budda deb atadilar. Buddaviylik markazida to'rt haqiqat yotadi. Ularga binoan insonning mavjudligi azob-uqubat bilan chambarchas bog'liq. Tug'ilish, kasallik, qarilik, o'lim, ko'ngilsiz narsalar bilan to'qnashuv va yoqimli narsalardan judo bo'lish, orzudagi narsaga erishib bo'lmasligi - bularning hammasi jafo chekishga olib keladi. Azob-uqubatning sababi quvonch va ehtiroslar orqali o'zgarishlarga, qayta tug'ilishga olib boruvchi ishtiyoq (trshna)dir. Azob-uqubat sababini bartaraf qilish ana shu ishtiyoqqa barham berishda yotadi. Azob-uqubatga chek qo'yishga olib boriladigan yo'l, ya'ni xayrli sakkiz o'lchovli yo'l bo'lib, to'g'ri hukm yuritish, to'g'ri qaror qabul qilish, to'g'ri so'zlash, to'g'ri hayotiy yo'l tutish, to'g'ri niyat va orzu, to'g'ri diqqat-e'tibor va to'g'ri razm solmoqlikda o'z ifodasini topadi. Hissiy lazzat olishga bag'ishlangan umr ham, tarki dunyochilik va o'z-o'zini qiynashga qaratilgan yo'l ham rad etiladi. Shunday qilib bu yo'l uch omildan tashkil topadi - ma'rifat (pradjna), xulq-atvor (shila) va diqqat-e'tibor samadxi yoki razm solish. Bularning barchasiga nirvonada, ya'ni nurlangan holatdagi Budda kayfiyatida erishish mumkin. Buddaviylik markazida shunday tasavvur yotadiki, har bir odam Budda holatiga erishish imkoniyatiga ega. An'anaviy buddaviylik tajriba yo'li bilan asoslashga imkon bermaydigan majhul va metafizik masalalardan uzoqlashadi. An'anaga ko'ra, Budda dunyoning oxiri borligi yoki cheksizligi, hamda «Nurlangan shaxs» uchun o'limdan keyingi hayotning imkoni borligi yoki yo'qligi haqidagi masalalarni muhokama qilmagan. U bunday masalalar javobsiz bo'lganligidan kishilarni to'g'ri yo'ldan chalg'itadi, deb hisoblagan. Shu bilan birga bir qatorda u o'zining axloqiy falsafasi asoslarini yaratib, azob-uqubatning keng va chuqur sabablarini tahlil qilish bilan birga, uni bartaraf qilish vositalarini ham ko'rsatib berdi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: - ashyolarning mavjudligi shartligini ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 19:40:26
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.32 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 19:40 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.32 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx