Sinfdan tashqari ishlarda o'quvchilarning ma'naviy madaniyatini shakllantirish shart-sharoitlari, shakllari va usullari

Sinfdan tashqari ishlarda o'quvchilarning ma'naviy madaniyatini shakllantirish shart-sharoitlari, shakllari va usullari

O'quvchilarga / Falsafa
Sinfdan tashqari ishlarda o'quvchilarning ma'naviy madaniyatini shakllantirish shart-sharoitlari, shakllari va usullari - rasmi

Material tavsifi

Sinfdan tashqari ishlar jarayonida o'quvchilarning ma'naviy madaniyatini shakllantirishning shart-sharoitlari, shakllari va usullari Huquqiy demokratik jamiyat qurish yo'lidan borayotgan mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillaridanoq, yoshlarning ta'lim-tarbiyasi, bilimli bo'lishi va ularning kelajakda jahon ta'limi standartlari talablariga javob beradigan, rivojlangan davlatlarning yoshlari bilan qobiliyatlari va ilmiy iqtidori orqali bellasha oladigan avlod bo'lib yetishishiga katta ahamiyat berdi. Albatta, bunday buyuk maqsad, vazifalarni amalga oshirishda, umumta'lim maktablarida olib boriladigan darslar, amaliy ishlar muhim ahamiyatga ega. Chunki bolalarning har qanday intilishlari, orzu-umidlari, niyatlari va talab-istaklarining yuzaga kelishi, eng avvalo, sinf mashg'ulotlari va sinfdan tashqari ishlar jarayonida shakllanadi. Maktab, sinf xonalarida olib boriladigan darslar, amaliy mashg'ulotlar o'zining ta'sirchanligi va hayotga aloqadorligi bilan qanchalik muhim bo'lmasin, baribir, u yosh avlodni har tomonlama rivojlangan, komil inson darajasiga yetkazishda, ta'lim-tarbiyaviy ishlarning to'liq vazifasini bajara olmaydi. Sharqning mashhur allomasi Abu Rayhon Beruniy: Bizning maqsadimiz shogirdni toliqtirib qo'ymaslikdir. Hadeb bir narsani o'qiy berish zerikarli bo'ladi va toqatni - toq qiladi. Agar shogird bir masaladan boshqa masalaga o'tib tursa, u xuddi turli-tuman bog'-rog'larda sayr qilgandek bo'ladi, bir bog'dan o'tar o'tmas, boshqa bog' boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko'rishi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa rohat bag'ishlaydi, deb behuda aytmagan. Shuning uchun ham Vatanimizda yosh avlodni har tomonlama kamol topgan shaxs darajasiga yetkazadigan komil inson tarbiyasi murakkab ish bo'lib, u davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Prezidentimiz Islom Karimov bu haqida to'xtalib: Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e'lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, eng avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz, degan edi. Umumta'lim maktablarida o'quvchilarning ma'naviy madaniyatini shakllantirish, ta'lim-tarbiya tizimining asosiy bo'g'ini dars bilan bir qatorda, o'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari faoliyatini tashkil etish hamda oila muhiti va jamoatchilik o'rtasida olib boriladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlarning samaradorligini ta'minlashga ham bog'liq. Shu nuqtai nazardan, biz sinfdan tashqari ishlar jarayonida, xalqimizning boy madaniy merosi vositasida, o'quvchilarning ma'naviy madaniyatini shakllantirishning samarali andozasini yaratishda quyidagilarga asosiy negiz sifatida tayandik: ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga yangicha metodologik yondashuv; falsafa, pedagogika, etnografiya, tarix, estetika, ruhshunoslik, uslubshunoslik fanlariga hozirgi zamon talabi; jumladan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy yangilanish konsepsiyasi; uzluksiz ta'lim tizimini milliylashtirish, insonparvarlashtirish, ta'lim-tarbiya mazmuni, shakl va usullarini yangicha talablar asosida takomillashtirish va amaliy ahamiyatini kuchaytirish. Ma'naviy qadriyatlar asosida uyushtiriladigan sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shakl va usullari samaradorligi uning xarakterli xususiyatlarini aniqlab belgilab olish bilan bog'liq. O'quvchilarning ma'naviy dunyoqarash va faoliyatini shakllantirishga yo'naltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy tarbiyalarning asosiy xususiyati, u o'quvchilarning kundalik hayotining tarkibiy qismi sifatida namoyon bo'lishidir. O'quvchilar o'quv ishlarining davomi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.13 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.13 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga