SOTSIOLOGIK IDEALIZM Jamiyat rivojlanishini idealizm nuqtai nazaridan tushuntirib berish antik davr - Fukidid va Geradot yashagan davr (mil. avv. V asr) ga to'g'ri keladi. Aflotun («Davlat», «Qonunlar» va boshqa asarlarida) jamiyat to'g'risidagi idealistik ta'limotni keng rivojlantirgan. Etatik an'ana undan boshlanib, unga asosan jamiyat bilan davlatni aynan bir deb tushuntirishga harakat qilingan. Aflotun o'zining uch ijtimoiy sinfdan iborat ideal davlatning modelini ishlab chiqqan: «faylasuflar» («donishmandlar») davlatni boshqaradilar; «lashkarlar» («qo'riqchilar») qo'riqlaydilar, ozod mexnatkashlar (dexqonlar, xunarmandlar), shuningdek qullar (ular jamiyat va uning tizimdan tashqaridalar) mehnat qiladilar. Aflotun ijtimoiy taraqqiyotning antik idealistik talqiniga asos soldi. Uning fikricha, ijtimoiy taraqqiyot jamiyat «g'oyasini»ning kengayuvi bo'lib, jamiyat to'g'risidagi fikrlar u paydo bulmasdan avvalroй mavjud bo'lgan. Aflotun «izdoshlari» ham davlat va jamiyat tushunchalarini bir-biridan farq kilmaydilar. Aflotunning fikricha, davlatning tuzilishi alohida olingan individ ruhining tuzilishi bilan bir xildir. Jamiyat rivojlanishining idealistik talqini keyinchalik Arastu asarlarida o'z aksini topdi («Siyosat», «Etika» va b.). U ijtimoiy tuzumning uch bosqichini ko'rsatib berdi: a) oila; b) jamoa; v) davlat. Ularning hammasi bir-biri bilan iyerarxik munosabatdadir. Jamoa oilalar majmuasi; davlat esa jamoalar yigindisidan iboratdir. Shaxs jamiyat qonunlariga (oila, jamoa, davlatga) bo'ysunishi, o'z-o'zini tarbiyalashi va yaxshilik qilishi jamiyatning qaror topib rivojlanishiga xizmat qilishi kerak. Davlatga (umuman jamiyatga ham) antik idealistik yondashuvning mohiyati shundaki, u alohida individga nisbatan birlamchi qaraladi. Jamiyatning bunday an'anaviy talqiniga Sharq; mutafakkirlari ham o'z hissalarini qo'shganlar. Bunga Forobiyning «Fozil odamlar shaxri», Beruniyning «O'tmish xalqdardan qolgan yodgorliklar», Yusuf Xos Xojibning «Qutadg'u bilig», Navoiyning «Payg'ambarlar va donishmandlar tarixi», Amir Temurning «Tuzuklari», A.Jomiyning «Iskandarning donishmandlik kitobi» va boshqa asarlari misol qilib keltirishning o'zi kifoya qiladi. Bundan sharq mutafakkirlarining antik davr falsafasi vorislari ekanliklari ko'rinib turibdi. Masalan, Ibn Sinoning fikricha, jamiyat uch sinfga bo'linishi kerak: boshqaruvchilar, lashkar (harbiy), ishlab chiqaruvchilar. Bu esa, Aflotunning karashlarini tasdiqlaydi. O'z navbatida Forobiyning jamiyatga oid qarashlari, g'oyalari Arastuning fikri bilan bog'lanib, Sharqdagi o'sha davrning ijtimoiy-siyosiy sharoitiga moslashtirilgani, rivojlantirilgani ko'rinib turibdi. Sharq mutafakkirlaridan Al-Buxoriy («Shox, uchun foydali xabarlar to'g'risida kitob»), Bedil («Bilish»), Mashrab («Devoni Mashrab»), Ahmad Donshi («Kamyob hodisalar») ham o'z asarlarida jamiyat, davlat, ularni boshqarish va shaxsning o'rni to'g'risida o'z fikrlarini yozib qoldirganlar. Jamiyat haqidagi idealistik talqin rivojiga T.Gobbs va J,Lokk (ijtimoiy kelishuv shartnomasi nazariyasi), J.Viko («millat harakati to'g'risida»gi ta'limot), Volter (hamma insonlarning boshdanok siyosiy tengligi to'g'risidagi g'oya), I.Kant («abadiy dunyo» to'g'risidagi ta'limot) uz hissalarini qo'shdilar. Jamiyatning tugallangan idealistik talqinini Xegel falsafasida uzining to'liq aksini topdi. Uning «Huquq falsafasi», «Tarix falsafasidan ma'ruzalar», «Estetikadan ma'ruzalar», «Falsafa tarixidan ma'ruzalar» asarlari deyarli to'laliigicha ijtimoiy muammolarga bagishlangan. Xegel ularda «jamiyat» tushunchasining «davlat» tushunchasidan kengligini ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 19:40:26
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.73 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 19:40 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.73 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx