Tarixiy materializm

Tarixiy materializm

O'quvchilarga / Falsafa
Tarixiy materializm - rasmi

Material tavsifi

TARIXIY MATERIALIZM XIX asrgacha bo'lgan davrda jamiyatga oid qarashlarda diniy va idealistik qarashlar chambarchas holda hukmron bo'lishiga qaramasdan, Levkipp va Demokritdan tortib to L. Feyerbax va N.G.Chernishevskiygacha bo'lgan, yirik mutafakkirlari qarashlarida ayrim materialistik g'oyalar mavjud edi. Masalan, Demokrit ta'kidlashicha, insonning «qo'li, aqli va idroki» insonning ehtiyojlari ta'siri ostida ijtimoiy qadriyatllarni yaratdi. Lukretsiy Kar jamiyat ham tabiat ham xudolarning irodasi bilan paydo bo'lmaydi va ular alohida boshqarilmaydi degan fikrni ma'qullaydi. Sharq mutafakkirlarining qarashlarida ham jamiyatni materialistik talqin etishning ayrim elementlari bor. Masalan, Forobiy jamiyat paydo bo'lishining tabiiy sabablarini topishga intiladi. U «moddiy ehtiyojlarni birinchi darajaga olib chiqadi va bu bilan jamiyatning paydo bo'lishi muammosini ko'taradi». Yangi davrda tabiiy fanlarning va mexanik-materialistik g'oyalarning rivojlanishi ham ijtimoiy taraqqiyotni materialistik asosda tushuntirish to'g'risidagi bilimlarning shakllanishiga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Bu jarayonga XVII asr fransuz materialistpari katta hissa qo'shdilar. Bu esa, a) jamiyatni idealistik-teologik tushunishni inkor qilish; b) determinizm konsepsiyasini (ijtimoiy hodisalarning paydo bo'lishining sababiyligini) belgilash; v) jamiyatning insonlarning o'zaro munosabatlari va o'zaro ta'sirlari asosida ko'rilishi; g) rivojlanishning asosi deb amaliy tajriba va qarashlarga ahamiyat berish keraqligini ta'kidlash. Masalan, L. Feyerbax uzining naturalistik konsepsiyasini jamiyatni diniy va idealistik talqin etishga qarshi kuyadi. Uning asosida ijtimoiy rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida inson sezgilari ekanligi ta'kidlanadi. Umuman olganda, L.Feyerbax materializmi antropologik xarakterga ega. Ijtimoiy rivojlanishning materialistok talkdni K. Marks va F.Engelslarning «Kapital», «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi», «Nemis mafkurasi», «Falsafa kashshokdigi», «muqaddas oila» asarlarida keng yoritilgan. Ular «ijtimoiy borliq», «ijtimoiy ong» kabi falsafiy tushunchalarini asoslab berib, birinchisini ikkinchisiga nisbatan birlamchi ekanligini ta'kidladilar. Ijtimoiy rivojlanishning asosini ijtimoiy ishlab chikdrish tashkil qilishi tushuntirib berildi. Jamiyat rivojlanishining tarixiy bosqichlarida ma'lum bir moddiy ishlab chikdrish usuli yotishi, bu esa ijtimoiy-shtisodiy formatsiya sifatida ifodalanib, insoniyat jamiyati tarixi esa formatsiyalarning ketma-ket almashinuvidan iboratdir. Karl Marks va Fredrix Engelsning ijtimoiy- falsafiy ta'limotida siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, sotsial g'oyalar bir-biri bilan chirmashib ketgan. Marks va Yengelsning ijtimoiy qarashlarida sinfiy kurash va ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya nazariyalari ishlab chikildi. Marksistik falsafada insonning jamiyatdan begonalashuvi chuqur tahlil kilindi va uning asosiy sababi xususiy mulk deb tushuntirildi. Marks va Engelsning tushimtirishicha insonning ma'naviy qiyofasining belgilashda praktika hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi, chunki insonni moddiy va ma'naviy sferadagi faoliyati asosida praktika yotadi. Xuddi o'sha faoliyat olamni o'zgartirishga qodir ekanligining tushuntirib berdi. Karl Marks insonning ongi borliq bilan bevosita bog'liq ekanligini, ong obyektiv borliqning inson miyasidagi in'ikosi ekanligining isbotlab berdi. Har qanday dunyoqarash ijtimoiy turmushning mahsuli ekanligini tushuntirib ideologik konsepsiyaning ishlab chiqdi. d) Antiklassik falsafa. XX asr oxirlarida bir gruppa faylasuflar Nemis ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.82 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.82 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga