Texnitsistik yo'nalish

Texnitsistik yo'nalish

O'quvchilarga / Falsafa
Texnitsistik yo'nalish - rasmi

Material tavsifi

Texnitsistik yo'nalish Hozir jamiyat xdyotida texnika xal qiluvchi rol o'ynaydi. Uning taraqqiyoti inson hayotining deyarli barcha sohalariga taallukli bo'lib, inson va tabiat o'rtasidagi o'zaro aloqalarni xal qiluvchi tarzda belgilab beradi, odamlar o'rtasidagi munosabatlarga, insonning uzligini anglashiga chuqur ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli texnika fenomeni, uning genezisi, mohiyati, sivilizatsiya taraqqiyotidagi o'rni va rolini tahlil etish XX asr falsafasining dikdat-e'tibor predmetiga aylandi. Sunggi vaqtlarda texnika bilan bog'liq hodisalarni keng kulamda tahlil etish, uning rivojlanishiga ta'sir o'tkazuvchi turli omillarni, jumladan, tarixiy, iqtisodiy, siyosiy, antropologik va boshqa omillarni hisobga olish ishlari amalga oshirilayapti. Keyingi o'n yilliklarda e'tibor axborot darajasiga karatila boshladi. Jamiyat taraqqiyotini belgilovchi texnikaviy tizimlar axborotni uzatish va unga ishlov berish vositasiga aylana bordi. Taraqqiyotning axborot texnologiyalari xal qiluvchi rol o'ynaydigan sanoat bosqichida insonning o'rni ham uzgaradi. U intellektual markaz sifatida, yangi texnologiyalar ijodkori, axborotning asosiy yaratuvchisi va iste'molchisi sifatida maydonga chiqddi. Texnitsisizm ijtimoiy falsafa yo'nalishlari orasida eng yoshlaridan hisoblanadi.U XX asrda T.Veblenning tadqiqotlaridanboshlandi.Bu ta'limot asosan tarixiy materializmga muxolifat sifatida shakllandi. XX asrga kelib texnika falsafasi falsafiy ilmlar tizimidan alohida o'rin egalladi. Osvald Shpengler texnika muammolarining ahamiyatini birinchilardan bo'lib baholagan tadqiqotchidir. U ilk bor texnikaning insoniyat taraqqiyotidagi o'rni uning tabiat va jamiyatga o'tkazaDigan ta'sirining universal xususiyatlarini anglab yetish masalasini kundalang kuydi. Shpenglar «Inson va texnika» kitobida sivilizatsiya hozirdan boshlab yagona, hamma narsa unga intiladi, unda umumbashariy «beshinchi harakat» mashina texnikasi mavjud degan xulosaga keladi. Shpengler texnikani yaxlit jamiyat hayotining jihatlaridan biri sifatida kabul qilishga chakirib, uning avval boshdanok; inson bilan boglangan, insonning tabiati va intilishlarini uzida mujassam etgan noyob hodisa sifatidagi kengkamrovlilik xususiyatini ajratib ko'rsatshga intildi. Shpengler texnikaning mutlak imkoniyatlariga, muhandislik tafakkuriga isxonadi: toki texnikada harakat qiluvchi tafakkur yuksaqlikda ekan, u o'z maqsadlariga erishish uchun vositalar yarataveradi va rivojlanaveradi. O.Shpengler va XX asr boshlarida yashagan boshqa faylasuflar tomonidan kutarilgan muammolar texnika fenomeni va uning madaniyat tarixida tutgan o'rnining anglanishi munosabati bilan M.Xaydegger, K.Yaspers, F.Dessauera, L.Memford, X.Ortega-i texnotron qarashlarida, Masudaning informatsiyey jamiyat to'g'risidagi ta'limotida, Toflerning uchinchi to'lqin nazariyasi va boshqalarda o'z ifodasini topgan. Texnitsistik yo'nalish tarafdorlari jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa o'zgarishlarning asosiy determinantlari ishlab chiqarish jarayoniga texnika va texnologiyalarning nakadar muvaffaqiyatli qo'llanilishida deb biladilar. 'Texnika falsafasida inson va texnika o'rtasiDagi o'zaro munosabat markaziy o'rin egallaydi. Texnika o'z-o'zicha mavjud bulolmaydi, u faqat «inson-texnika» tizimining tarkibiy qismi sifatida ma'no-mazmunga ega bo'ladi. Buni texnika tarakdiyotining butun tarixi ham tasdiklaydi. Insoniyat tadrijining barcha bosqichlarida texnika inson faoliyatining narsa-ashyolarda ifodalanadigan natijasi, inson turmush tarzi va uning tadrijining o'ziga xos xususiyatlarini amalga oshirishdan iboratdir. Texnikada inson borligini ramziy va shu bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 10.22 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 10.22 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga