Bilishning darajalari

Bilishning darajalari

O'quvchilarga / Falsafa
Bilishning darajalari - rasmi

Material tavsifi

Bilishning darajalari Reja: Kirish Ong va xotira. Ijtimoiy va individual ong Bilish va bilim, ularning falsafiy talqini Inson bilishining darajalari Xulosa Adabiyotlar Kirish «Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis - bilim, ilm va logos - ta'limot, fan so'zlaridan kelib chiqqan. So'zma-so'z uning ma'nosi - Bilish haqidagi ta'limo (fan), ong haqidagi ta'limot (fan) degan ma'noni anglatadi. Gnoseologiya fanida insonning dunyoni bilish imkoniyati insonning o'zini anglash jarayoni bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi bilimlar tabiati va ularda aks etuvchi narsalarning o'zaro nisbati o'rgatiladi. Gnoseologiyaning maqsad va vazifalari, bilishning mohiyati va mazmuni to'g'risida zarur bilimlarga ega bo'lish mamlakatimizda bilimdon, xar jihatdan yetuk barkamol inson shaxsini shakllantirishda alohida o'rin tutadi. Bilish nazariyasi bo'lajak mutaxassis-kadrlarda muayyan ilmiy layoqat va qobiliyatlarni shakllantirishga ko'maklashadi. Milliy mustaqillik yillarida gnoseologiya oldiga qo'yilayotgan eng muhim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning jamiyatimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi uchun xizmat qilishini ta'minlaydigan omil va mexanizmlarni o'rganish, Ulug' ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini keng ommalashtirishdir. Ong nima? Inson azal-azaldan o'zigagina xos bo'lgan ongning nima ekanligi to'g'risida o'ylab, bahslashib keladi. Bu bahslarning bir jihati, ong tabiat maxsulimi yoki inson ongi iloxiy yaratilganmi? degan masaladan iborat. Ikkinchi jihati esa, inson dunyoni doimo bir xil anglaganmi? Ya'ni asrlar davomida inson ongi takomillashib kelganmi yoki xamon o'sha-o'shami? degan muammo bilan bog'liq. O'zingni bilsang, olamni bilasan, degan edi Suqrot. Aforizmga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson xam siru sinoatlarga boy, u O'zini bilish orqali olam mohiyatini anglashga yo'l ochishi mumkin, degan g'oya yotibdi. SHu ma'noda, inson O'zini tashqi olamdan ajratib, alohida bir mo'jiza va tadqiqot mavzui sifatida o'rganishga harakat kila boshlagan paytdan buyon uni o'ylantirib kelayotgan muammolardan biri ongning mohiyati, uning kelib chiqishi masalasidir. SHu nuqtai nazardan karaganda, ongning tabiatini anglash masalasi eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqikot mavzui doirasiga kirgan bo'lsa-da, ongning mohiyati, uning turli ko'rinishlari o'rtasidagi munosabat kabi masalalarni o'rganish bilan aynan falsafa shug'ullanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qadimiy bo'lsa-da, ular xamon o'zining ko'plab tarafdorlariga ega. Zero, u olam va odamning yaratilganligi masalasi bilan bevosita bog'likdir. Kimda-kim olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong xam yaratganning kudrati ekanligini tan olishi tabiiy. Ong moddiylikning miyada aks etishi deb tushunishda, uning mohiyati inson tanasi faoliyati bilan bog'lab talqin etiladi. Bunday qarashlar xam qadimiy ildizlarga ega. XVII asrga kelib ongni bevosita inson miyasi faoliyati bilan bog'lashga harakat kilgan qarashlar xam shakllandi. Ayni paytda materialistik yo'nalish nomini olgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.17 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.17 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga