Falsafaning bahs mavzulari, jamiyatdagi o'rni va asosiy vazifalari Reja: Falsafa atamasi, uning mohiyati va mazmuni. Falsafaning bahs mavzulari vaasosiy muammolari. Falsafiy dunyoqarash, uning shakllari, tamoyillari va vazifalari (funksiyalari). Falsafiy bilimlar tizimi. Falsafaning vazifalari (funksiyalari). Tayanch tushunchalar: Falsafa, faylasuf, falsafiy muammolar, falsafiy dunyoqarash, falsafaning milliyligi, falsafaning umuminsoniyligi, mustaqillik, o'zbek falsafasi. Falsafa - insoniyat tarixidagi eng qadimiy fanlardandir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, ularning mohiyati, borliq va yo'qlik kabi ko'p muammolar haqida bahs yuritadigan fandir. «Falsafa» atamasi qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so'zidan olingan va u «donishmandlikni sevish» («filo» - sevaman, «sofiya» - donolik) degan ma'noni anglatadi. Asrlar davomida filosofiya so'zining ma'no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o'rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo'lgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o'zgarib borgan. «Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII-II asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. O'sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi falsafiy tafakkur olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi. Qadimgi Yunonistonda «filosofiya» atamasini dastlab matematika fani orqali buyuk alloma Pifagor ishlatgan.Yevropamadaniyatiga bu atama buyuk yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan.Shu tariqa, u avvalo, Qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasi sifatida paydo bo'lgan. Qadimgi Yunonda falsafa «fanlarning otasi» - ya'ni asosiy fanga aylangan. Sharqda «ikkinchi Arastu», «ikkinchi muallim» deya e'tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy falsafa so'zini «hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida falsafa so'zi «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarashlar va hikmatlar ma'nosida ishlatilgan. Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o'tkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab yetgan, o'zi va o'zgalar qadrini to'g'ri tushunadigan kishi hyech qachon «men - donishmandman» deya ochiq e'tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko'zga tashlanadi. Ammo, Farobiy ta'kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga yetish - boshqa gap. Shu ma'noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko'pdan-ko'p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan. Falsafa, avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir. U, bir tomondan, insonning voqyelikni aql vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan, ongning afsona va rivoyatlar asosidagi shakllardan uzil-kesil ajralish jarayoni natijasidir. Bu ikki jihat bir-biri bilan uzviy bog'liq. Chunki behuda xayolparastlik, havoyi va afsonaviy fikrlash tarzidan xalos bo'lish ilmiy bilimlarni egallash orqali ro'y beradi. Eng muhimi, falsafa kundalik turmushda uchrab turadigan eskilik asoratlari, bid'at va ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 19:40:26
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.37 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 19:40 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.37 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: docx