FALSAFANING KELIB ChIQIShI Reja: 1. Falsafiy tafakkurning genezisi 2. Qadimgi Yaqin va O'rta Sharqda diniy-falsafiy fikrlarning paydo bo'lishi 3. Hindiston, Xitoy va Uzoq Sharqda diniy-falsafiy fikrlarning paydo bo'lishi 4. yevropada diniy-falsafiy fikrlarning paydo bo'lishi 1. Falsafiy tafakkurning genezisi Falsafiy adabiyotda falsafa tarixi turli tuman ilmiy va mafkuraviy talqinlan va xilma-xil davrlashtirish holatlarida berilgan. Eng ko'p darajada tarqalgani yevropamarkazlashtirish yondoshishi bo'lib, dunyo tarixiy-falsafiy jarayonining xilma xilligini asossiz ravishda toraytiradi. Shu bilan bir qatorda falsafa tarixi rivoji bosqichlarini u yoki bu ijtimoiy taraqqiyot bosqichlariga keskin ravishda bog'lashga urinish ham o'zini oqlamaydi, negaki, turli mintaqalar bosib o'tgan bosqichlar o'ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilishi mumkin. Masalan, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimda asosiy iqtisodiy ishlab chiqarish vositasi bo'lgan quldorlik, bu jamiyatlar taraqqiyotida quldorlik formatsiyasini shakllantirgan bo'lsa, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun bunday bo'lmagan. Ko'p davlatlarda quldorlik, u yoki bu darajada XIX asrning ikkinchi yarmigacha va hatto shu asrning oxirigacha saqlangan bo'lsa ham, ammo u hyech qachon ularning iqtisodiy asosi bo'lib xizmat qilmagan. Shu bilan bog'liq ravishda turli mintaqalardagi falsafa rivojining bosqichlari o'z tafovutlariga ega bo'lgan. Barcha mintaqalar uchun umumiy bosqich predfilosofiya (falsafa oldi) sifatida afsonaviy tafakkurning tanazzuli davri doirasida maydonga chiqqan falsafiy savollar va javoblarning tug'ilishi davri bo'ldi. Birlamchi shakllangan falsafiy tizimlar qadimgi falsafa bosqichini tashkil etadilar. Falsafa taraqqiyotining keyingi bosqichi G'arbda ham, Sharqda ham shakllangan va rivojlangan feodal munosabatlar bilan bog'liq. yevropada bu davr «o'rta asr falsafasi» yoki «feodalizm davri falsafasi» degan nom oldi. Yevropafalsafasini davrlashtirish uchun asosli bo'lgan «o'rta asr falsafasi» atamasi, Sharq falsafasi xususiyati uchun bahslidir, negaki, Sharqning ko'pchilik mamlakatlari XX asrning birinchi yarmigacha ba'zilari esa keyinchalik ham feodal munosabatlari bosqichida edilar. Shuning uchun bu yerda «feodalizm davri falsafasi» atamasiini qo'llash o'rinlidir. G'arbiy Yevropafalsafasi rivojining keyingi bosqichlari Uyg'onish davri, Yangi va Eng yangi zamon degan nomlar bilan atala boshlandi. Ba'zida bu bosqichlarning davrlarga bo'linish i quyidagi tarzda beriladi: uyg'onish davri falsafasi, yangi zamon falsafasi, Ma'rifatparvarldik falsafasi, mumtoz (nemis) falsafasi, hozirgi zamon falsafasi. Sharq falsafasiga nisbatan ham Yangi va Eng yangi zamon tushunchasini qo'llash mumkin. Biroq u yoki bu bosqichlarning xususiyatlariga asoslangan davrlashtirish ko'proq mazmunli va mavzuga yaqindan aloqadordir. Masalan, XX asrdagi Markaziy Osiyo mamlakatlari falsafa tarixi haqida gapirganda, biz ma'rifatparvarlik, sho'rolar va sho'rolar davridan keyingi bosqichldar haqida so'z yuritishimiz mumkin. Tarixiy-falsafiy jarayonlarning G'arbda va Sharqda davrlarga bo'lish qoidalari bilan bir qatorda, falsafada g'arbiy va sharqiy an'analarning o'zaro munosabatlarini ta'kidlash muhimdir. Falsafadagi g'arbiy va sharqiy an'analar haqida so'z yuritib, ko'pgina falsafa tarixchilari ularning XIX asrning ikkinchi choragigacha nisbatan mustaqil ravishda ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 19:40:26
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.1 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 19:40 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.1 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: docx