Hindiston falsafasi

Hindiston falsafasi

O'quvchilarga / Falsafa
Hindiston falsafasi - rasmi

Material tavsifi

Hindiston falsafasi o'tmish xalqlarining kadimiy va boy madaniy merosini ilm-fanning shaklillanish va rivojlanish bosqichlarini o'rganish va uni tartib qilish shu bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Kadimiy Hindiston kishlik jamiyati tarixida jahon xalqlari tomonidan yaratilgan eng ko'hna markazlardan biri bo'lib kelgan. Donishmandlardan biri aytganidek Hindiston buyuk va ajoyib mamlakat, madaniyatlar beshigidir. Darxakikat, bu ko'hna va navkiron mamlakat uzining ilm-fani va madaniyati bilan jahonga keng tanilgan, uning falsafiy fikrlari boshqa mamlakatlarda falsafiy fikrlarning shakllanishi va rivojlanishida namuna vazifasini utab kelgan. Bu xakda tanikli rus sharqshunos olimi akad. F.I.Sherbatskoy shunday yozgan edi: «Hindiston uzining ajoyib davri, yani eramizdan avvalgi IV asrdan eramizning VII asrigacha bo'lgan davr gullagan davr hisoblanadi. Barcha buyuk kashfiyotlar, Hindistondagi ijobiy yutuklar, xususan ana shu davrga to'g'ri keladi». Darxakikat bu davr Hindiston yarim orolida yuzaga kelgan va shakllangan buyuk madaniyat va davlatning oltin davri deb atalgan. Lekin eramizdan avvalgi XVII-XVI asrlarda Hindistonda vujudga kelgan jamiyatda, evropatsentrik qarashlar yuzaga kelgan. Bu holat o'z navbatida tabakaviy qarama-qarshilikni kuchaytirib yubordi. Shuningdek kastachilik tizimini yanada avj oldirib yubordi. Kastalar o'rtasidagi chegaralar yanada mustahkam buldi. Shu davrda g'oyaviy kurash xam avjiga mindi. g'oyaviy kurashlar o'z ifodasini kadimiy Xind obidalaridan - Veda, Uponishadlarda o'z ifodasini topdi. Veda va Uponishadlar davrida falsafiy-ijtimoiy qarashlar falsafiy maktablarda sistemalarga solinib, tabiiy-ilmiy fanlarning taraqqiyoti asosida yanada rivojlandi. Ortadoksal Vedik dinlarga, kastachilik tizimiga va boshqa chegaralanishlarga qarshi Buddizm va Jayizm kabi yangi diniy falsafiy oqimlar yuzaga kela boshladi. Bu oqimlar uzlarining olib borgan dastlabki kurashlarni Veda va Uponishadlardan boshlab, qadimgi Xind falsafiy maktablarida yanada keskin shaklda olib bordilar. «Xind falsafasi, xind madaniyatining xarakteri uning barcha ko'rinishlaridek aks etishini aniklab berdi». Degan edi Hindistonning jamiyat arbobi Xumayun Kabir. Mamlakat jamiyatining rivojlanishida falsafaning o'rni va obyektiv rolini real aniqlash fakatgina ilmiy ahamiyat kasb etib kolmay, balki tarixiy, ijtimoiy va siyosiy planda muhim ahamiyatga ega. Keyingi davrda yani XX asr boshlaridan g'arb falsafasida sharq xalqlarning, jumladan Hindistonning falsafiy merosini inkor etuvchi gayri ilmiy, reaksion oqim xususan kolonialistik va irkchilik nazariyalarini yoklash uchun yaratilgan. Bu soxta gayri ilmiy ta'limotning xomiylari sharqda xech qanday orginal ilmiy falsafiy ta'limotlar bilmagan, sharq mutafakkirlarning g'oyalari esa g'arb «ruhi»ni talqin qilishdan bo'lak narsa emas, ijtimoiy nazariyalari esa diniy afsonalardan bo'lak narsa emas deb jar solganlar. Nemis faylasufi Gegel «g'arb xalqlari, jumladan rimliklar, yunonlar va nemislar falsafiy merosga ega, tom manodagi falsafa fakat karbda boshlanadi. sharq xalqlari falsafasi kuyi bosqichdagi falsafa, «mushoxada bosqichidagi tafakkur», shuning uchun xam u jahon falsafiy fikrigi muhim ta'sir o'tkazmagan», deb ta'riflagan edi. Ilm-fan va madaniyatning ko'hna markazining ko'p ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.67 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.67 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga